LABORATORIYa ShAROITIDA OLTINKO’ZNI KO’PAYTIRISh VA UNDAN FOYDALANISh.
Oltinko’z tabiatda uchraydigan eng foydali hammaxo’r hasharot bo’lib, pardaqanotlilar avlodiga mansubdir. Oltinko’zning kapalagi, shirani o’rgimchakkana va uning tuxumini, ko’sak qurti kapalagi qo’ygan tuxumini va kichik yoshdagi qurtlarini kemirib hamda o’simlik shirasi nektari bilan ovqatlanadi, uning lichinkasi kuldirgichsimon bo’lib, g’o’zadagi, sabzavotdagi, bog’lardagi va boshqa ekinlardagi hamma so’ruvchi va kemiruvchi zararkunandalar bilan ovqatlanib hayot kechiradi.
Oltinko’z tabiatda eng ko’p tarqalgan foydalai hasharot bo’lib, uni laboratoriya sharoitida ko’paytirsa ham bo’ladi. Laboratoriya sharoitida oltinko’zni ko’paytirish uchun uning tabiatda yashayotgan oltinko’zning kapalagidan foydalaniladi. Buning uchun 3 litrli shisha banka olinib uni yaxshilab yuviladi va sterilizasiya qilinadi. So’ngra banka ichiga qora materialni uzunligi 20 sm kengligi 2-3 sm qilib 3-4 ta qiyilib solinadi, ana shu bankaga 100 dona otalik va onalik 1:5 nisbatda oltinko’zning kapalagidan terib solinadi. Bu oltinko’z kapalaklarining oziqlantirish uchun banka ichiga qo’yilgan qora materialga asal surtib qo’yiladi, bu asalni shishaning devorlariga ham surtib qo’ysa bo’laveradi. Bundan tashqari oltinko’z kapalaklarini yaxshi ovqatlanishini ta’minlash uchun yaxshi yetilgan katta yoshdagi mum kuyasi qurtidan uzunasi 20 sm, kengligi 5 sm taxtaga 5-6 tasini ezib surtib qo’yiladi, bu kapalaklar asal va ezilgan qurti bilan ovqatlanib bir-biri otalanadi va qora matoga tuxum qo’ya boshlaydi.
Oltinko’zning onalik kapalaklari qo’ygan tuxumlarni har kuni terib olinadi, ana shu terib olingan tuxum boshqa bir 3 litrli bankaga solinadi. Terib olingan tuxumni boshqa bir bankaga solishdan oldin u bankani yaxshilab sterilizasiya qilinadi va ana shu bankaga zararsizlantirilib quritilgan va 20-30% li suvi shimdirilgan olma qoqidan 3 litrli bankaga 25-30 gr dan solinadi va terib olingan oltinko’zning tuxumlari ham solinadi va bankaning og’zi oq mato bilan berkitiladi, hamda rezina ip bilan bog’lanadi.
Banka ichidagi tuxumlardan 3-4 kun ichida mayda lichinkalar chiqa boshlaydi. Bir bankaga 100-200-300-400-500 donagacha tuxum solish mumkin, tuxumlardan lichinkalar chiqa boshlashi bilanoq bankaga solingan oltinko’zning tuxumi soniga qarab har 3 kunda 1-2-3 g dan har bir bankaga sitotroga solinadi va shu tariqa lichinkalarni boqiladi, natijada sitotroga tuxumi bilan boqilgan oltinko’zning lichinkasi 5 yoshni 18 - 20 kunda o’tab, olma qoqi ustida g’umbakka aylanadi. G’umbakdan havo harorati +28 - 320S namligi 80-85% bo’lganida kapalaklar uchib chiqadi, bu kapalaklarni alohida bankaga olib yuqorida aytilganiday asal va yetuk qurtni ezib berish yo’li bilan boqiladi va bir sikl 25 - 30 kunni tashkil etadi. Shu tariqa oltinko’zni laboratoriya sharoitida kapalagini va lichinkasini ko’paytirib gektariga 200 - 300 donadan kapalak va 500 donagacha uning lichinkasi qo’yib yuborilsa so’ruvchi va kemiruvchi zararkunandalarning sonini kamaytirishda ijobiy samara beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |