Bodomni teshikli dog’lanish kasalligi.Clasterosporium carpophilum zamburug’i kasallikni qo’zg’atadi. Kasallik bilan asosan bodomni barglari va kam hollarda yosh novdalari hamda mevalari zararlanadi. Zararlangan barg sirtida barglar yozilishi bilan qizg’ish dog’lar hosil bo’ladi. Dog’larning chetlari qo’ng’ir hoshiya bilan chegaralangan. 10-15 kundan so’ng dog’larning o’rnidagi o’lik to’qimalar to’kilib ketishi natijasida ularning o’rni teshik bo’lib qoladi. Zararlangan novdalarning uchi quriydi va yelim ajratadi. Zamburug’ o’sish davrida sog’ o’simliklarga hosil qilgan konidiyalari yordamida yuqadi. Zararlangan barg qoldiqlarida va novdalarda miseliylar orqali qishlab chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |