Pistaning un shudring kasalligi. Kasallikni Phyllactina suffulata zamburug’i qo’zg’atadi. Un shudring bilan o’simlikning barglari zararlanadi. Bargning orqa tomonida ko’zga yaqqol tashlanmaydigan oq g’uborlar hosil bo’ladi. Kasallikning kuchli rivojlanishi sentyabr oylarida jadal bo’ladi. Yoz oxirida zararlangan barg sirtida oq g’uborlar orasida avval qizg’ish, keyinchalik qoramtir-qo’ng’ir rangdagi meva tana - kleystotesiylar yuzaga keladi. Zararlangan barglari sarg’ayib, to’kiladi. Kasallikni qo’zg’atuvchi zamburug’ meva tanalari yordamida barglarda qishlab chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |