Qora ildiz chirish. Kasallik qo’zg’atuvchi Thielaviopsis basicola Ferrarus f Gossypii Zaprometov. Ingichka tolali g’o’zalarining nihollarini va katta o’simliklarini zararlaydi, ba’zan o’rta tolali navlari ham zararlaydi.
Zararlangan nihol urug’ barg chiqargan davrdayoq, so’liy boshlab yotib qoladi, natijada nobud bo’ladi. Zararlangan g’o’zaning ildiz to’qimasi to’q qo’ng’ir yoki qoramtir, tusga kiradi.
Voyaga yetgan o’simlikning barglari o’z rangini yo’qotmasdan so’liydi, so’ngra o’simlikdan to’kilmagan holda quriydi. Ildiz bo’g’zi yo’g’onlashib, unga yaqin joylardagi to’qima qo’ng’ir qizg’ish yoki to’q siyohrang tusga kiradi.
Kasallik qo’zg’atuvchi tuproqning haydaladigan qismida yashaydi va g’o’za ekilmaganda ham bir necha yil saqlanishi mumkin. Kasallik qo’zg’atuvchi zamburug’ning rivojlanish davrida: miseliy, konidiya (endokonidiya) va xlamidospora hosil qilish davri kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |