Kurash choralari. Dalada piyoz va sarimsoq boshlarini jarohat yetkazmasdan to’plash, yaxshilab quritish, dezinfeksiyalangan omborxonalarga joylash va past haroratda (-3... +1°S) saqlash; omborlarni shamollatib turish; o’suv davrida zararli hasharotlarga qarshi insektisid purkash; bahorda urug’lik uchun ekishdan oldin piyozbosh va sarimsoq bo’laklarini 40-45°S haroratda 8-16 soat davomida qizdirish va/yoki keng spektrli va bakterisidlik xususiyati mavjud bo’lgan fungisid bilan dorilash lozim (Gerasimov, Osniskaya, 1961; Maslennikov i dr., 1974; Peresыpkin, 1982; MacNab et al., 1983; Maqsudxo’jayeva, Abbosov, 1986; Sыchev, Mizunov, 1991; Bo’riyev va b., 2002).
Do'stlaringiz bilan baham: |