O'ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
SAMARQAND DAVLAT CHET TILLAR INSTITUTI
ROMAN GERMAN TILLARI FAKULTETI
“_____________________________________________” fanidan
Mavzu: “Italyan maqollarida vatanparvarlik g’oyalarining nomoyon bo’lishi va ularning etimologik tahlili”
Bajardi: 406 italyan guruhi talabasi Bozorova Dilobar
Ilmiy rahbari: _________________________________
SAMARQAND -2022
REJA:
KIRISH.......................................................................................................................
I BOB. MAQOL-XALQ HAYOTINI NAMOYON ETUVCHI XAZINA.
1.1. Maqollar va ularning tarbiyaviy ahamiyati ............................................
1.2. Folklyorshunoslikda maqollarning oʻrganilishi. ...............................................
1.3. Maqol, matal va hikmatli so’zlarning oʻxshash va farqli tomonlari....................
I bobga xulosa
II BOB. ITALYAN MAQOLLARIDA VATANPARVARLIK G’OYALARINING NOMOYON BO’LISHI VA ULARNING ETIMOLOGIK TAHLILI.
2.1 . Italyan xalq maqollarida vatan madhi............................................................
2.2. Italyan tilidagi vatanparvarlik g’oyalari bilan yo’g’irilgan maqollar etimoloiyasi..........................................................
2.3. Italyan va o’zbek tillaridagi vatanparvarlik ruhi aks etgan maqollarda milliy xarakterning nomoyon bo’lishi .......................................................................
II bobga xulosa.......................................................................................................
XULOSA .............................................................................................
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI.............................................
KIRISH
O‘zbek tili - boy imkoniyatlarga ega til. Tilimizning o‘ziga xos xususiyatlari uning qimmatini belgilaydi. Tilimizning tasviriy ifodalarga boyligi, bo‘yoqdorligi maqollarda ham namoyon bo‘ladi. Dono xalqimiz milliy madaniyatini, mentalitetini, so‘z boyligini maqollar orqali ham namoyon qiladi.
Maqol — xalq ogʻzaki ijodi janri; qisqa va loʻnda, obrazli, grammatik va mantiqiy tugal maʼnoli hikmatli ibora, chuqur mazmunli janr. Muayyan ritmik shaklga ega. Maqollarda avlod-ajdodlarning hayotiy tajribalari, jamiyatga munosabati, tarixi, ruhiy holati, etik va estetik tuy-gʻulari, ijobiy fazilatlari mujassamlashgan. Asrlar mobaynida xalq orasida sayqallanib, ixcham va sodda poetik shaklga kelgan. Har bir tilimiz ko'rkini, nutqimiz nafosatini, aql-farosat va tafak-kurimiz mantiqini hayratomuz bir qudrat bilan namoyish etgan va eta oladigan bunday badiiyat qatralari xalqimizning ko'p asrlik hayotiy tajribalari va maishiy turmush tarzining bamisoli bir oynasidir. Bu badiiy oynada uning hayotga, tabiatga, inson, oila va jamiyatga munosabati, ijtimoiysiyosiy, ma'naviy-ma'rifiy, axloqiy-estetik va falsafiyi qarashlari, qisqasi, o'zi va o'zligi to'la namoyon bo'lgandir. Shuning uchun ham maqollar g'oyatda keng tarqalgan bo'lib, asrlar davomida jonli so'zlashuv va o'zaro nutqiy munosabatlarda, badiiy, tarixiy va ilmiy asarlarda, siyosiy va publitsistik adabiyotda doimiy ravishda qo'llanilib kelgan va qo'llanmoqda.
Maqollar yashovchanligi, asrlar davomida shakllanib, sayqal topishi, tarbiyaviy ahamiyatga egaligi bilan ajralib turadi. Xalqning ijtimoiy-tarixiy, hayotiy tajribasidan kelib chiqqan hikmatli soʻzlar oʻzbek tilida “maqol”, tojiklarda “zarbulmasal”, ruslarda “poslovitsa”, arablarda “naql”, turklarda “atasoʻzu” deb nomlanadi. Hajman qisqa, ammo mazmunan keng tushunchani anglatuvchi hikmatli soʻzlar turli mavzuni qamrab oladi. “Vatan tarkin bir nafas aylama, yana ranji gʻurbat havas aylama”. “Ayrilmagin elingdan, quvvat ketar belingdan”. “Koʻrpang qayerda boʻlsa, koʻngling shu yerda”. “El qoʻrisang, oʻzarsan, qoʻrimasang toʻzarsan”.
Bu maqollar maʼnosini chuqur anglagan har qanday inson oʻz yurtini, xalqini sevishga, sarhadlarini asrashga, tinchlikning qadriga yetishga oʻrganadi. Zero, vatanparvarlik – oʻz Vataniga mehr qoʻyishdangina iborat emas. Bu juda katta his… Bu – Vatan bilan oʻzini bir butun deb bilish, uning yaxshi-yomon kunlarida asqatish demakdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |