Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi samarqand davlat universiteti maktabgacha ta`lim kafedrasi



Download 10,96 Mb.
bet126/144
Sana22.08.2022
Hajmi10,96 Mb.
#847472
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   144
Bog'liq
8e34168aab067a4ddab56dcfb4c53fab UMUMIY PEDAGOGIKA FANI BO`YICHA (1)

K.D.Ushinskiyning didaktika sohasidagi qarashlari pedagogika tarixida o’zining chuqurligi va o’ziga xosligi bilan ajralib turadi. Ushinskiy ta’limni bolalarning psixologik jihatdan kamol topishlarining yosh bosqichlarini hisobga olishni va ular psixologiyasining xususiyatlarini ye’tiborga olib tashkil yetish kerakligini talab qildi.
Ushinskiy xotira bilan yesda saqlab qolish to’g’risida gapirib, unutishning oldini oladigan tez-tez takrorlash yoli bilan tarbiya oluvchilarda o’z xotiralariga ishonchni mustahkamlash kerak, deb ko’rsatdi. U darsda ko’rsatmalilik tamoyiliga katta ahamiyat berib, psixologik nuqtai nazardan ko’rgazmali ta’limning mohiyatini yoritib berdi.
Ushinskiy ko’rgazmali ta’lim tamoyillarini nazariy jihatdan ishlab chiqishga va uni amalda tatbiq yetishga doir juda ko’p qimmatli fikrlar kiritdi. Ushinskiy o’qitish jarayonida ko’rgazmali ta’limga munosib o’rin berdi: u ko’rgazmali ta’lim o’quvchilarning rivojlanishini ta’min yetadigan shartlardan biridir, deb bildi.
Ushinskiy bolalarning o’quv materialini anglab, puxta va mustah-kam o’zlashtirishiga ham katta ye’tibor berdi. U bu tamoyillarni tushunish va tatbiq qilishda o’zidan ilgari o’tgan pedagoglarga nisbatan ko’pgina yangiliklar kiritdi. Masalan, o’quv materialini takrorlash to’g’risida batafsil metodika ishlab chiqdi.
Ushinskiy ta’lim yo’nalisbida ikki yo’nalish borligini qayd yetdi. Birincbi yo’nalish bolalar o’qituvchining rahbarligida buyum yoki hodisani kuzatadilar va shu buyum yoki hodisa to’g’risida umumiy tushuncha hosil qiladilar. Ikkinchi yo’nalishda olingan bilimlar umumlashtiriladi va mustahkamlanadi.
Ushinskiy maktabning ikki xodimi: murabbiy bilan o’qituvchi o’rtasida tarbiya va ta’lim (funksiyasini) jarayonini bo’lib qo’yishga norozilik bildirdi. U ta’limni tarbiyaning yeng muhim vositasi deb hisobladi.
Ushinskiy o’zining pedagogik tizimida dars hamda ta’lim metodi-ga katta ahamiyat berdi.
Darsda mashg’ulotlar turlicha bo’lishi raumkin: yangi bilim berish, o’quvchilarning mashqlar bajarishi, o’tilganlarni takrorlash, o’quvchilarning bilimini hisobga olish, o’quvchilarning yozma ishlarni bajarishlari. Har bir dars malum maqsadga qaratilgan, tugallangan bo’lishi va yetarli darajada tarbiyaviy xarakterga yega bo’lishi lozim. Ushinskiy mashg’ulotlarni almashtirib metodlarni xilma-xil qilib turishni
tavsiya qildi.
U bolalarda mustaqil ishlash qobiliyatini o’stirishga ye’tibor berib, o’qituvchi maktabga yangi kirgan bolalarga darsda mustaqil ishlashning to’g’ri usullarini o’rgatishi kerak, bolalar to mustaqil ishlash malakalarini mustahkam o’zlashtirib olmaguncha, ularga uyga vazifalar berish yaramaydi, deydi.
Ushinskiy «Rus tilini dastlabki o’qitish» (1864) sarlavhali maqolasida bir qancha qimmatli metodik ko’rsatmalar bergan. Uning fikricha, o’qitishning uchta vazifasi bor: 1) bolaning nutqini o’stirish; 2) bolalarni rus tilinining boyligidan ongli suratda foydalanishga o’rgatish 3) tilning mantiqini (grammatikasini) o’zlashtirish.
Rossiyada o’qishga o’rgatishda tovush metodini joriy qilish va keng tarqatishda Ushinskiyning xizmati katta bo’ldi.
Ushinskiy o’qituvchilarning roliga yuksak baho berib, «pedagogning o’quvchilarga ta’siri shunday tarbiyaviy kuchga yegadirki buni hyech qanday ustav va dastur bilan, o’quv yurtini har qancha qulay tashkil yetish bilan almashtirib bo’lmaydi», deb hisoblaydi. U «tarbiya ishida murabbiyning shaxsi yeng asosiy omildir», deb yozgan yedi.
Ushinskiy pedagogika o’qituvchilari va o’rta maktab o’qituvchilari tayyorlaydigan pedagogika fakultetlari to’g’risidagi fikrni olg’a surib shundayyozgan yedi: «Bizda medisina fakultetlari bor-u, pedagogika fakultetlari yo’q yekan, bu shuni ko’rsatadiki, biz axloqiy va tarbiyaviy sog’lig’imizga qaraganda tanamiz sog’lig’ini ko’proq qadrlar yekanmiz».
K.D.Ushinskiyning o’z vataniga, o’z xalqiga xizmat qilishni pedagogik faoliyatining asosiy burchi deb hisobladi.
U o’qituvchilar tayyorlash tizimini ishlab chiqdi.
1895 -yili Ushinskiyning vafotiga 25 yil to’lishi munosabati bilan bolgan yig’ilishda, uningishini davom yettiruvchilardan biri, Mbdzalevskiy «Xuddi Lermontov — bizning xalq olimimiz, Suvorov — bizning xalq lashkarboshimiz, Pushkin — bizning xalq shoirimiz, Glinka — bizning xalq kompozitorimiz bo’lganidek, Ushinskiy ham — bizning haqiqiy xalq pedagogimizdir» deganda haq yedi.


Download 10,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish