Kurash choralari.
1. Zararkunanda dala sharoitida qishlab qolganligi sababli yuqori agrotexnik tadbirlarni o’tkazish uni sonini jiddiy ravishda kamaytiradi.
2. Bahorgi ekinlarni mumkin qadar erta ekish; pyavisa muammo bo’lgan tumanlarda unga nisbatan yoqimsiz bo’lgan bug’doyning yumshoq don navlarini ekish tavsiya etiladi.
3. Qo’ng’iz va qurtlarga qarshi birorta ruxsat etilgan insektisidni quyidagi shartlarga amal qilib ishlatish mumkin: agarda o’simlikning nay chiqarayotgan davrida kuzgi bug’doyning har m2 da 40-50 va undan ko’p qo’ng’iz aniqlansa; bahorgi ekinlarda esa 10-15 ta va undan ko’p qo’ng’iz bo’lsa. Boshoq chiqaraboshlash davrida esa 10-15% barg satxi zararlangan bo’lsa. Ishlovni qisqa muddatlarda amalga oshirish muvaffaqiyat garavidir. Lekin oxirgisida dala atrofidagi tut daraxtlarini zaharlab qo’yishni oldi olingani ma’qul.
Do'stlaringiz bilan baham: |