Rossiya xalqlari uchun hukumat maktablari Musulmon aholisi yashaydigan joylarda qadiradan maktab-madrasalar mavjud boiib, bularga qarshi chor hukumati Rossiyadagi ko’psonli xalqlar uchun maxsus hukumat maktablari barpo qilar edi. Bu maktablarning ko’pchiligida o’qitish rus tilida olib borilardi. Ularning biri - to’rtyillik, ikkinchisi - ikkiyillik edi. Ba'zi-bir to’rtyillik maktablarda internatlar ham bo’lib, ularda ko’proq mahalliy aholining boy qatlami bolalari ta'lim olardi. Turkiston 1880- yili Rossiya tasarrufiga o’tganidan keyin Marka ziy Osiyodagi rus-tuzem raaktablari ancha mashhur bo’ldi. Ammo meh-natkashlarning bolalari uchun yaxshi yo’lga qo’yilmagan ikkiyillik savod chiqarish maktablari ochilgan edi. o’qish muddati ikki yil bo’lgan mil-liy maktablardan, masalan, qozoqlarda ovul maktablari, deb atalgan mak-tablar tipik maktab sanalar edi.
Dastlabki ovul maktablari 1892-yili To’rg’ay oblastining ovullarida tashkil topgan bo’lib, aholining ko’chmanchilik turmushiga moslashtirilgan edi. Ovul maktablarida rus tili, arifmetika, qozoq alifbosi va islom dini o’qitilar edi. Bu maktablarda o’qitish o’quvchilarning ona tilida olib borilardi, lekin ularning saviyasi juda past edi. 1916-yili 169 ovul maktabi bo’lib, ularda 5 ming o’quvchi o’qirdi, bu maktab yoshidagi barcha qozoq bolalarining faqat 1 foizga yaqininigina tashkil etardi, xolos.
Markaziy Osiyo va Shimoliy Kavkazning musulmon aholisi uchun rus-tuzem maktablari XIX asrning 80-yillaridan boshlab ochila boshladi. Bu maktablar o’z dasturlariga ko’ra rus ministrlik maktablaridan islom dinining o’qitilishi bilangina farq qilardi. Rus-tuzem maktablarida o’qitish rus tilida, diniy ta'limot esa, o’quvchilarning ona tilida olib borilardi.
Turkistonda dastlab ochilgan rus maktablari Markaziy Osiyo xonliklarida islom dini davlat dini hisoblanardi. Musulmon ruhoniylari Markaziy Osiyoning feodal hukmronlari bilan mahkam bog’langan edi; shu hukmronlarning yordami tufayli bu yerda musulmonlarning juda ko’p diniy o’quv yurtlari, chunonchi: masjidlar huzurida maktablar, madrasalar va shunga o’xshagan o’quv yurtlari bor edi. Turkistonda birinchi general-gubernator bo’lgan Kaufman barcha musulmon muassasalariga nisbatan «aralashmaslik» (betaraflik) siyosatini tutdi.
o’rta asr musulmon maktablarini isloh qilishdan bosh tortgan chorizm ruslar o’rnashgan yerlarda ochilgan rus maktablarini Turkistonda maorif sohasida o’z siyosatining quroli qilib olishga harakat qildi. (Toshkentda dastlabki rus maktabi 1866-yili ochilgan edi.) Rus maktablariga ruslar bilan birga o’qish uchun mahalliy aholi bolalari ham qabul qilinardi. Turkistondagi boshlang’ich rus maktablarida hunarga Rossiyaning Yevropa qismidagiga qaraganda, ancha ko’proq o’rgatilardi; bundan maqsad - mahalliy aholiningbolalarini maktabga ko’proq jalb qilish edi.
Chorizmning Turkistondagi ruslashtirishdan iborat maktab sistemasi uning Volgabo’yi uchun maqullangan «Ilminskiy sistemasi»dan farq qilardi. Qozon pedagogi Ilminskiy Volgabo’yidagi chuvashlar, mariylar va boshqa xalqlar uchun alohida rus va mahalliy aholi maktablari ochgan edi. Bu maktablarda o’qish dastlab bolalarning ona tillarida olib borilar, rus tili esa alohida fan sifatida o’qitilar edi, shu bilan birga, hamma darsliklar xristian (pravoslavie) dinini targ’ib qilish ruhida tuzilgan edi. Bulardan farqli o’laroq, islom dini ta'siri kuchli bo’lgan Turkistonning mahalliy aholisi o’rtasida xristianlar missionerligiga ruxsat etilmas edi; buning ustiga rus maktablarida musulmon dinini o’qitish ham man etilgan edi; rus maktablariga o’qishga kirgan yerli aholi bolalari dastlabki kundanoq rus tilida o’qitilar edi.
Turkistonda dastlabki rus o’rta o’quv yurtlari 1870-yillardan ochila boshladi: 1876-yili Toshkentda, Verniyda (hozirgi Olmaotada) erlar va xotin-qizlar gimnaziyalari, 1879-yili esa, Toshkentda o’qituvchilar semi-nariyasi ochildi. Gimnaziyalarga ham yerli aholining bolalari qabul qilinardi. o’qituvchilar seminariyalarida esa, mahalliy aholi bolalariga 103 o’rin ajratilgandi.
Turkistonda dastlab ochilgan ba'zi rus maktablarida o’quvchilarning 104 va undan ko’prog’ini mahalliy aholi bolalari tashkil etgan bo’lsa-da, lekin butun Turkiston oikasi bo’yicha hisoblaganda bunday maktablarda o’quvchi mahalliy aholi bolalari 200dan oshmasdi. Bularning ham ko’pi qozoq bolalari boiib, o’zbek va tojik bolalari juda oz edi, chunki musulmon ruhoniylari «kofirlar» maktablariga qarshi targ’ibot yurgizardilar. Rus maktablarida, ayniqsa, o’rta maktablarda o’quvchilar o’rtasida o’z ijti-moiy ahvoliga ko’ra boylar va oqsuyaklarning bolalari ko’pchilikni tashkil etardi.
Chorizmning maktab sohasidagi siyosati ruslashtirishdan iborat bo'1-sa ham, lekin rus bolalari bilan mahalliy aholi bolalarining birgalikda o’qishlari ular o’rtasida o’zaro do’stlikni tarbiyalar edi.
Rus maktabiga o’qishga kirgan bolalar rus tilini mutlaqo bilmas edilar, natijada ancha qiyinchilik tug’ilardi. Shuning uchun rus maktabiga kirgan, lekin rus tilini mutlaqo bilmaydigan o’quvchi rus tilida so’zlashishni o’rganib olmaguncha odatda quyi bo’limda o’qir, rus tilida so’zlashishni o’rganib olgandan keyingina yuqori bo’limga o’tkazilardi. Yuqori bo’limlarga o’quv yilining o’rtalarida ham o’tkazilaverardi, chunki maktablar kichkina bo’lib, bir vaqtning o’zida mashg’ulotlar bir necha bo’limlar bilan olib borilardi.
Rus raaktablarida o’qiydigan qozoq bolalarning ko’pchiligi internatlarda yashar edilar, xuddi shu internatlarda rus tili yanada tezroq va puxtaroq o’rganib olinardi.
Toshkentdagi gimnaziyada dastlabki yillari mahalliy aholining bolalarini rus tili bilan ko’proq shug’ullantirish uchun lotin tilini o’rgatishdan ozod qilinardi.
1880-yillarning boshlariga kelib rus maktablarida o’qiydigan o’zbek va tojik bolalari uchun islom dinini o’qitish kerak, toki ota-onalari bu maktablardan qo’rqmasinlar, degan fikr tarqalgan edi. Turkiston ma'murlari bu fikrning qanchalik to’g’ri ekanligini tekshirishga qaror qildilar. 1884-yil 19 dekabrda Toshkentda, «eski shahar» qismida sinab ko’rish uchun birinchi rus-tuzem maktabi ochilgan edi. 10 -yillardan keyin Toshkentda bunday maktablar soni to’rttaga ko’paydi. Bu tipdagi maktablar o’lkadagi yirik shaharlar hamda qishloqlarda ham tashkil etila boshladi. o’lkada rus, rus-tuzem maktablari ilk bor XIX asrning 70-yillarii yuzaga kelgan bolsa, 1904-yilga kelib ularning soni 57taga etdi.
Tadqiqotchi A.Muhammadjonovning ma'lumotiga ko’ra, olkada tash-kil etilgan rus-tuzem maktablari 1870-1904-yillari quyidagi holatda edi. Rus-tuzem maktablarida o’quvchilarga rus muallimi rus tilini ham-da arifmetikani va boshqa fanlarni o’rgatar, buning uchun o’qish vaqti-ning yarmi ajratib qo’yilgan edi. o’qish vaqtining qolgan yarmi «Musul-mon domla» ixtiyoriga berib qo’yilgan bo’lib, u eski usul maktablaridagi-dek bolalarga diniy darslar o’qitish bilan shug’ullanardi.
Rus-tuzem maktablarida faqat o’g’il bolalar o’qitilardi. Ota-onalar qizlarini bunday maktablarga bermas edilar. 1903-yili Turkiston pedagogika to’garagi, Toshkentda qizlar uchun rus-tuzem maktabi ochildi. Lekin bu maktabning faoliyati uzoqqa cho’zilmay, ikki yildan keyin yopilib qoldi.
Rus-tuzem maktablarida rus tilini o’qitish dasturi va uslubi rus bo’lmagan o’quvchilar uchun mo’ljallab tuzilar edi. (Bu maktablarda ba'zan rus bolalar ham uchrab qolardi).
1884-yili sinash uchun ochilgan rus-tuzem maktabida (Turkiston o’qituvchilar seminariyasining rus qismida) tarbiyalanuvchilar uchun o’zbek tili kiritildi. Namangan yaqinida bir qishloqda 6 yil yashagan va o’zbek tilini yaxshi o’rganib olgan V.P.Nalivkin, bu maktabda birinchi bo’lib o’zbek tilini o’qitgan edi. U sinash uchun ochilgan rus-tuzem mak-tabining birinchi o’qituvchisi edi. Nalivkin seminariyada 1890 -yilgacha dars berdi. Dars chog’ida Nalivkin bo’lajak o’qituvchilarga faqat o’zbek tilinigina o’rgatib qolmasdan, balki ularda o’lkani o’rganishga ham havas uyg’otgan edi. Seminariyada o’qib chiqqanlar orasida rus-tuzem mak-tablarida ishlashga tayyor bo’lgan va bu ishni sevib qolganlar anchagina edi.
Turkistonning rus aholisi maktab talimi bilan erli aholiga qaraganda ancha yaxshiroq ta'minlangan edi. Turkiston o’lkasida birinchi bo’lib rus maktabi Toshkentda 1866 -yili, Samarqandda 1870-yili, oradan 1-2 yil o’tgach, Turkiston o’lkasining boshqa shaharlarida ham paydo bo’ldi.
Bu rus maktablarida mahalliy aholi bolalari juda kam sonni tashkil etardi. 1876-yili Toshkentda erkaklar progimnaziyasi va qizlar progim-naziyasi ochiladi. 1894-yili real bilim yurti ochildi. Bu o’quv yurtlarida boshqa shaharlardan kelgan o’quvchilar uchun pansion (yotoqxona) ham bor edi. Bu maktablar davlat byudjetidan ta'minlanardi.
1879-yili Toshkentda Turkiston muallimlar seminariyasi ochildi. Bu serainariya maktablari rus boshlang’ich sinflari uchun o’quvchilarga ona tilidan muallimlar tayyorlab berishi lozim edi. XIX asrning 80-yillari o’rtalaridan boshlab seminariya rus-tuzem maktablari uchun ham muallimlar tayyorlashga kirishdi. Mahalliy tilni o’rganish majburiy qilib qo’yilganligi Toshkentdagi bu seminariyaning xususiyatlaridan biri boldi. Unda V.P.Nalivkin o’zbek tilida dars bera boshlagan birinchi o’qituvchi edi. 1887-yili Nalivkin tuzgan lug’at va grammatika risolasi nashr etildi. Bular tilshunoslik tarixida o’zbek tiliga doir birincbi qo’llanmalar bo’ldi.
Maktablar uchun ajratilgan mablag’ning kattagina qismi o’rta o’quv yurtlariga sarflanardi. Toshkentdagi kadetlar korpusiga ayniqsa ko’p mablag’ sarflanardi. Ishlab turgan to’rt o’quv yurtidan tashqari 1900 -yildan boshlab yana beshta o’quv yurti ochildi. Samarqandda va Yangi Marg’ilonda qizlar va erkaklar gimnaziyalari ishga tushdi; 1905-1916-yillar ichida o’rta maktablar soni ikki baravardan ziyodroq ko’paydi; uyezd markazlarining deyarli hammasida o’rta maktablar paydo bo’ldi.
Iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan Qo’qon va Toshkent shaharlarida 1905-1907-yillari yangi tipdagi o’rta maktablar - o’g’il va qiz bolalar birga o’qiydigan kommersiya bilim yurtlari ochildi.
Turkistonning iqtisodiy rivojlanishi hunar-texnika tipidagi maktablarning ochilishiga olib keldi. Chunonchi, 1896 -yildayoq Tosh-kentda paxta zavodlari va boshqa zavodlarni ta'mirlash uchun kadrlar tayyorlaydigan bilim yurti ochildi; 1897-yili irrigasiya nazoratchilari tayyorlaydigan kurs tashkil etildi. 1902-yili Toshkent yaqinida qishloq xo’jalik gidrotexnika maktabi ochildi; 1904-yili Samarqandda bog’dor-chilik va shu yilning o’zida Toshkentda temiryo'1 texnika bilim yurti ochildi. 1908-yili A.M.Malinovskaya Toshkentda qo'1-hunar ustalari hamda hisobchilar tayyorlaydigan xususiy qizlar hunar maktabini ochdi. Shu tariqa, Turkistonda madaniy-iqtisodiy rivojlanish ancha yuksak po-g’onaga ko’tarildi.