Jadidchilik birinchi marta Qirimda paydo bo’ldi. Bu oqimning asoschisi turkiy qavmlarning chinakam jafokashi va iftixori Ismoilbek G’aspiralidir. Sharq xalqlari ma'naviy hayotida, xususan, maktab va maorifida chinakam inqilob qilib, «usuli jadid» nomi bilan tarixga kirgan «usuli savtiya»ni u boshlab berdi. Ismoilbek barcha turkiy xalqlarni yagona millat deb bildi; ilm-ma'rifatda, haq-huquqda ularni dunyoning taraqqiy topgan millatlari bilan teng ko’rmoqni orzu qildi.
Ismoilbek 1851-yilning 21-martidatug’ildi. Uning tarbiyasida onasi Fotima va enagasi Habibaningxizmatlari katta bo’ldi. Ismoilni 8 yoshda eski maktabga berdilar. o’nga kirganda esa, otasi Mustafobek, onasi Fotimaning e'tirozlariga qaramasdan, Oqmachitdagi guberniya gimnaziyasiga olib boradi. Unda ikki yil o’qigach, Voronejdagi ofitserlar harbiy o’quv yurtiga o’tadi. o’n uch yoshida o’qishini Moskvadagi Malyutin gimnaziyasiga ko’chiradi. 1868-yili uni bitirib, Boqchasaroyga qaytadi. «Zanjirli» madrasada rus tilidan dars bera boshlaydi. Oradan ko’p o’tmay o’qish-o’rganish ishtiyoqi Ismoilbekni Istanbulga chorlaydi. Keyin Parij, Vena, Myunxen, Shtutgartda bo’ladi. Mashhur Sorbonna universitetiga o’qishga qatnaydi. Nihoyat, 1876-yili Boqchasaroyga qaytib, «Zanjirli»da rus tili muallimi sifatida ishini davom ettiradi.
1883-yilning 10-aprelida L.G’aspiralining «Tarjumon» gazetasining birinchi soni bosmadan chiqadi. Gazetaga yozgan maqolasida u o’quvchilariga, shunday murojaat etadi: «Suyukli do’stlarim, biz uchun eng go’zal ish – ilm va maorif ishidir. Eng muqaddas intilish – ilmga, maorifga intilishdir. Chunki insonni inson etgan mehnat va bilimdir. Bilim madaniy turmushga yetishish vositasidir. Madaniy turmush esa insonning yashash maqsadi, usulidir.
1884-yili G’aspirali yana bir mubim ishga qo'1 uradi. U o’n ikki bolani yangicha – «usuli jadid» bilan o’qitishga kirishadi. Qirq kun ichida ularning savodini chiqaradi. Imtihonga bolalarning ota-onalarini taklif qiladi. Hamma bir og’izdan «usuli jadid»ningbeqiyos imkoniyatini e'tirof etadi. Xullas, Ismoilbek eski maktabda besh yilda olinadigan bilimni ikki yilda o’rgatishga muvaffaq bo’ladi. Shogirdlari uchun «Xo’jai sibyon» («Bolalar muallimi») nomli darslik tuzadi.
G’aspirali jahonning taraqqiy qilgan mamlakatlaridan orqada qolib ketishimizning sabablaridan biri deb o’z davridan uzilgan o’qish-o’qitish sistemasini ko’rsatadi. «Eski usul»da o’qigan va o’qiyotganlarni hech bir kamsitmagan holda, «usul»ni yangilash shartligini uqtiradi. Biz taklif etayotgan usul osmondan tushgan emas, eskisini yangilamoqdir, deydi u. «Jadid usulning intishorini (yoyilishiga) cholishdig’imiz sizlara va ilma hurmatan bir hikmatdir. Chunki ota-bobo kunlaridan qolmish milliy maktablari isloh etmak usuli jadid demakdir, boshqa bir o’quv, boshqa bir maktab demak dagildir. Usuli jadid oz vaqtda ziyoda va daha mukammal o’qitmoq va uqimoq yo’llarini go’stirar (ko’rsatar), g’ayri bir shay (narsa) dagildir».
Yangi usul maktabida:
Sinfda (maktabda) bolalar soni o’ttiztadan oshmasligi;
Bolalar faqat ikki dafa – yoz va qish boshlaridagina maktabga qabul qilinishi;
Har bir muallimda ko’pi bilan 3-4 sinf bo’lishi;
Agar maktab uch sinfdan iborat bo’lsa, darslar ketma-ket muayyan uyg’unlikda qo’yilmog’i;
7-9 yoshdagi bola uzluksiz 7-8 soat o’qiy olmaydi. Uning uchun 5 soat kifoya. Har darsdan so’ng 10 daqiqa tanaffus;
Juma va bayram kunlari dam olinishi;
o’n oy o’qishdan so’ng yozning issiq kunlarida ta'til bo’lishi;
Dars zeriktirmasligi...
Shogirdlarini urish va so’kish befoyda ekanligi va boshqalarga e'tibor qaratilgan edi.
G’aspirali «usuli jadid» bilan o’qitishning qoidalarini qo’yidagicha tushuntiradi:
1. Butun alifboni birdan o’rgatish og’ir. Ibtido (boshda) uch, besh harf o’rgatib borish (engil)dur.
2. ... birinchi darsdan shogirdlari yozishni boshlamasliklari darkor.
3. Darslar muayyan soatlarga, qismlarga ajratilib o’rgatilishi lozim.
4. o’quvchi bir darsni o’zlashtirmaguncha ikkinchisiga o’tilmasligi kerak.
5. Harflar bilan tanishtirganda, ular haqida kengroq ma'lumot berilgani ma'qul.
Bolalarni har olti oyda imtihon qilish. Yil oxirida sinfdan sinfga o’tkazish, o’zlashtirmaganlarni sinfda qoldirish ko’zda tutiladi. Darslar har xil va har biri yarim soatdan bir soatgacha bo’lishi mumkin. Darslar orasida tanaffuslar bo’lmog’i kerak.
Bu maktablar uchun «Xo’jai sibyon» asosiy darslik boiib xizmat qilardi. 1910-yilgacha u 27 marotaba nashr qilingan. Lekin «jadidchilikda birgina maktab bilan cheklanilmasdi, u Rusiyadagi musulmon ma'naviy olamining barcha jihatlarini – madrasani ham, matbuotni ham, ilm-fanni harn o’z ichiga olar va, eng muhimi, ularning hammasi turmushga nechog’li daxldorligi, zamonga xizmat qila olishi asosiy mezon qilib ko’zda tutilar edi»(B.Qosimov).
Millatning o’zligini ko’rsatadigan xususiyatlaridan biri – til va maorifdir. Bu ikkisi bo’lmasa, millat mustaqil bo’la olmaydi. G’aspirali 1905-yili yozgan maqolalaridan birida millatning asosi ikkita: tavhidiy til(til birligi) va tavhidiy din(din birligi), degan edi. Darhaqiqat, tilning o’rni beqiyos: «Insonning oti boimasa, o’zi ham yo’q demakdir, shuningdek, tili bo’lmagan inson ham soqovdir». Bu bilan G’aspirali, millatni yo’q qilish uchun yuqoridagilardan bittasiningbuzilishi kifoya, deydi.
Ismoilbek fenomenining eng muhim jihatlaridan biri, shubhasiz, har bir millatning maorif, madaniyatini milliy zaminda olib borish, milliy til uchun kurash tashkil qildi.
Ismoilbek G’aspiralining nomi Markaziy Osiyoda ham ma'lum va mashhur bo’ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |