Asoratlari:
yuz nervlarining, yurak muskullarining hamda
o‗pka to'qimasining yallig‘lanishi.
Davolash:
Davolashni laboratoriya tekshiruv natijalari
olinmasidanoq boshlash zarur. Botulizmga gumon qilingan
bemorlar albatta yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqiziladi.
189
Bemorlar shifoxonaga, hatto poliklinikaga murojaat qilganda ham
zudlik bilan losh qoshiq ichimlik sodasini 1 litr qaynatilib
sovitilgan suvda eritilib me‘dasi yuviladi (tayyorlangan suyuqlik
ichirtirib qayd qildiriladi) va tozalovchi huqna qilinadi(ichaklar
suyuqlik yuborish orqali tozalanadi).
Botulizm
bilan og‗rigan bemorlar ovqat yutishining
buzilishi tufayli normal ovqatlanishlari qiyinlashadi. Shuning
uchun ular zond yordamida ovqatlantiriladi yoki organizmga
vena ichi yo‗li bilan yetarli miqdorda suyuqlik va oziqlantiruvchi
moddalar kiritiladi. Ich qotishi huqna yordamida bartaraf
qilinadi.
Kasallik oqibati
jiddiy bo‗lib, hatto hozirgi kunda davolash-
ning zamonaviy usullari mavjud bo'lgan bir vaqtda ham o‗lim
holatlari 15 - 30 % gacha uchraydi. Shifoxonada davolanish 1 - 2
oy davom etadi.
Vabo
Vabo o‗tkir yuqumli ichak kasalligi bo‘lib, o‗ta xavfli infeksiyalar
jumlasiga kiradi. Asosan ich ketish, qusish, tananing suvsizlanishi, mineral
moddalarining kamayishi bilan kechadigan yuqumli kasallikdir. Vabo qisqa
vaqt ichida tarqalib ketish xususiyatiga ega bo‘lganligi uchun «o‘ta xavtli
infeksiya» deb ataladi.
Vabo
pandemiyasi
Yillar
Qayd qilingan hududlar
I
1817-
1823
Osiyo, Afrika. Yevropa
II
1826-
1837
Osiyo, Afrika, Yevropa, Amerika
III
1846-
1862
Osiyo, Afrika. Yevropa. Amerika
IV
1864-187 Osiyo, Afrika, Yevropa.
V
1883-
1896
Osiyo, Afrika. Yevropa.
VI
1902-
1925
Osiyo, Afrika, Yevropa.
«Xolera» yunoncha tarnov degan so'zdan olingan bo'lib, vaboda ich
ketishi yomg‗irdan so‗ng tarnovdan oqib tushayotgan suvni eslatadi. Vabo
insoniyatga qadim zamonlardan ma‘lum bo'lib kelgan kasallik hisoblanadi
va Osiyo qit‘asi, «ayniqsa Ganga va Brammaputra daryosi o'rtasidagi
Hindiston yarim oroli xavfli o‗chog‗i, kasallikning «beshigi» hisoblanadi.
Vabo kasalligi tarixini shartli ravishda 3 davrga bo‗lish mumkin. Birinchi
1817-yilgacha bo‘lgan davri. Bu davrda vaboning xavfli o‗chog‗i Hindiston
- Pokiston hududi hisoblangan. Ikkinchisi, 1926-yilgacha bo‘lgan davr
bolib, bu davrda vabo oltita hududda bir vaqtda qayd etilgan.
Yettinchi pandemiya 1961 -yildan to hozirgi kunga qadar davom
etmoqda (3-davr). Oldingi oltita pandemiyaning qo‗zg'atuvchisi Osiyo vabo
190
vibrioni bo‘lgan. Yettinchi pandemiyaning qo‗zg‗atuvchisi vabo
vibrionining El-Tor shtamidir. U avvalo Sharqiy Osiyo, O
l
rta Sharq, Yaqin
Sharq mamlakatlarida, so‗ngra Afrika qit‘asida tarqalgan. 1965-yilda esa bu
kasallik O‘zbekistonda, xususan Qaroqalpog'istonda, Xorazm va Buxoro
viloyatlarida qayd qilingan. 1970-yilga kelib Yevropa va Amerika
mamlakatlariga tarqalgan. 1971-yilda vabo yer yuzasidagi 36 ta davlatda
ro‗yxatga olingan. 1992-yilda Hindistonda 23 ming kishi vabo bilan
kasallanib, undan 500 kishi vafot etgan. Bu kasallikning tarqalishi vaboning
yangi vibrioni 0139 «Byengal» seroguruhi aniqlangan.
Vabo ichak infeksiyalar guruhiga kirib, uni birdan bir manbayi odam
hisoblanadi. Tashqi muhitga vibrionlar najas va qusuq massalari orqali
tarqaladi, faqat og‗iz orqali yuqadi. Odamning kasallanishida yuqumli
ajratmalar bilan ifloslangan sovuq holdagi oziq-ovqatlar va qaynatilmagan
suvni iste‘mol qilish alohida ahamiyat kasb etadi. Yoz faslida yuvilniagan
ho‗l meva va sabzavotlarni iste‘mol qilish oqibatida xastalanish xavfi
yanada ortadi. Kasallik tarqalishida pashshalarning roli ham bor. Vabo bilan
barcha yoshdagi odamlar kasallanishi mumkin. Vabo kasalligi mavsumiy
bo'lib, ko'pincha yoz va kuz oylarida qayd etiladi.
Vabo
kasalligining eng ko‗p uchraydigan turi oshqozon yallig`lanish
turidir. Ingichka ichak yalligManish turi ikkinchi o‗rinda turadi. Bu turdan
so‗ng algid va vabo terlamasi turlari turadi.
Kasallik asosan ingichka ichak yalligManish belgilari bilan o‘tkir
boshlanadi. Ich ketish og‗riqsiz kechadi. Lekin har bir ichi ketishdan keyin
bemor kuchli darmonsizlik seza boshlaydi, bosh aylanishi va tashnalikdan
shikoyat qiladi. Bemor ko‗zdan kechirilganda ko‗pincha teri qoplami
rangsizlangan, kasallik og‗ir kechayotgan paytda esa ko‗kargan, sovuq ter
bilan qoplangan bo‘ladi. Bemorning yuz ifodasi o‗zgaradi. Tomir urishi
tezlashib, og‗ir klinik kechishida ipsimon bo'ladi, ba‘zan tomir urishi
aniqlanmaydi. Yurak tonlari bo‗g‗iq, o‗pkada kuchsiz nafas eshitiladi.
Xastalikning og'ir turida bemor havo yetish- movchiligidan, ko'krak
qisilishidan shikoyat qiladi. Tilni oqish yoki kulrang karash qoplab, og'ir
zaharlanish bilan kechayotgan hollarda quruq bo'lib qoladi. Qorin bir oz dam
bo'ladi jigar va taloq kattalashishi kuzatiladi. Xastalikning ingichka ichak
yalligianish turida axlat suyuq bo'lsada, o‗z xususiyatini saqlab qoladi, 2-3
martadan 8-12 martagacha ich ketadi.
Kasallikning oshqozon yalig‘lanish turida axlat tezda o‗z ko'rinishini
yo‗qotadi va guruch qaynatmasini eslatadi. Til quruq, qorin ichkariga
tortilgan bo'lib, ingichka ichak bo
fc
ylab quldirash kuzatiladi. Uinumiy
darmonsizlik tez rivojlanadi, bemorni chanqash bezovta qiladi, 2-3 kun
191
ichida oshqozon yalig‗lanishi rivojlanadi. Sutkada 20 marta va undan ortiq
ich ketishiga tez-tez va ko'p miqdorda qusish qo'shiladi. Qusuqda avvaliga
ovqat qoldiqlari bo‘lsa, keyin suvday bolib, o‗t suyuqligi aralash namoyon
bo‗ladi, bu ham o‗z navbatida suvsizlanishning yanada ko‗payishiga sabab
bo'ladi. Teri kulrang tusga kiradi, ko'pincha sovuq yopishqoq ter bosadi.
Burmalangan teri uzoq muddatgacha o‗z holiga qaytmaydi, qo‗l kaftlari kir
yuvuvchi ayol kaftlarini eslatadi. Bemorning ahvoli og‗irlashadi. Qon bosimi
pasayadi, yurak tonlari bo‗g‗iq holda boiib, nafas olish tezlashadi. Tana
harorati kasallik boshida normal bo'lib, so‗ngra asta-sekin subnormalgacha
(35-34°C) va undan ham past tushadi. Kasallikning og'irligi odatda
organizmning suvsizlanish darajasiga qarab aniqlanadi.
Davolash: Barcha bemorlar shifoxonaga yotqizilishi shart. Tomir orqali
hamda og‗iz bo‗shlig‗i orqali ham ko
‘
p miqdorda suyuqliklar yuboriladi.
1 va II darajadagi suvsizlanish holatida bemorning ahvoli unchalik og'ir
bo‘lmaydi va yo‗qotilgan suyuqlik o‗rnini to‗ldirish uchun oralit, regidron
glyukosolan, peditral deb ataladigan suyuqliklar ichiriladi.
Ill va IV darajadagi suvsizlanishda esa 36-38 darajagacha ilitilgan
«Trisol» eritmasi zudlik bilan, minutiga 120 ml gacha tezlikda venaga
yuboriladi, 1, 5-2 soatda 5-7 litrgacha suyuqlik quyiladi. Trisol o‗rniga
«Xlosol» «Kvartasol», «Atsesol» va «Disol» eritmalarini ham ishlatish
mumkin. Antibiotiklardan tctrasiklin, levomitsetin, doksasiklin, sifloks
tarivid va boshqalar qo'llaniladi.
O„lat
O‘lat (toun) - o‗tkir o‗ta xavfli yuqumli kasallik bo‘lib, og‗ir
zaharlanish, isitma, limfa tugunlar, o‗pka va hazm a‘zolari shikastlanishi
bilan xarakterlanadi.
Qo‗zg‗atuvchisi: yersinia pestis- tuxumsimon shakldagi tayoqcha
bo‘lib, harakatchan, kapsulaga ega, qobig‗ hosil qilmaydi. Oziq-ovqat
mahsulotlari, suvda 3 oygacha, past haroratda uzoq muddat saqlanishi
mumkin. Muzlatganda chidamli, qaynatilganda tez nobud bo‗ladi.
Tarqalishi: O‘lat tabiiy o‗choqli kasallik hisoblanadi. Tabiatda asosiy
infeksiya manbayi kemiruvchilar kalamushlar, yumronqoziqlar, qishloq
xo'jalik hayvonlari hamda bemor odam hisoblanadi. Infeksiyani tarqatuvchisi
bo‗lib, burgalarning 30 dan ortiq turi mavjud.
Yuqish yo‘llari:
1.
Qon orqali - infeksiya yuqtirgan burgalar chaqishi natijasida.
2.
Muloqot
yo‘li
-
infeksiya
yuqtirgan
ovlanadigan
kemiruvchilardan terisini ajratib olish, kasal tuyalarni so‗yish va nimtalash
vaqtida.
192
3.
Alimentar yo‗l - o‗lat mikroblari bilan zararlangan mahsulotlarni
iste‘mol qilganda (alimentar).
4.
Havo-tomchi yo‗l - mikrob tushgan chang bilan nafas olish va
O‘latning o'pka shakli bilan kasallangan bemorlardan yuqadi.
Davolash: Bemorlarni qat‘iy alohida qilish. O‘latni davolashda
tetrasiklin va uning dori vositalari asosiy antibiotik hisoblanadi. Yurak-tomir
preparatlari, og‗ir hollarda garmonlar va boshqa preparatlar qo‗llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |