Bodomning qizil dog’lanish kasalligi. Kasallikni Polystigma rubrum zamburug’i qo’zg’atadi. Kasallik bilan bodomning barglari zararlanadi. Zararlangan barg sirtida bo’rtib chiqqan qizil dog’lar hosil bo’ladi. Bargning orqa tomonida dog’ hosil bo’lgan qismida zamburug’ning piknidalari yuzaga keladi. Kasal o’simliklarda barcha fiziologik va biokimyoviy jarayonlar buziladi, bu esa hosildorlikni kamayishiga va novdalarni yaxshi pishmasligiga sababchi bo’ladi. Natijada novdalar qishda sovuq tufayli qurib qoladi. Zamburug’ kasal barglarda peritesiy hosil qilib qishlab chiqadi. Erta bahorda peritesiylardan sporalar otilib chiqib, bodom barglarini zararlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |