70
olingan natijalar orqali shaxsning xususiyatlarini bir necha turlarga bo‗lish va
ularga tavsif berish imkoni ham mavjudligi uning ommalashuviga sababdir.
Bu usulning yana bir afzalligi natijalarni tahlil qilishda matematik usulllardan
foydalanish imkoni borligidadir.
Xorijda shaxs psixologiyasini ekperimental o‗raganayotgan ayrim
tadqiqotchilar har qanday savolnoma yoki anketa
ham tekshiriluvchi va
tadqiqotchi o‗rtasida bavosita munosabat bo‗lganligi bois aniq ma‘lumot bera
olmaydi, deb hisoblaydilar. Ularning fikricha, shaxs to‗g‗ri javob berishi
mumkin bo‗lgan usul – bu intervyu yoki o g‗zaki suhbatlar bo‗ilishi
mumkin
19
.
Shuningdek xorijda shaxsni qanday usulda o‗rganishdan ko‗ra uning
qaysi jihatlarini o‗rganilsa ko‗proq ma‘lumot berishiga e‘tibor qaratishgan.
Shaxsni eksperimental jihatdan tadqiq etishni dastlab boshlagan taniqli
olimlardan biri Z.Freyd shaxsning ongsizlik sohasini tadqiq etish
muhimligini ta‘kidlaydi. U o‗zining Id va Superego o‗rtasidagi tafovutlar
sabab kelib chiqadigan xavotirlanishlar va buning natijasi bo‗lgan
jinsiy va
agressiv mayllar shaxs xulqini boshqaruvchi motiv ekanligini ta‘kidlaydi.
Neofreydistlardan A.Adler, K.Xorni, K.Yung kabilar esa Freydning bu
ta‘limotini qabul qilish bilan birga, shaxsda jinsiy va agressiv mayllardan
tashqari boshqa motivlar ham borligini va Egoning shaxsni boshqarishdagi
roli kattaroq ekanligini ta‘kidlash orqali Freydga qarshi chiqadilar.
Freydning ongsizlikni tadqiq qilish orqali shaxs xulqini o‗rganish
mumkin, degan fikriga qarshi chiqqan taniqli psixologlardan yana biri
G.Olport bo‗lib, u yuqorida keltirilgan misol orqali ham shaxs xulqiga faqat
yashirin motivlar emas, balki ongli motivlar (masalan, qiziqish) ham ta‘sir
etishi mumkin deb hisoblagan. Va Olportni shaxsning xarakteri yoki xulqini
namoyon qilishiga nima ta‘sir
qilishi emas, balki ularning individual
xususiyatga ega ekanligi ko‗proq qiziqtirgan.
Gans Ayzenk shaxsdagi ekstroversiya-introversiya hamda hissiy tur
g‗unlik va notur g‗unlik holatlarini aniqlashga harakat qilgan.
A.Maslou shaxsni o‗rganishda uning ehtiyojlari kata rol o‗ynaydi, deb
hisoblagan. U bir qancha mashhur odamlar bilan o‗tkazgan tadqiqotlari
natijasida mashhurlar o‗z ehtiyojlarini qondirishda etiborni o‗z-o‗ziga emas,
vazifalarni yechishga qaratganligini aniqlagan. Ya‘ni uning fikricha, ehtiyoj
paydo bo‗lganda «men shuni istayapman», deb qo‗l qovushtirib o‗tirgan
kishiga nisbatan, «buning uchun nima qilishim kerak» deb yo‗nalgan kishi
ko‗proq muvoffaqiyatga erishar ekan
20
.
