Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi samarqand davlat universiteti maktabgacha ta`lim kafedrasi



Download 10,96 Mb.
bet127/144
Sana22.08.2022
Hajmi10,96 Mb.
#847472
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   144
Bog'liq
8e34168aab067a4ddab56dcfb4c53fab UMUMIY PEDAGOGIKA FANI BO`YICHA (1)

Nazorat uchun savollar

  1. Ya.A.Komenskiyning tarbiya haqidagi fikrlarini izohlang?

  2. Ya.A.Komenskiyning sinf-dars tizimi nimalardan iborat edi?

  3. Ya.A.Komenskiy o’qituvchilar haqida qanday fikr bildirgan? Ya.A.Komenskiyning didaktikasi va undagi yangiliklar nimalardan iborat?

  4. Pestalotsining dunyoqarashi va uning pedagogikada tutgan o’rni.

  5. Pestalotsining ta'lim nazariyasini izohlab bering?

  6. Pestalotsining pedagogikaga qo’shgan (olib kirgan) yangi g’oyalari?

  7. K.D.Ushinskiyning hayoti va talabalik yillari?

  8. K.D.Ushinskiy darsliklari va «Tarbiyada xalqchillik g’oyasi».

  9. K.D.Ushinskiy aqliy, axloqiy tarbiya va uning vositalari haqida.

  10. K.D.Ushinskiyning didaktik ta'limoti va uning ahamiyati.

  11. K.D.Ushinskiyning pedagogika, maktab va maorif taraqqiyotidagi o’rnini izohlab bering?


19-mavzu “O‘qituvchi” atamasi, uning shaxsi hamda faoliyati haqida tushuncha.
Reja:
1.O‘qituvchilik kasbining ijtimoiy-tarixiy rivoji va mazkur kasbning jamiyatda tutgan o‘rni.
2.O‘qituvchi faoliyati, uning o‘ziga xos xususiyatlari va ijtimoiy ahamiyati.
O‘qituvchilik faoliyatining tizimi, kasbiy mahorati haqida tushuncha. Pedagogik mahoratning tarkibiy qismlari va ularning mohiyati.
3.O‘qituvchi faoliyatining asosiy yo‘nalishlari. Pedagogik bilimlar. Pedagogik zakovat. Pedagogik qobiliyat. Pedagogik texnika.


Haq yo'lida kim sanga bir harf o'qitmish ranj ila.
Aylamak bo'lmas ado oning haqqin ming ganj ila.
A. Navoiy
1. Juda qadim davrda jamiyatning inson zotini qo’llab quvvatlash va saqlab qolish ehtiyojidan kelib chiqqan holda tarbiyalash hodisasi avvalo u ijtimoiy tarixiy amaliyot jarayonida to’plangan va to’planayotgan ijtimoiy tajribani bir-birini o’rniga kelib turadigan avlodlarga yetkazib berishi bilan xarakterlanadi. Yangi avlod o’zidan oldingi avlodning tajribasini o’zlashtira borib, uni boyitadi. Ijtimoiy tajriba tabiat, jamiat, texnika va voqelikni qayta o’zgartirish uchun zarur bo’lgan faoliyat usullari haqidagi bilimlar, amaliy va bilish xarakteriga ega bo’lgan malaka va ko’nikmalar, ijodiy faoliyat talribasi, insonning dunyoga, odamlarga, o’ziga nisbatan munosabatining alohida tizimi sifatidagi tarbiyalanganlikdan tarkib topgan. Tarbiya muayyan ijtimoiy vazifalarni bajarishga tayyor bo’lgan shaxsni voyaga yetkazadi.
Maktab manashu davrga to’g’ri keladi. Maktab yunoncha so’zdan olingan bo’lib aynan “dam olish”, “mehnatdan so’ng xordiq chiqarish” degan ma’noni anglatadi. Qadimga Gretsiyada maktab deb tajribaliroq, bilag’onroq odamlarning bolalar va o’spirinlar bilan suhbatlarini aytishgan. Keyinchalik “maktab” so’zi maxsus o’quv tarbiya mussasalari nomi sifatida ishlatila boshlagan va hozirgi vaqtda ham shu ma’noda qo’llanib kelmoqda. Maktabning takomillashtirila borishi natijasida jamiyat tuzilishida faoliyatning yangi tipi yuzaga chiqdiki, u yoshlarni maxsus ijtimoiy-pedagogik dasturlar asosida hayotga ongli va maqsadga muvofiq tarzda tayyorlashga mo’ljallangan. Bu faoliyat pedagoglik kasbining vujudga kelishini taqozo etadi, uni amalga oshirish uchun maxsus tayyorlangan kishilarga ob’ektiv ehtiyoj tug’diradi. Shu bilan pedagoglik kasb rivojlandi.Pedagogik faoliat yosh avlodni hayotga, mehnatga tayyorlash uchun xalq oldida, davlat oldida javob beradigan, bolalarga ta’lim – tarbiya berishga maxsus tayyorlangan odamlarning mehnat faoliyatidir. Maktab o’qituvchilarining faoliyati inson shaxsini shakllantirishga qaratilgan. Aqliy mehnat bilan shug'ullanuvchi kishilar orasida o'qituvchilar alohida o'rinni egallaydi. Ilg'or insoniyat o'qituvchilik kasbining yuksak insonparvarlik maqsadni ko'zlashini allaqachonlar tushunib yetgan. Kasb mukammal bilim va mahorat talab etadigan faoliyat turi. Unga esa maxsus va oliy ma'lumot hamda amaliy tajribalar orqali erishiladi. Pedagoglik esa tarbiyashunoslik, insonning komilligini ta'minlovchi ustoz - muallimlarning professional kasbiy faoliyatidir. Pedagoglik kasbi umumiy ta'lim-tarbiyaning qonun-qoidalari, tamoil, metod-usullari va qo'llanadigan ish shakllarini, yangi texnologiyaning afzalliklari va kamchiliklarini o'zida mujassamlashtiradi va ijodiy rivojlantiradi. Insoniyat tarixida pedagoglik kasbining mohiyati va mazmuni, uning inson hayoti uchun zarurligi ko'proq «Ustoz», «Muallim» yoki «O'qituvchi» kabi iboralar bilan ifodalanadi.

2. Respublikamiz hukumati xalq ta’limi sohasida o’rtaga qo’yayotgan vazifalarni bajarish ko’p jihatda o’qituvchilarga bog’liq. O’qituvchilik sharafli, lekin juda murakkab kasbdir. Shuning uchun ham O’zbekiston davlatining o’qituvchilari:

  • pedagogik faoliyatga qobiliyatli, ijodkor, ishbilarmon.

  • millliy madaniyat va umuminsoniy qadriyatlarni, dunyoviy bilimlarni, mukammal bilimlarni egallagan, ma’naviy barkamol.

  • vatabparvarlik, o’z burchini to’g’ri anglagan, e’tiqodli fuqaro.

  • ixtisosga doir bilimlarni, psixologik, pedagogik bilim va mahoratni mukammal egallagan.

  • o’z kasbini va o’quvchilarni yaxshi ko’radigan, o’quvchilarini kelajakda yaxshi inson bo’lishiga ishonadigan, komil inson bo’lishiga ko’maklashadigan bo’lishi.

  • erkin va ijodiy fikrlay oladigan, talabchan, adolatli, odobli bo’lmog’i lozim.

O'qituvchi o'ziga bo'lgan hurmat bilan birga unga yosh avlodni tarbiyalash kabi faxrli, ayni zamonda juda murakkab va mas' uliyatli vazifa ishonib topshirilganligini yaxshi biladi. Sunday ishonchni oqlash o'qituvchilardan katta mas'uliyat talab etadi. Ilmiy - texnika va fan taraqqiyoti katta sur'atlar bilan rivojlanayotgan hozirgi sharoitda hayot bizning oldimizga yangidan-yangi muhim vazifalarni qo'ymoqda. Dars mashg'ulotlariga tayyorlanish va o'tkazishda o'quvchilar tarbiyasiga atroflicha yondashish - yosh avlodni har taraflama yuksaltirish talab etilmoqda.
Pedagogik odobga ega bo’lgan o’qituvchi o’quvchilar orasida obro’ qozonadi. O’qituvchi qancha ko’p obro’ qozonsa, ta’lim-tarbiya mohoiyatan shunchalik muvaffaqiyatli bo’ladi, agar aksincha, bolalarga ta’sir shunchalik bo’sh bo’lsa o’quvchilarni voyaga yetkazish shunchalik zaif bo’ladi.
O’qituvchi hech qachon o’quvchilarni yaxshi va yomonga ajratmasligi, ularga to’gri munosabatda bo’lishi va adolatlatli bo’lsagina obro’ga ega bo’lishi mumkin. Obro’ o’qituvchilik faoliyati uchun zarur xususiyatdir. Obro’ kishining chuqur bilimi, yuksak axloqiy sifatlari, hayot tajribasi, ilmiy tadqiqot va jamoat ishlarida faol ishtirok etishi tufayli orttirilgan, ko’pchilik tomonidan e’tirof etiladigan ta’siri, nufuzidir.

3. Biror kasbning haqiqiy ustasi bo’lish uchun kishida tabiiy qobiliyat, ma’lum jismoniy va ruhiy xislatlar jo bo’lishi zarur. Masalan: artist bo’lish uchun tabiiy ovoz, eshitish qobiliyati, bejirim suvrat, jismonan sog’lom bo’lish talab etiladi. Rahbarlik vazifasini yaxshi bajarish uchun tashkilotchilik, odamlar bilan muomala qilish kabi qobiliyatlarga ega bo’lish kerak. Aks xolda kasbi va ishidan boshqalar ham, o’zi ham qanoat hosil qilmaydi. Kishi kasbini noto’g’ri tanlagan bo’lsa, unga qiziqmasa, o’zi ham boshqalar ham undan baraka topmaydi.
Pedagogik, o’qituvchilik faoliyatini, yoshlarni o’qitish va tarbiyalash ishini samarali bajarish, ota-onalar va bolalarning izzat-hurmatiga sazovor bo’lish uchun ham kishida bu ishga layoqat qobiliyat qiziqish bo’lmog’i lozim. Boshqa kasblar kabi o’qituvchilik kasbiga yoshlar orasidan pedagogik faoliyatga layoqatli, bolalar bilan til topib muomala qiladigan, ilmli kishilarni tanlab olish kerak.

Pedagoglik kasbini tanlagan kishi avvalo sog’lom bo’lishi, so’zlarni to’g’ri va yaxshi talaffuz qila olishi, vazmin bo’lishi darkor. Shuningdek bolalarni yoqtirishi ular bilan ishlashga mayli borligi, boshqalar bilan muloqot qila olishi, xushmuomalaliligi, kuzatuvchanligi, keng fikrlay olishi, o’ziga va boshqalarga nisbatan talabchanligi ham kishining pedagogik ishga yaroqliligini ko’rsatadi.


O'qituvchi quyidagi fazilatlarga ega bo'lishi kerak: insoniy g'oyaviylik, insoniy e'tiqodlilik, vatanga sadoqat, mehnatsevarlik, xaqqoniylik, talabchanlik, yuksak madaniy xulq, nafosat, til va dil birligi, fan asoslarini, jamiyat, tabiat va inson tafakkuri qonuniyatlarini chuqur bilishi va amalda qo'llay olishi, har sohada yosh avlodga o'rnak ko'rsata bilishi lozim.

Download 10,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish