Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi samarqand davlat universiteti maktabgacha ta`lim kafedrasi



Download 10,96 Mb.
bet105/144
Sana22.08.2022
Hajmi10,96 Mb.
#847472
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   144
Bog'liq
8e34168aab067a4ddab56dcfb4c53fab UMUMIY PEDAGOGIKA FANI BO`YICHA (1)

Abduraqodir Shakuriy (1875 — 1943)
Abduqodir Shakuriy 1875-yili Samarqandning Rajabamin qishlog’ida bog’bon oilasida tug’ildi.
Shakuriy eski usuldagi maktabni tamomlagach, Samarqand shahridagi madrasaga o’qishga kirdi. Shakuriy o’zbek va tojik tillarida yozgan tarjimai hollarida rus gimnaziyasiga borib uning ichki tartib-qoidalari va o’qitish usullari bilan tanishganligini qayd etadi. Shundan keyin yosh muallimda o’z xalqining bolalari uchun ham shu tartibdagi yangi maktab tashkil qilish orzusi paydo bo’ladi.
Shakuriy do’stlari yordamida Qo’qon shahriga boradi va u erda o’n kun davomida yangi maktabdagi o’qish-o’qitish usullari bilan tanishadi. Samarqandga qaytib kelgach, bu yangi usullarni o’zi ochgan maktabda qo’llay boshlaydi.
Shakuriy dastlab maktabda o’quvjihozlarini o’zgartiradi. U ustalarga parta va doskalar buyuradi. Shu asosda birinchi marta o’z qishlog’i Rajabaminda 1901-yilning kuzida yangi usuldagi maktab tashkil qiladi. U davrlarda darslik va qollanmalar bo’lmaganligi sababli Shakuriy harflarni doskaga yozib qo’yar, o’quvchilar esa shuni o’z daftarlariga ko’chirib yozar edilar. U qisman tatar tilida yozilgan kitoblardan ham foydalanardi.
Shakuriy o’z xotiralarida tatar pedagogi Abdulhodiy Maqsudiyning «Muallimi avval», «Muallimi soniy» kabi darsliklaridan o’z vaqtida foydalanganligini ko’p martaba eslaydi.
Chor hukumatining mahalliy amaldorlari bu maktabning ochilishiga rasman qarshi bo’lib, uning o’quv dasturini qattiq nazorat qilardilar. Ular maktabda o’tiladigan diniy darsliklarga hech qanday to’sqinlik qilmas, ammo dunyoviy fanlarning o’qitilishidan tashvishlanar edilar.
Shogirdlarining aytishicha, Shakuriy qiyinchiliklar bilan qo’lga kiritgan yagona globusni faqat maxsus vaqtda sinfga olib kirar, boshqa vaqtda esa yashirib qo’yar ekan.
Shakuriy maktabida o’zbek va tojik bolalari birga o’qitilar edi. Bu erda tojik tili asosiy til hisoblanar, bolaning savodi chiqqach, o’zbek va tojik tillarida yozilgan kitoblar o’qitilar edi. Shu bilan birga, o’quvchilarni ozarboyjon va tatar adabiyoti namunalari bilan tanishtirish maqsadida shu tillarda yozilgan ayrim parchalar ham o’qitilardi. Shakuriyning tarjimai holida aytilishicha, bu maktabning to’liq dasturi bo’lgan.
U vaqtlari maktablarda Qur'oni Karim o’qitilar va yodlatilar edi. Shuning uchun yangi usul maktablarida ham diniy kitoblar o’qitilardi, Chunki hech bir ota-ona Qur'on yoki biror diniy kitob o’qitilmaydigan maktabga bolalarini bermasdi. Shuning uchun maktablarda «Haftiyak» ham asosiy o’qish kitoblaridan biri hisoblanardi.
Tatar pedagogi Maqsudiy o’z maktabi uchun darsliklar tuzganda arab tili qoidalari va alfavitini o’qitishga alohida e'tibor bergan. Shakuriy ham o’z maktabida bunga rioya qilgandi. o’qitishdagi bu usul eski maktablardagi o’qitish usullariga qaraganda savod chiqarishni ancha engillashtirardi, Shakuriy o’z o’quvchilari uchun bir yilda bir marta imtihon uyushtirardi. Imtihonda u ota-onalar oldida o’quvchilar bilimining nati-jalarini namoyish qildirardi, ota-onalar esa, o’z bolalarining qisqa muddat ichida xat-savodli, hisob, geografiya va tibbiyotdan ma'lumotga ega bo’lganini ko’rib hayratlanardilar.
Shakuriy maktabining shuhrati keng tarqala boshladi, o’rta Osiyodagi boshqa ma'rifatparvar kishilarning diqqatini jalb etdi.
Jumladan, shoir, dramaturg va pedagog Hamza Hakimzoda Niyoziy Shakuriy ochgan maktab bilan juda qiziqqan. U 1909-yili Shakuriy ochgan maktabni ko’rish, uning imtihonlarida qatnashish uchun Samarqandga keladi. Bu maktabdagi o’qish-o’qitish tartibi va imtihon natijalari Hamzada yaxshi taassurot qoldiradi. Hamza va Shakuriy bir-birlari bilan do’stlashib, ko’p yillar davomida xat yozishib turadilar.
Shuni qayd etish kerakki, Shakuriy faqat o’qituvchilik qilish bilangina cheklanib qolmagan, u o’z maktabi uchun darsliklar yozib, ularni o’z mablag’i hisobiga nashr qildirgan. Chunki o’zbek va tojik bolalarini tatar tilida yozilgan darsliklar bilan o’qitish katta qiyinchiliklar tug’dirar, bu darsliklar bolalar uchun uncha tushunarli emas edi. Shuning uchun u o’quvchilarga ularning ona tilida darsliklar yaratish zarur, deb hisoblardi.
Shakuriy bolaning yosh xususiyatiga muvofiq tarzda axloq, odob va turmush qoidalaridan dastlabki ma'lumot berishni ko’zda tutib darsliklar tuzishga kirishadi. Birinchi navbatda, alifbe tuzadi. «Rahnamoi savod», deb atalgan bu kitob yaxshi qog’ozda nastaliq xati bilan yozilgan edi. Shakuriyning shogirdi, yozuvchi Rahim Hoshimning aytishiga qaraganda, bu kitobda so’zlar bo’g’inlarga ajratib ko’rsatilgan, kitob oxirida o’qish uchun kichik-kichik matnlar berilgan ekan. Shakuriy ko’pyillik pedagogik faoliyati natijasida bolalarni o’qitishda «tovush-harf» metodi (har bir tovushni aloljida harf bilan yozish)ning qulay va oson ekanligini aniqladi va 1913-yili uning rahbarligida o’z shogirdlaridan va Samarqandning mashhur pedagoglaridan biri Ismatulla Rahmatullaev tovush-harf usuli asosida yangi alifbe tuzdi. Bu kitob Toshkent shahrida nashr qilindi. Kitobning kirish qismida tez va osonlik bilan savodli bo’lish masalasiga oid metodik maslahatlar beriladi.
«Alifbe ta'limi» Ismatulla Rahmatullaevning 10-12 yillik ijodiy ishlari va uning ustozi Abduqodir Shakuriyning ko’pyillik amaliy faoliyatining natijasida yaratildi. Ular ko’pyillar davomida boshlang’ich ta'limningturli metodlarini qo’llash, o’z tajribalari, yangi usuldagi o’qish-o’qitish usullari va ko’pdan-ko’p alifbe kitoblarini o’rganish, umumlashtirish asosida bu kitobni tuzdilar. Alifbe 46 betdan iborat bo’lib, taxminan 90 dars uchun mo’ljallangan.
Shakuriy tomonidan 1907-yili yozilgan ikkinchi kitob «Jome' ul-hikoyat» («Hikoyatlar to'plami»)dir. U qayta tuzatilib, to’ldirilib, 1911-yili ikkinchi marta nashr qilingan. Kitob boshlang’ich maktabning ikkinchi sinfi uchun xrestomatiyadir.
Etmish ikki betli bu kitobning matni nafis qog’ozda aniq, chiroyli xat bilan yozilgan. Birinchi qismiga tarbiyaviy ahamiyatga molik 48 kichik-kichik hikoyalar kiritilgan. Ikkinchi qismida mumtoz yozuvchilarning asarlari va tarjimalaridan olingan 15 she'riy parcha berilgan.
Kitobning ta'lim-tarbiyaviy ahamiyati shundan iboratki, undagi o’quv materiallarining hammasibolalarda axloqiy sifatlarni shakllantirishga xizmat qiladi.
Shakuriy tomonidan tuzilgan va nashr qilingan yana bir kitob «Zubdat ul-ash'or» to’plamidir. Unda ko’p shoirlarning she'rlari berilgan.
Kitobdagi yangi usul maktabiga atab yozilgan tojik tilidagi she'rda shunday deyiladi:
- Ey muallim, maktabing taraqqiy topib, sernur bo’lsin, yaxshi noming toabad dunyoda mashhur bo’lsin. G’ayrat qil, toki biz olimu dono bo’laylik, axir, biz savtiya usulining sevguchilarimiz, tarbiyat qil, har kishining xotirini shod qil. Har fandan bizga o’rgat, biz bahramand bo’lib nodonlikni nari quvaylik. Garchi nodon kishilar senga ta'na-haqorat etsalar ham g’am ema. Albatta, dushmanlar sharmsor bo’lurlar!
O’sha davrdagi qiyinchilik va to’sqinliklarga qaramay, xalqning bu sodiq do’sti, ma'rifatparvar pedagog Shakuriy butun kuch-quvvatini yangi usuldagi maktab tashkil qilishga sarf qildi, katta g’ayrat, zo’r havas bilan yangi usul asosida o’qish-o’rgatish tartiblarini o’rgandi, savodga o’rgatishning eng qulay va oson usullarini tanlab oldi, yangi usul maktablari uchun darslik va qo’llanmalar tuzib nashr ettirdi.
Shakuriy dastlab qizlar uchun ham yangi usuldagi maktab tashkil qilib, unda o’z rahbarligida xotini muallimalik qilar edi. Keyinchalik o’g’il va qiz bolalar guruhini birlashtirib o’qita boshlaydi.
Demak, u Samarqandda yangi usuldagi maktabning targ’ibotchi va tashkilotchilaridan biri edi. Bu ishda u hech qanday moddiy manfaatni ko’zda tutmas va ayni chog’da hech kim unga moddiy yordam bermas edi.
Abduqodir Shakuriy 1917-yil to’ntarishiga qadar o’qituvchilik bilan shug’ullandi. 1917-yili Samarqand shahrining bir guruh ilg’or kishilari Shakuriy pedagogik faoliyatining 15 yilligini nishonladilar.
1921-yili Samarqand shahridagi 13-maktabga mudir qilib tayinlandi. U bolalarni tarbiyalash, o’qitishga katta g’ayrat bilan kirishdi, ko’p yillar davomida shu maktabning mudiri hamda ona tili va adabiyot o’qituvchisi vazifalarida ishladi.
Samarqand maktablariga Shakuriy birinchi bo’lib mehnat va musiqa darslarini kiritdi. U bolalarni qishloq xo’jalik va bog’dorchilik ishlari bilan tanishtirishdan tashqari, ularga muqovasozlik, duradgorlik va boshqa hunarlami ham o’rgatar edi, bu mashg’ulotlar uchun alohida soatlar ajratgan edi.
1923-yilning boshlarida «Pravda» gazetasi mamlakatimiz bo’yicha eng namunali ilg’or maktab hamda mohir va tajribali o’qituvchilar uchun tanlov elon qildi. 1923-yilning 8 iyulida gazetada shu tanlov natijalari e'lon qilinadi. Ana shu o’qituvchilar tarkibida respublikadagi maktab o’qituvchilaridan A. Shakuriy bor edi. Boshqa ilg’or o’qituvchilar qatorida uning nomi ham «Pravda» gazetasining qizil taxtasiga kiritiladi hamda pul mukofoti topshiriladi va Shakuriy haqida bir yaxshi maqola e'lon qilinadi.
Bundan ko’rinadiki, ma'rifatparvar pedagog Shakuriy yangi usuldagi maktablar tashkil qilishda, o’qish-o’qitishning yangi tartiblarini joriy etish va o’qituvchilarning katta guruhini tarbiyalab etishtirishda xizmatlari juda katta bolgan va gazeta redaksiyasi tomonidan yuqori baholangan.
1925-yili Abduqodir Shakuriyning tashabbusi bilan qishloq aholisi o’z mablag’lari hisobiga to’rt sinfli yangi maktab qurib ishga tushiradi.
U 1943 yili vafot etgan.


Download 10,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish