Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi samarqand davlat universiteti maktabgacha ta`lim kafedrasi


Boshlang’ich ta’limning xususiy metodikalarini yaratish



Download 10,96 Mb.
bet124/144
Sana22.08.2022
Hajmi10,96 Mb.
#847472
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   144
Bog'liq
8e34168aab067a4ddab56dcfb4c53fab UMUMIY PEDAGOGIKA FANI BO`YICHA (1)

Boshlang’ich ta’limning xususiy metodikalarini yaratish.
Petalosi o’zining umumiy didaktik qoidalariga tayanib, boshlang’ich ta’limning xususiy metodikasini yaratdi.
Pestalosi ona tili o’qitishning asosiy vazifasi bolaning nutqini o’stirish va uning so’z boyligini orttirishdan iborat, deb hisobladi. Savod o’rgatishda tovush metodini birinchi o’ringa qo’ydi, bunday qilish harflarni qo’shib o’qitish metodi hukmronlik qilib turgan o’sha vaqt uchun g’oyat muhim yedi.
Pestalosi zerikarli va bir xildagi mashqlar bilan bolalarda kuzatish, narsa yoki hodisaning belgilarini aniqlay olish malakasini o’stirishga va biror narsani aniq va tola tasvirlab berish malakasini hosil qilishga intildi.
Bolalarda yozuv malakasini hosil qilmoq uchun Pestalosi dastlab to’g’ri va yegri chiziqlarni — xatlarning yelementarlarini chizdirib, raashq qildirishni tavsiya yetar yekan, yozuv o’rgatishni narsalarni o’lchash va suratni chizish bilan shuningdek, nutqni o’stirish bilan bog’lab olib borishni taklif qildi.
o’lchashni o’rgatmoq uchun Pestalosi dastlab to’g’ri chiziq chizish-ni, so’ngra burchak va kvadrat chizishni hamda bu kvadratni bo’laklar-ga (yarimta, chorakta qilib va hokazo) bolib o’rgatishni taklif qildi. Tarbiyachi bolalarga turli geometrik jismlarni ko’rsatish va ularning nomlarini aytib berishi lozim. Bola o’lchov natijalarini chizib va yozib olishi lozim; bunday mashqlar bolaga yozuv o’rgatishning asosidir.

Pestalosi pedagogika nazariyasi va tajribasining ahamiyati
Pestalosi odamning barcha tabiiy kuchlarini va qobiliyatlarini bir-biriga uyg’un qilib o’stirishdek vazifani tarbiyaning asosiy vazifasi deb bildi. U yelementar talim nazariyasini yaratdi, bu nazariya XIX asrda xalq maktabini rivojlantirishga yordam bergan kurashda katta rol o’ynadi. U bolani jismoniy tarbiyalash, mehnatda tarbiyalash, axloqiy va aqliy tarbiyalash to’g’risida juda qimmatli fikrlarni aytib o’tdi. Pestalosi boshlang’ich maktabda beriladigan bilimlarning mazmunini kengaytirishni talab qildi, boshlang’ich maktabni xalqqa yaqinlashtirishga, uni xalq ommasining turmushi va yehtiyojlari bilan chambarchas bog’lashga intildi, bolalarni mehnatga o’rgatishga, ularni turmushga tayyorlashga katta ye’tibor berdi.

5. Konstantin Dimitriyevich Ushinskiy


Mashhur rus pedagogi, rus pedagogikasi va xalq maktablarining asoschisi, «rus o’qituvchilarining o’qituvchisi» Konstitantin Dmitriyevich Ushinskiy 1824-yilning 19 fevralida Tula shahrida tug’ildi.
Ushinskiy 9 yoshga qadar oilasida tarbiyalanib, savod chiqardi. So’n-gra Novgorod-Seversk gimnaziyasiga o’qishga kirib, uni 1840-yilda muvaffaqiyatli tamomladi. o’sha yili Moskva dorilfununining yuridik fakultetiga o’qishga kirdi va mashhur professori Redkinning bevosita rahbarligi ostida ta’lim oldi.
Ushinskiy 22 yoshida yaroslav liseyiga kameral(yuridik) fanlar professori vazifasini bajaruvchi sifatida xizmatiga kirdi va ish boshladi. U uch yillik dastlabki pedagoglik faoliyatida katta iste’dod yegasi yekanini namoyish yeta oldi. Shuningdek, Ushinskiy zo’r ishtiyoqbilan o’qituvchilik ishini olib borib, talabalarga astoydil bilan bilim berib, ularda ilm-fanga nisbatan qiziqish uyg’otdi, yeng muhimi, o’z halqi va ona yurtini jondan sevish, ardoqlash hamda vijdonan halol mehnat qilishga daVat yetdi. Bu yosh va iste’dodli professorning mazmunli ma’ruzalarini lisey talabalari maroq bilan tinglar yedilar.
K.D .Ushinskiy pedagoglik faoliyatini ilmiy-ijodiy ish bilan birga qo’shib olib bordi. 1848-yili uning birinchi ilmiy asari - «Kameral fanlarni o’qitish haqida» nashx qilindi. Bu asarda Ushinskiy oliy o’quv yurtlaridagi mavjud o’qitish tizimiga nisbatan tanqidiy yondoshadi. Ularga hukumat tomonidan yerkinlik berilishini talab yetib, o’qitish tizimini yaxshilashga oid yirik uslubiy rauammolarni hal yetish yo’llarini ko’rsatib berdi.
Ushinskiyning ilm-fanni demokratik tarzda targ’ib yetishi reaksion doiralarga ma’qul tushmadi. 1849-yil sentyabrda Ushinskiy va uning do’stlari siyosatda shubhali, hukumatga ishonchsiz kishilar sifatida 1949-yil liseydan chetlatildi. Shundan so’ng K.D.Ushinskiy Peterburgga ko’chib borib, ichki ishlar vazirligiga kichik amaldor vazifasida ishlash-ga to’rt yil majbur boldi ishladi.
Ushinskiy faqat 1854-yildagina Yaroslavl liseyi sobiq direktorining tavsiyasi bilan Gatchino institutida til-adabiyot va qonunshunoslik o’qituvchisi bo’lib ishga kiradi va tez fursatda shu institutning sinflar inspektori vazifasiga ko’tariladi. Ushinskiyning pedagogik faoliyati tom ma’nosi bilan ana shu vaqtdan boshlandi. U 1859-yilda Smolniy institutining sinflar inspektori vazifasiga tayinlanib, unga shu institutning juda achinarli holga tushib qolgan ilmiy bo’lim ishlarini tartibga solish vazifasi yuklandi. Ushinskiy bu ishni puxta bajarib, pedagoglik jarayonni uyushtirish sohasida katta qobiliyat sohibi yekanini ko’rsatdi. Shu bilan birga uning pedagogika masalalariga bag’ishlangan va muntazam chop yetilayotgan nazariy tadqiqotlari uning faqat amaliyotchi yemas, balki o’z ixtisosi bo’yicha kuchli nazariyotchi yekanligini namoyan yetdi.
Ushinskiyning pedagogik faoliyatiga soya soluvchi (1862-yil) imzosiz xat uni o’z ishini to’xtatishga majbur qildi. Bu xatda u go’yo siyosiy jihatdan ishonchsiz kishi, deb ayblangan yedi. Buning oqibatida u chet yellardagi xotin-qizlar maorifining yo’lga qo’yilishini o’rganish va pedagogikadan darslik yozish uchun o’z vatanidan ketishga majbur bo’ldi. U xorijiy mamlakatlarda yurgan davrida o’zining butun kuch-g’ayratini ta’lim-tarbiyaga doir asarlar yozish va ularni chop yettirishga yo’naltirdi. Natijada, 1861-yili uning I - II o’quv -yillari uchun «Ona tili» darsligi nashr yetildi va unga «Muallimlar uchun qo’llanma» degan metodik asari ilova qilindi. 1870 -yili yesa III o’quv -yili uchun ham «Ona tili» darsligi bosilib chiqdi. Bundan tashqari, Ushinskiyning pedagogika sohasidagi asosiy nazariy asari hisoblangan «Inson — tarbiya predmeti sifatida» («Pedagogik antropologiyadan tajriba») nomli asari ayrim jildlarga boiinib nashr qilina boshladi. 1867 -yili bu asarning I jildi, 1869 -yil II jildi bosilib chiqdi. Ushinskiy bu kitobning hamma jildlarini qisqartirib ingliz tiliga tarjima qilish maqsadida uchinchi jild ustida zo’r g’ayrat bilan ishlay boshladi. Afsuski, bu ishni tamomlash unga nasib bo’lmadi. U Qrimda davolanish paytida qattiq shamollab 1870 -yil 21 dekabrda Odessada zotiljam kasalidan vafot yetdi.
K.D.Ushinskiyning pedagogika nazariyasi xalqchillik g’oyasi asosiga qurilgan. Ushinskiy xalqchillik deb har bir xalqning o’ziga xosligini tushunar yediki, bu o’ziga xoslik o’sha xalq yashashi va mehnat qilishi lozim bo’lgan tarixiy taraqqiyot, geografik va tabiiy sharoitlar bilan ifodalanadi.
U «Ijtimoiy tarbiyada xalq ruhi» sarlavhali maqolasida tarbiyaning xalqchillik ruhida bo’lishi kerakligini aytib, boshqa xalq pedagogikasini mexanik suratda rus tuprog’iga ko’chirishni aqlga mutlaqo muvofiq yemasligini ta’kidlaydi.
Ushinskiy tarbiyada xalq ruhining yeng yaxshi ifodasi ona tili yekanligiga, rus bolalarini o’qitishda rus tili asos boiishligini, boshlang’ich maktablardagi ta’lim ham bolalarni rus tarixi, Rossiya geografiyasi va uning tabiati bilan tanishtirmog’i lozimligini uqtiradi.
Ushinskiy o’zining «ona tili» sarlavhali maqolasida «Xalq tili—uning qadim zamonlardan boshlanuvchi bugungi ma’naviy hayotining yeng yaxshi, hyech qachon so’lmaydigan, doimo yangidan ochilib yashnab turadigan gulidir. Butun xalq va uning vatani til bilan ttrikdir! bularning hammasi xalq ijod yetgan til orqali ifodalanadi! Xalq avlodlari birin-ketin yashab o’taveradi, ammo har bir avlod hayotining natijalari keyingi avlodlarga til orqali meroc bo’lib o’tadi. Har bir avlod o’z his-tuyg’ularini, tarixiy voqyealar, diniy ye’tiqod, maslak natijalarini, boshidan kechirgan qayg’u va xursandcbiliklarini ona tili xazinasiga qo’shadi! Til yeng jonli, yeng boy va mustahkam aloqa vositasi bo’lib, xalqning yashab o’tgan, yashayotgan va kelajakda yashaydigan avlodlarini bir-birlari bilan chambarchas bog’laydi, ularning ulug’, tarixiy, jonli bir butunga aylantiradi. Til bor yekan, xalq ham bor, xalqning hayot yekanligini til orqali bilish mumkin. Til xalqning hayotidir. Xalq tili yo’qolganida xalqning o’zi ham yo’q boladi», — deb uqtiradi. Ona tili—Ushinskiyning fikricha — na kitob, na maktab bo’lmagan vaqtda ham xalqni o’qitgan yeng yaxsbi ustozdir.

Download 10,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish