III.Pestisidlarni qarshi qo’llanilayotgan zararli organizm turlariga ko’ra quyidagicha tasniflash mumkin:
1.Akarisidlar (acarus — kana)—o’rgimchakkanalarga qarshi;
2.Insektisidlar (insecta — hasharot) — hasharotlarga qarshi;
3.Ovisidlar (ovum — tuxum) — hasharot va kanalarning tuxumlariga qarshi;
4.Larvisidlar (larva—lichinka, qurt)—hasharot va kanalarning qurt (lichinka)lariga qarshi;
5.Afisidlar (aphis—o’simlik biti) — o’simlik bitlariga qarshi;
6.Nematisidlar (nematos— nematod) — nematodlarga qarshi;
7.Limasidlar (lima— shilimshiq qurt) — shilimshiq qurtlarga qarshi;
8.Zoosidlar, rodentisidlar (Zoon—hayvon)—kemiruvchi zararkunandalarga qarshi;
9.Mollyuskosidlar — mollyuskalarga qarshi;
10.Algisidlar (algus— suv o’ti)—suv o’tlariga qarshi;
11.Arborisidlar (arbore— daraxt) — keraksiz dov- daraxt va butalarga qarshi;
12.Gerbisidlar (herba— o’t, ulan) —begona o’tlarga qarshi;
13.Bakterisidlar (Bacteria— bakteriya) — bakteriyalarga qarshi;
14.Fungisidlar (fungus— zamburug’)—zamburug’larga qarshi qo’llaniladigan pestisidlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |