G’alla tunlamlari. Kapalaklar (Lepidoptera) turkumining, tunlamlar (Noctuidae) oilasiga mansub hasharotlar. G’allagulli ekinlarning xavfli zararkunandalari qatoriga ikki turi kiradi: kul rang g’alla tunlami (ApameaancepsSchiff.) va oddiy g’alla tunlami (A.sordensHfn.). Har ikkala turning ham biologiyasi bir biriga yaqin-hamma joyda ham yiliga bir avlod berib rivojlanadi. Tashqi ko’rinishi esa tunlamlarga xos: oldingi qanotlarida uchtadan dog’i bob, mo’ylovi ipsimon, xartumi yaxshi rivojlangan, qorinchasi tuk bilan qalin qoplangan, qanotlari uchburchak bo’lib yig’iladi. G’alla tunlamlarining oxirgi yoshdagi qurtlari diapauza xolatida yerning 5-10 sm lik ustki qatlamlarida qishlaydi. Tunlamlarning zararliligi g’alla boshoqlash davrida havo namligiga ancha bog’liq bo’ladi. Chunonchi, bu davr quruq kelib don tez yetilsa, qurtlarning zarari kam bo’lib to’yinmay qoladi va aksincha.
Do'stlaringiz bilan baham: |