Shaxs psixologiyasini o‗rgangan va uni tadqiq etishda katta yutuqlarga
erishgan Karl Rodjers ham Maslou kabi o‗zini namoyon qilishga e‘tibor
19
David G.Myers ―Psyxology ninth edition in modules‖ . 2010 – 592- pajes (mazmunidan foydalanildi)
20
David G.Myers ―Psyxology ninth edition in modules‖ . 2010-590- pajes (mazmunidan foydalanildi)
71
qaratadi va uning fikricha – barcha insonlar ma‘lum
bir muvaffaqiyatga
erishish va o‗sish uchun imkoniyatlarga ega, faqat tashqi to‗siqlar bu o‗sishga
xalaqit bermasa. U ijobiy o‗sishga yordam beruvchi 3ta shartni aytadi:
samimiylik, ma‘qullash, hamdard bo‗la olish. Karl Rodjers shaxsning
xarakter sifatlarini o‗rganar ekan, shaxsni o‗rganish uchun eng muhimi uning
«Men konsepsiyasi» ekanligini ta‘kidlaydi. «Agar bizning «Men
konsepsiya»miz ijobiy bo‗lsa, u holda biz xotirjam harakat qilamiz va
dunyoni ijobiy qabul qilamiz, aksincha bo‗lsa biz o‗zimizni baxtsiz his
qilamiz va hayotdan qoniqmaymiz», deydi Rodjers. Shuning uchun
K.Rodjers psixiatrlarga,
ota-onalarga, o‗qituvchilarga va do‗stlarga
yaqinlariga o‗zlarini bilib olishlari, anglashlari va qabul qilishlari uchun
metodikalarga to‗g‗ri javob berish lozimligini uqtirishni ta‘kidlaydi
21
.
Shaxsning o‗ziga baho berish sohasini o‗rgangan olimlar Tori Xiggins
va Djon Bar tadqiqot jarayonida sinaluvchilarga o‗z-o‗ziga va boshqa
odamlarga iliq va yaxshi gaplar aytish topshiri g‗ini beradi. Ularning
xulosasiga ko‗ra, o‗ziga yaxshi munosabatda bo‗ladiganlar uyqusizlikdan
azob chekmaydilar, tashqi ta‘sirlarga
qarshi tura oladilar, salbiy illatlarga
moyilligi kamroq bo‗ladi, murakkab vaziyatlarda ancha xotirjam bo‗ladilar
va boshqalarga nisbatan o‗zlarini baxtli his qiladilar. O‗zini past
baholaydiganlar esa o‗zini omadsiz deb hisoblaydilar va o‗zlariga aytish
uchun yaxshi so‗zlar ham topa olmaganlar. Ularda depressiyaga moyillik
kuzatilgan. Va o‗z orzulariga yetisha olmaganligi uchun o‗zlarini baxtsiz
hisoblashgan
22
.
Shaxsni eksperimental jihatdan o‗rganayotgan tadqiqotchilarning
e‘tiboridagi yana bir masala uning o‗z o‗zini oqlashi bilan bog‗liq
xususityalardir. Odamlarda o‗zining yomon ishlariga nisbatan yaxshi ishlari
uchun javobgarlikka moyillik kuchliroq bo‗lar ekan. Masalan,
imtihondan
o‗ta olmagan talabalarning aksariyati o‗zini emas, imtihonni yoki imtihon
oluvchini ayblashar ekan. Tadqiqotchilarning aniqlashicha, aksariyat odamlar
o‗zlarini o‗z tengdoshlari yoki o‗z hamkasblariga nisbatan yaxshi o‗qiyotgan,
yaxshi ishlayotgan deb hisoblar ekan
23
.
Shaxs borasidagi tadqiqotlar taxlilini k o‗plab keltirish mumkin.
Ularning barchasini umulashtirganda bir narsa ayon b o‗ladiki, shaxsni
o‗rganishda uni iloji boricha bir necha usul bilan va har tomonlama o‗rganish
maqsadga muvofiqdir. Chunki bunday o‗rganish u haqda aniq xulosaga
kelishga imkon beradi.
Xulosa qilib aytganda, shaxs muammosi umumiy psixologiya
o‗rganadigan eng asosiy tushunchalardan biri b o‗lib, bu tushnchani
21
David G.Myers ―Psyxology ninth edition in modules‖ . 2010-591 pajes
(mazmunidan foydalanildi)
22
David G.Myers ―Psyxology ninth edition in modules‖ . 2010-592 pajes
(mazmunidan foydalanildi)
23
David G.Myers ―Psyxology ninth edition in modules‖ . 2010-595 pajes (mazmunidan foydalanildi)
72
oydinlashtirish uchun olib borilayotgan tadqiqotlar
hali-hanuz davom
etmoqda. Va natijada yuqoridagi ma‘lumotlarni yana bir karra isbotlash bilan
birga yana yangi ma‘lumotlarga ega b o‗lishmoqda. Bu ma‘lumotlar va
shaxsning boshqa qirralariga xos b o‗lgan ma‘lumotlar psixologiyaning
boshqa sohalarida o‗z aksini topgan.
Do'stlaringiz bilan baham: