Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi samarqand davlat universiteti maktabgacha ta`lim kafedrasi


Turkistonda chorizm maktab siyosatining



Download 10,96 Mb.
bet97/144
Sana22.08.2022
Hajmi10,96 Mb.
#847472
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   144
Bog'liq
8e34168aab067a4ddab56dcfb4c53fab UMUMIY PEDAGOGIKA FANI BO`YICHA (1)

Turkistonda chorizm maktab siyosatining boshlanishi. Rus-tuzem maktablari va matbuot
Rus muhojirlari Turkiston general-gubernatoriningfarmoniga binoan o’lkada rus va rus-tuzem maktablari, gimnaziya kabi maktablarni ochish va bu maktablarni kengaytirish hisobiga mahalliy maktablar, madrasalarni siqib chiqarish maqsadida maorif islohotini o’tkaza boshladilar.
Bu bilan go’yoki, ular Markaziy Osiyo aholisining savodxonlik darajasini oshirmoqchi boldilar va har bir qilingan ishni bo’rttirib ko’rsatishga urindilar.
1917-yilgi to’ntarishgacha 21 foiz savodxon bo’lgan o’lka aholisini, yoppasiga savodsiz edi, deya kamsitishga urindilar, quruq bo’hton yog’dirdilar.
O’lka aholisini savodxon qilish uchun eng avvalo rus, rus-tuzem, gimnaziya kabi o’quv maskanlari kerak, madrasa va «usuli qadimiya» eski usul maktablarida, otinlar maktablarida savod chiqarib bo’lmaydi degan siyosatni yurgizishga harakat qildilar.
Bunga biz 1897-yildagi Rossiya tomonidan o’tkazilgan aholi ro’yxati malumotlarini ko’rsatishimiz mumkin. Masalan, o’sha aholi ro’yxatida qayd etilishicha, Markaziy (o’rta) Osiyo aholisining savodxondik darajasi quyidagicha belgilangan:
tojiklar - 99,5 % savodsiz;
qirg’izlar - 99,4 % savodsiz;
turkmanlar- 99,3 % savodsiz;
o’zbeklar - 98,4 % savodsiz;
qozoqlar- 97,9 % savodsiz deb hisoblangan.
Bu ko’rsatkichlarning barchasi uydurma edi. Aslida Turkiston oikasi xalqlarining savodxonlik darajasi chor Rossiyasi aholisininng savodxonlik darajasidan past emas edi. Chunki Turkiston o’lkasi xalqlari 1917-yilgi to’ntarishdan oldin shaxsiy va pmmaviy maktablar, madrasalarda bilim olganlar, ilm egalari bolganlar.
Zero, yuqorida qayd etilgan aholi ro’yxati ma'lumotnomasida rus xalqidan, rus millatidan boshqa millatga mansub fuqarolarni ataylab kamsitish chor Rossiyasining asosiy mafkuraviy kurashi natijasidir. Chunki ular rus va rus-tuzem maktablarini bitirganlarnigina savodli deb bisoblaganlar. Hatto ular dunyoviy maktablar ochish, ona tilidagi darsliklar, gazeta va jurnallar nashr qilish va hokazolarni qatfiy ta'qib qilar edilar.
Ayni vaqtda chor hukumati rus bolmagan aholi yashaydigan joylarda maktablar ochar, bu maktablar esa o’z oldiga ruslashtirish maqsadini qo’yar edi.
Chor hukumati tomonidan XX asrning 60-yillarida maktab ustavlari tasdiqlanib, shular asosida boshlang’ich hamda o’rta maktablar qayta tuzilib, rus bo’lmagan xalqlar uchun maktablar tashkil etishga doir davlat hujjatlarini ishlab chiqishga kirishdilar.
Maktab ishiga taalluqli asosiy siyosiy va idealogiya sohasidagi ko’rsatmalar 1870-yili chor Rossiyasi xalq maorifi noziri D.A.Tolstoy tomonidan ifodalab berilgandi: «Bizning vatanimizda yashovchi barcha begona (rus bo’lmagan) xalqlarning malumotli bo’lishining oxirgi maqsadi, - deb malum qilgan edi u, - shubhasiz, ularni ruslashtirish va rus xalqi bilan birlashtirishdan iborat bo’lishi kerak».
Ruslashtirish ko’rsatmasi 1870-yili elon qilingan bolib, unga binoan rus millatiga mansub bo’lmagan barcha xalqlar uchta toifaga bo’lingan edi.
«Juda kam ruslashgan xalqlap». Bularga Sharqiy Sibir va Volgabo’yi xalqlari kirar edi. Bu xalqlar uchun ochilgan maktablarda o’qishni ona tilida boshlash va keyinchalik rus tilida o’qitishga o’tish tavsiya qilinar edi.
«Ruslar ham yashaydigan rayonlarda yashovchi xalqlar». Bu joylardagi maktablarda o’qitishni dastlab rus tilida olib borish, ayrim hollarda ona tilining yordamiga tayanish va mumkin qadar tezroq faqat rus tilida o’qitishga o’tish taklif qilinar edi (masalan, gruzin bolalari o’qitiladigan maktablarda o’qitish shunday olib boriladi).
«Yetarli darajada ruslashgan xalqlar». Ukrainlar, belorus va boshqalar. Bularning maktablarida o’qitishni faqat rus tilida olib borish tayinlangan edi.
Mana shu umumiy direktiv hujjat asosida ulkan Rossiya imperiyasi ayrim hududlaridagi maktablarning ta'lim-tarbiyaviy ish prinsiplarini belgilab beradigan yo'1-yo'riqlar yaratiladi va e'lon qilinadi...
Tarixda o’zbek xalqi ko’p bosqinchilarni ko’rgan. Masalan, mo’g’ul bosqinchiligini oladigan bo’lsak, ular odamlarni qirgan, boyliklarini talon-taroj qilgan... ammo madaniyatiga, tiliga va diniga tegmagan. Eng dahshatlisi, ruslar Turkistonda barcha bosqinchilik ishlarini olib borish bilan birga, xalqning urf-odatidan, tili va dinidan ham ayirmoqchi bo’ldilar.
General Rozenbax shunday degandi: «O'lkani ruslashtirish rejasini amalga oshirishda maktab katta ahamiyat kasb etishi lozim». Haqiqat-dan ham mustamlaka davrida rus-tuzem maktablari vujudga keldi. Bu maktablarning asl maqsadi o’lkani ruslashtirish edi. Afsuski, bu o’rinda boshqa tishga tegadigan nozik bir holat ham bor. «Tuzemes» degani ruscha-o’zbekcha lug’atda «mahalliy xalq», «tub aholi» deb tarjima qilingan. Rus olimi Vladimir Dalning «Velikorus jonli tilining izohli lug’ati» kitobida esa, mana shunday jumlalar yoziladi: «Tuzemes. Mestno’y otnosyahiy-sya do izvestnoy strani...Tuzemnie jiteli chasti Okeanii stoyat na niz-shey stupeni chelovechestva».
XX asr boshlarida Turkistonda hammasi bo’lib 20925 ishchi bo’lgan, xolos. Temiryo’llar o’lkamizning barcha boyliklarini Rossiyaga tashib olib ketish maqsadida qurilgan. Yangi ochilgan turli maktablar esa mus-tamlakachi amaldorlar uchun tilmochlar tayyorlab berish uchun xizmat qilgan.

Download 10,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish