Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi samarqand davlat universiteti maktabgacha ta`lim kafedrasi



Download 10,96 Mb.
bet134/144
Sana22.08.2022
Hajmi10,96 Mb.
#847472
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   144
Bog'liq
8e34168aab067a4ddab56dcfb4c53fab UMUMIY PEDAGOGIKA FANI BO`YICHA (1)

(Agar) dunyo beglari ichimlikka (maishatga) berilsa, El va xalqning dardlari (qismati) achchiq bo’ladi. Jahongir kishi aysh-ishratga mahliyo bo’lsa, Elini buzadi (xarob qiladi), o’zi (esa) tilamchi Boiib qoladi.
Yusuf Xos Hojib takabburlik, mag’rurlanish, kekkayishga kamtarlik, xushsuxanlik, xushfellilikni qarshi qo’yadi. Amaldorlarga xoh katta, xoh kichik bo’lsin, balandhimmatli, muruvvatli bo’lish, samimiylik xos fazilat ekanligini alohida ta'kidlaydi. Insonning haqiqiy boyligi uning ko’z va ko’ngil to’qligi, deb baho beradi. Zero, ochko’zlik, ta'magirlik insonda poraxo’rlik kabi yomon illatning tomir otishiga olib keladi, deydi.
Yusuf Xos Hojib oilaviy-maishiy turmush ikir-chikirlariga ham katta e'tibor beradi. U kishilarni o’ylab oila qurishdan farzand tarbiya etish, oilaning moddiy ta'minotini yuritishgacha bo’lgan eng ezgu zaruriy vazifalarni birma-bir bayon etadi. Yigitlik va keksalik fasllari haqida ham fikr yuritib, yigitlikni ehtiyot qilish, yigitlik davrida qarilikning g’amini eyish, bu to’g’rida qayg’urish kabi zaruriy narsalar haqida tavsiyalar beradi.
Olim insonning turli marosimlar, yig’inlar, uchrashuvlar, ziyofatlarda o’zini tutishi, xulq-odob qoidalariga rioya etishi haqida fikr yuritib, mehmon va mezbonlik qoidalari, shartlari, tartib-intizomlari haqitla mu-him o’gitlar beradi. Masalan, «Qutadg’u bilig»dagi elchilar (diplomatlar) huzurida, shohlar saroyida, to’y va aza marosimlari kishi o’zini qanday tutishi, odobi masalalari hozirgi davrda ham o’ta dolzarbdir.
Yusuf Xos Hojib «Qutadg’u bilig» asarini yozishda Sharqda keng yoyilgan o’git-nasihat janriga doir asarlarga tayanib ish ko’rsa ham mulohazalarni bayon etishda hayotiy dalillarga ko’proq murojaat etadi. Masalan, insonga yaxshilik bilan yomonlik qilishning oqibatlarini quyidagicha bayon etadi:
o’zingezgu bo’lsang, oting maqtovga loyiqdir, Agar yomon bo’lsang, tahqirga mahkumsan, ey latif. Tuban Zahhok ne tufayli tahqirga loyiq bo’ldi, Baxtli Faridun qanday qilib madhga sazovor boidi. Biri ezgu edi, uni madh qildilar, Biri yomon edi, uni so’kdilar.
Demak, ezgulik va essizlik bu o’rinda qiyos etiladi.
Shunday qiyosni biz yaxshilik bilan yomonlik, rost bilan yolg’onchi-lik, yorug’lik bilan ziyo, samimiylik bilan quvlik, kamtarlik bilan takabburlik, bilimlilik bilan johillik, saxiylik bilan baxillik va boshqa juda ko’p axloqiy xislatlar taqqoslanganda ham ko’ramizki, bu uslub muayyan maqsadni amalga oshirishda muhim ahamiyatga ega.
Yusuf Xos Hojibning o’zi kishilarga munosabatda o’rtacha yo'1 tutishni tavsiya etadi. Shunda do’st dushmanga aylanmaydi, ezgu ishlar amalga osha boradi.
«Qutadg’u bilig»da yana jumboqlarni echish usullaridan ham foydalanilgan. Bu uslub o’quvchini asarga qiziqtiradi, uni o’qimishli qiladi. Hozirgi davrda bu muammoli talim deb yuritiladi. Ammo bizda jumboq-muammoli ta'lim o’ziga xos xususiyatga ega. Masalan, asardagi Kuntug’mish (Elig) bilan Oyto’ldi munozarasini olaylik.
Bu munozarada olim quyidagi fikrni ilgari suradi: Elig Oyto’ldiga o’rin berganda o’tirmagan, «Xon yonida menga o’rin yo'q», - degan edi. Erga koptok qo’ygani va unga o’tirgani bilan Oyto’ldi - davlat koptok kabi barqaror emas, bir joyda turmaydi, degani. Elig boqqanda ko’zini yumib olgani - davlat ham ko’r kishi kabi bo’ladi, kimga ilashsa, unga qattiq yopishib oladi, degani edi. Yuzini yashirgani esa, barcha qilmishlarim, ya'ni davlat jafo, unga ishonma, degani, deb kishi davlat va baxtga quvonib ketmasligi, ulardan quvonib, ortiqcha g’ururlanib ketmay, aksincha, o’zini ehtiyot qilishi, yig’ilgan narsalarni me'yorida sarflashi, bexuda bo’lib, ichkilikka berilmasligi, narsalarni sovurmasligi kerak deb ko’rsatadi.
Xulosa qilib aytganda, Yusuf Xos Hojibning mazkur asari insonni har tomonlama kamolga etkazishda yirik ta'limiy-axloqiy asardir. Shuning uchun ham bu asar o’zining ilmiy, ma'rifiy, tarbiyaviy ahamiyatini shu paytgacha saqlab kelmoqda.

Download 10,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish