O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti



Download 5,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/153
Sana27.01.2023
Hajmi5,59 Mb.
#904090
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   153
Bog'liq
c086c6db19fa6204fac524bef9ab0327 FUQARO MUHOFAZASI

Tulyaremiya -
o‗tkir yuqumli kasallik bo'lib, umumiy za- harlanish, 
isitma, limfa tugunlari, teri, shilliq pardalar va o'pka zararlanishi bilan 
xarakterlanadi. 
Qo„zg„atuvchisi:
Fraciella tularensis bakteriyalari qo'zg‗atadi. 
Havosiz muhitda yashaydi, qobiq va po'stloq hosil qilmaydi, harakatsiz. 
Tashqi muhitda chidamli: daryo suvida 10°C haroratda 9 oygacha, tuproqda 
3-4 oygacha, xashak, don mahsulotlarida 6 oygacha saqlanishi mumkin. Sut 
va qaymoqda past haroratlarda uzoq vaqtgacha o‗z xususiyatlarini 
yo'qotmaydi. Yuqori harorat va dezinfeksiyalovchi eritmalarga sezgir (lizol, 
xloramin, xlorli ohak ta‘sirida 3-5 daqiqada halok bo‗ladi). 
Tarqalishi:
Kasallik manbayi bo‘lib ko'pgina kemiruvchi hayvonlar 
dala va uy sichqonlari, qumsichqonlar, kalamushlar, suv kalamushlari, 
suvsarlar, quyonlar hisoblanadi. 
Yuqish yo‘llari: 
1.
Qon orqali - kasallik tashuvchilari - kanalar, so‗nalar, chivinlar 
va shu kabi qon so'ruvchi hasharotlar chaqishi orqali. 
2.
Alimentar kasallik qo‗zg'atuvchisi tushgan suv, oziq- ovqatlarni 
iste‘mol qilish orqali. 
3.
Muloqot orqali - kasallangan hayvonni so'yish yoki terisini 
shilishda, kasallik qo‗zg‗atuvchisi tushgan suvda cho‗milish, kir yuvish 
yoki daryoni kechib o‗tishda teri va shilliq qavatlar orqali. 
4.
Nafas yo‘llari orqali - kasallik qo'zgatuvchisi tushgan chang 
bilan nafas olish orqali (o‗t o‗rish, em-xashak tayyorlash, sabzavotlarni 
yig'ish, don-dunlarni saranjomlash jarayonida). 
Klinikasi:
Yashirin davri 3-7 kun davom etadi. Uning o'tishi, 
manzarasi klinik shakllarining tabiatiga bog'liq. Tulyaremiyaning har bir 
yuqish yo‗liga ma‘lum bir klinik shakli mos keladi. 
Kasallikning boshlang'ich davri bir xilda kechadi: kasallik to‗satdan 
o‗tkir boshlanadi. Bemor eti uvushib, qaltiraydi, tana harorati 38°C - 40°C 
gacha ko‗tariladi, boshi, muskullar, ayniqsa boldir muskullari og'riydi, bosh 
aylanadi, ishtahasi yo'qoladi. Kasallik og‗ir o‗tganida bemor qayt qiladi, 
burni qonaydi, ba‘zan alahlaydi. Bemorning ko‗zi, tomog'i va yuzi qizarib 


193 
ketadi. Yurak urishi avvaliga tezlashadi, keyin sekinlashadi, qon bosimi 
pasayadi. Ana shu umumiy belgilar bilan bir qatorda tulyaremiyaning klinik 
shakliga xos o‗zgarishlar ham aniqlanadi. Tulyaremiyaning barcha 
shakllariga xos bo‘lgan belgi - limfa tugunining yallig'lanishidir. 
Davolash
maqsadida antibiotiklardan streptomitsin, tetrasiklin, 
levomitsetin, doksisiklin va vaksinoterapiya qo'llaniladi. 
Vaksina bilan davolash maxsus sxema asosida olib boriladi. 

Download 5,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish