O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti



Download 5,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/153
Sana27.01.2023
Hajmi5,59 Mb.
#904090
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   153
Bog'liq
c086c6db19fa6204fac524bef9ab0327 FUQARO MUHOFAZASI

yuridik shaxslar uchun-
hayotni uzoq muddatli sug‗urtalash 
bo‗yicha yuridik shaxslar to‗kayotgan sug‗urta mukofotlari 
tashkilotning boshqa xarajatlariga kiritiladi; 

jismoniy 
shaxslar 
uchun 

hayotni 
uzoq 
muddanli 
sug‗urtasi bo‗yicha sug‗urta mukofotlarini to‗lash uchun 
yo‗naktirilgan pullar daromad soli‗`iga tortilmaydi. 
Savol tu‗`ilishi mumkin: hayotni uzoq muddatli sug‗urtalashda 
sug‗urta qildiruvchilar uchun shaxsiy foydadan tashqari yana qanday 
yaxshi jihatlari mavjud? Avvalo, soliq imtiyozlari yig‗iladigan sug‗urta 
mukofotlari hajimlarini oshishini (umumiy sohasida shaxsiy sug‗urta 
bo‗yicha sug‗urta mukofotlarini sezilarli ko‗payishini) va muddatini 
uzaytirilishini rag‗batlantirishga qaratilgan bo‗lib, fuqarolarning ijtimoiy 


164 
himoyasini oshirgan holda investitsiya faoliyatiga sezilarli ta‗sir etishi 
mumkin. Shu bilan birga uzoq muddatli sug‗urta to‗lovlarini amalgam 
oshirishda davlat byudjetining xarajatlar qismiga tushadigan og‗irlikni 
sezilarli darajada kamaytirishga xizmat qiladi. 2009 yil oktyabr oyidan 
boshlab «Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‗urta 
qilish to‗g‗risida» gi O‗zbekiston Respublikasining qonunini joriy 
etilishi bunga yorqin misol bo‗la oladi. Ushbu qonunda birinchi 
navbatda hodimlarning manfaatlari himoyalanishi hamda ularning 
qaramog‗idagilarga annuitet to‗lovlarini amalgam oshirish yo‗li bilan 
barqaror daromad manbasini ta‗minlash nazarda tutilgan bo‗lsa, 
ikkinchidan, hodimlar bilan sug‗urta hodisasi sodir bo‗lganda yuzaga 
keladigan xarajatlar kamayishiga erishiladi. Raqamlarda mazkur 
qonunning samarali ekanligini 2010 yildan 2011 yilgacha annuitet 
to‗lovlarini 2 barobardan ziyodroq oshganligida ko‗rish mumkin. 
Shunday qilib, uzoq muddatli sug‗urta maxsulotlarini qo‗llash 
aholi farovonligining umumiy darajasi hamda ijtimoiy himoya darajasini 
oshirishga xizmat qiladi. 
8-yillik marrani ortda qoldirayotgan hayotni uzoq muddatli 
sug‗urtalash milliy bozori qator yutuqlar va albatta, ayrim kamchliklarga 
ega. Ammo eng muhimi rivojlanish uchun sezilarli salohiyat mavjud. 
Xalqaro tajriba ko‗rsatishicha, uzoq muddatli sug‗urta segmenti moliya 
va fond bozorlari uchun jiddiy raqobatchi hisoblanadi. Bunda aynan 
uzoq muddatli sug‗urta kutilmagan hodisalar sodir bo‗lganda, 
shuningdek qo‗shimcha pensiya ta‗minoti kabi kutilgan hodisalarda 
moliyaviy ta‗minot kafolat bo‗la oladi. Shuningdek, alohida ichki o‗ziga 
xos tomonlaridan tashqari sug‗urta davlat miqiyosida aholini bandligini 
va qo‗shimcha daromad manbalarini t‗`minlashga ko‗maklashadi. 
Masalan, ko‗pgina xorijiy mamlakatlarda ko‗pchilik fuqarolar sug‗urta 
agenti sifatida ishlaydilar, zero erkin ish tartibi ortiqcha kuch 
sariflamasdan qo‗shimcha daromad olish imkonini beradi. 
O‗zbekistonning qonunchilikni ilg‗or xalqaro tajriba asosida, 
bozorni yuqori darajadagi sifatli va maqbul xizmatlar bilan to‗ldirishga 
xizmat qiluvchi doimiy takomillashtirishga yo‗naltirilgan iqtisodiy 
siyosatni yaqin kelajarda moliyaviy sohada navbatdagi o‗zgarishlar 
bo‗lishini prognozlashtirish mumkin. 
Hayotni uzoq muddatli sug‗urtalash milliy bozori sharoitida 
rivojlanish istiqbollari, avvalo potentsial mijozlarning keng doirasida o‗z 
aksini topuvchi, quyidagi iste‗molchilarga bog‗liq:


165 
- ma‗lum sanaga (o‗qish, to‗y, bola tug‗ilishi, maqsadli xarajatlar 
va b.) pul mablag‘larini yig‗ish maqsadiga ega jismoniy va yuridik 
shaxslar; 
- ijtimoiy himoya bo‗yicha korporativ siyosat va yoki xodimlarni 
moddiy rag`batlantirish doirasida sug‗urtani amalga oshiruvchi ish 
beruvchilar- xo‗jalik subyektlari; 
- turli ijtimoiy va jamoat loyihalari doirasida istiqbolli yoshlarni 
o‗qish pullari to‗lab berish orqali kadrlar salohiyatini yaratish uchun 
mablag‗larni shakllantirayotgan xo‗jalik subyektlari. 
Hayotni uzoq muddatli sug‗urtalash hajmlarining o‗sish 
ko‗rsatkichlariga qaytar ekanmiz, bu iqtisodiy jihatlardan tashqari 
aholining moliyaviy savodxonligini oshirishga ko‗maklashayotganligini 
qayd etish joiz. Mantiqan qaraganda, iqtisodiyot, marketing, 
yurisprudentsiya kabi sohalardagi bilimlarni o‗zida mujassam etgan 
sug‗urta an‗analarini shakllantirish bilan bir qatorda fuqarolarning 
sug‗urta madaniyati ham oshib borayotganligi tabiiy. Sug‗urta 
qildiruvchi sug‗urtaning maqbul turi va dasturini tanlashda ishtirok etib, 
shaxsiy jamg‗armalarni samarali investitsiya qilishga asoslangan, 
qo‗shimcha kapitalni shakllantiruvchi ishchan mexanizm yaratishda 
shaxsan qatnashish va natijada muvozanatlashgan oilaviy byudjet bilan 
rivojlanishini boshqarishni ratsional rejalashtirishga ko`maklashadi. 
Xulosa qilib aytish mumkinki, O‗zbekistonda hayotni uzoq 
muddatli sug‗urtalash bozorining yanada rivojlantirish, natijada bozor 
bo‗yicha umumiy hisobda hayotni uzoq muddatli sug‗urtalash ulushini 
oshirish uchun istiqbollar etarli. 
Birinchidan, bu demografik omillar (zichlik va o‗sishni hisobga 
olgan holda aholining soni.) Xususan O‗zbekoston Respuplikasi Davlat 
statistika qo‗mitasi ma‗lumotlariga ko‗ra oxirgi besh yil ichida aholining 
soni o`rtacha 27.678,8 mingtani, ulardan band aholinig soni - 11.329,3 
mingtani (40,9%) tug‗ulish - 633,6 mingtani bir yilda tuzilgan nikohlar 
soni - 271,6 mingtani tashkil qildi. 
Ikkinchidan, jismoniy shaxslar daromadlari va xo‗jalik subyektlari 
–iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarning barqaror rivojlanishi tufayli xarid 
qilish qobiliyati o‗sganligi sababli potensial iste‗molchilarning 
moliyaviy imkoniyatlari. Ma‗lumki, jahon moliyaviy inqirozlari 
oqibatlari va jahon mamlakatlari iqtisodlarining pasayishiga qaramay, 
ko‗p davlatlar tomonidan tan olingan, 2007 yilda qabul qilingan 
Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish dasturi sababli O‗zbekistonda yalpi 
ichki maxsulotlarning nafaqat yillik o‗sishga, balki aholining 


166 
farovonligini oshirishga erishildi. Besh yil mobaynida (2007-
2011yil.)YAIM yillik o‗sishni o‗rtacha 8,7%, ish haqining o‗rtacha -
33,9% (yoki 1,3 barobarni), jon boshiga real daromadning o‗sishi -
24,6% tashkil etdi. 
Uchinchidan, davlat tomonidan sug‗urtani tartibga soluvchi 
qonunchilik bazasini takomilashtirishga qaratilgan doimiy islohotlar 
siyosati. Xususan, so‗ngi yillarda mamlakatimiz Prizidenti I.Karimov 
tomonidan sug‗urta tashkilotlarining yanada rolini va rivojlanishini 
rag‗batlantiruvchi, xalqaro me‗yorlar va standartlarga muvofiq 
samaradorligini va barqarorligini ta‗minlovchi (shu jumladan ustav 
kapitali miqdoriga bo‗lgan talablarni oshirish), ko‗rsatilayotgan 
xizmatlar ko‗lamini kengaytirish, moliyaviy bozor infratuzilmasining 
tarkibiy qismi sifatida sug‗urta institutlarini mustahkamlashga qaratilgan 
qator qarorlar qabul qilinganligi katta ahamiyat kasb etadi. Ushbu 
me‗yoriy hujjatlarda rivojlantirish maqsadida hayotni sug‗urta qilish 
sohasini tartibga soluvchi amaldagi qonun hujjatlar, shu jumladan uzoq 
muddatli va jamg‗arma sug‗urta turlari ustida ishlash ham alohida 
ko‗rsatilgan. 
Bevosita «O‗zbekinvest Hayot» SK haqida gapirganda, shuni 
ta‗kidlash lozimki, Kompaniya o‗z mijozlariga 20 dan ortiq turdagi 
mahsulotlarni taklif etgan holda butun faoliyati davomida shaxsiy 
sug‗urta sektorida sug‗urta mukofotlarini yig‗ish bo‗yicha barqaror 
ravishda yetakchi uchlikka kirib kelmoqda. «O‗zbekinvest Hayot» 
SK bozordagi faoliyatining ijobiy tarixini hisobga olgan holda keyingi 
faoliyat strategiyasini rejalashtirib, qisqa muddat uchun sotuv hajmlarini 
oshirish, uzoq muddat uchun nafaqat mamlakat aholisining farovonligini 
oshirishga xizmat qiluvchi va ijtimoiy himoyaning ishchan vositasi, 
balki iqtisodiy ko‗rsatkichlari o‗sishining ahamiyatli qismi bo‗lgan 
hamda xorijiy sheriklar bilan hamkorlik qilishni o‗z ichiga oluvchi 
xizmatlar ko‗lamini kengaytirishni rejalashtirilgan. 
Sanab o‗tilgan omillarni baholar ekanmiz, hayotni uzoq muddatli 
sug‗urtasi sektorining barqaror o‗sishini prognozlashtirish, mavjud 
potensial esa hayot mahsulotlari yaqin kelajakda aholi tomonidan faol 
foydalanilayotgan an‗anaviy moliyaviy dastaklar qatoriga kirishiga asos 
bo‗ladi, deyish mumkin. 

Download 5,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish