Kurash choralari. Shved pashshasiga qarshi kurashda zararkunanda zahirasini qirib o’simlik chidamliligini oshirishga qaratilgan kompleks agrotexnik tadbirlar (yerni chuqur va o’z muddatida shudgorlash, ishlov berish, mineral o’g’itlar bilan oziqlantirish) katta ahamiyatga egadir. Ayniqsa shved pashshasi uchun kuzgi va bahorgi g’allalarni ekish muddatini to’g’ri belgilash alohida o’rin tutadi. Bunda, kuzda ekishni agrotexnika va iqlim sharoit-lari imkon boricha kechroq, bahorda esa mumkin qadar erta ekish o’simliklarni zararlanishdan qutqarib qoladi. Agarda o’simliklarning nihol va tuplanish davrida entomologik sachokning har 100 harakatiga kamida 30-50 ta pashsha tutilsa kimyoviy kurash o’tkazish lozim. Bunda: BI-58, karbofos (fufanon), benzofasfat, yoki birorta sintetik piretroid, yoki xlornikotinoid dorilardan (mospilan, kon-fidor) ishlatish kutilgan natija beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |