Kurs ishining dolzarbligi: Xalqimiz boy ma’naviy merosining ajralmas bir bo‘lagi sifatida yashab kelayotgan maqol, matal va iboralarni o‘rganish, ularda aks etgan xalq hayotini, insoniy tuyg‘ular tasvirini ko‘rsatish har doim dolzarblik kasb etib kelgan. Biz og‘zaki so‘zlashuvimizda juda ko‘p marotaba maqollarga murojaat etamiz. Maqol xalqimizning yillar davomida shakllangan og‘zaki nutqining namunasi sanaladi. “Maqol” atamasi arabcha qavlun - gapirmoq, aytmoq so‘zidan olingan. O‘zbek xalq maqollari tilimizda qoliplashgan holda namoyon bo‘ladi. Maqollardagi so‘zlarni boshqasi bilan almashtirish, biror so‘zni qo‘shish mumkin emas. Maqollar xalqimizning milliy, madaniy–ma’naviy avloddan–avlodga o‘tib kelayotgan merosi hisoblanadi. Bu meros madaniyatimizning ham namunasi sanaladi. Til va madaniyatning o‘zaro yaqinligi va aloqadorligi ularni yagona metodologik asosda o‘rganish imkonini beradi. Maqollarni lingvokulturologik nuqtayi nazaridan o‘rganish bugungi kun tilshunosligi oldidagi muhim masalalardan biri hisoblanadi.
Kurs ishining maqsadi: O‘zbek tilida yaxshilikni ifodalovchi maqollarning madaniyatimizda tutgan o‘rnini aniqlash, lingvokulturologik jihatdan o‘rganish, uslubiy-semantik strukturasi ustida ishlash va mavzuga oid maqollarni tasniflashdan iboratdir.
Kurs ishining vazifalari: Kurs ishining oldiga qo‘yilgan vazifalar quydagilardan iborat:
1. Maqollar tadqiqiga oid izohlar;
2. Lingvokuturologiya haqidagi ma’lumotlarni o‘rganish va tahlil qilish;
3. Yaxshilikni ifodalovchi maqollarning antroposentrik tadqiqi;
4. Yaxshilikni ifodalovchi maqollarning leksik – semantik tasnifini amalga oshirish.
Kurs ishining tuzilishi: Ushbu kurs ishi 2 bob : kirish, asosiy qism tarkibida 6 ta reja, xulosa hamda foydalanilgan adabiyotlardan iborat.
Maqollar va ularning tarbiyaviy ahamiyati
Turli xalqlarning adabiyotlariga nazar tashlar ekanmiz ularning har birida turlicha san’at va turlicha janrlarga duch kelamiz. Ayniqsa maqol-matalshunoslik janriga diqqatimizni qaratsak, o’tmishda ota bobolarimiz tarbiyalarida nasihat, tushuntirish, majbur qilish, rag’batlantirish, ta’qiqlash, maqtash, namuna ko’rsatish, tanbeh berish, po’pisa qilish, kabi usullardan foydalanganlar. Oilada, mahallada bu usullarni qo’llashda axloq-odob qoidalariga suyangan holda bolaning ish harakatining to’gri yoki notog’riligi haqida chiroyli so’zlardan, hikoyalardan, hikmatli so’zlardan, maqolu-matallardan misollar keltirganlar va ularga saboq bo’lsin uchun xuddi shu holat yuzasidan namunalarni misol qilib aytib berganlar. Bolalarga axloqlilik va odobsizlik, odillik va adolatsizlik, yaxshilik va yomonlik haqidagi ma’nolarni tushuntirib berganlar. Bunday tarbiya usuli har tomonlama ibratli, qulay yo’l hisoblangan. Chunki bolalarni urish yoki so’kish yo’li bilan tarbiyalash juda xato deb o’ylashganlar, balki ibratli hikoylardan va hikmatli so’zlar bilan tushuntirish bolaga juda katta ta’sir o’tkazishini bilganlar. Filologiya fanlari doktori To’ra Mirzayev maqollarning o’rganilishi haqida shunday deydi “ Maqolga adabiy nuqtayi nazardan qiziqish, asar badiiyligini oshirish va badiiy til ravonligini ta’minlash uchun undan foydalanish hamma zamon so‘z san’atkorlarining diqqat markazida bo‘lgan. Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yassaviy, Rabg‘uziy, Lutfiy, Alisher Navoiy, Bobur, Abulg‘ozi Bahodirxon, Munis, Ogahiy, Nodira, Muqimiy, Furqat, Avaz, Hamza, Sadriddin Ayniy, Fitrat, Cho‘lpon, Abdulla Qodiriy, Oybek, G‘afur G‘ulom va boshqa o‘nlab ijodkorlarning asarlari sinchiklab o‘rganilsa, ularning tarkibida qanchadan qancha maqollar ba’zan aynan, ba’zan o‘zgargan holda mavjudligiga ishonch hosil qilamiz”1. Xuddi shunday tarbiyaviy usulda ijod qilgan Faxriddin Ali Koshifiy ustoz-shogirdlik haqida asarlar yaratgan. Uning hikoyalarida noshukrlik, maqtanchoqlik, shogirdning odobsizligi, yengiltakligi uchun ajoyib hikoyalardan na’munalar keltiriladi. Bundan kelib chiqadiki, noshud shogird kuni boshingizga tushmasligi uchun, bolalarni yoshligidan tarbiyalash ya’ni odob saqlash, kamtarinlik bilan yashash haqida aytib o’tiladi. Sharq mutaffakirlaridan biri bo`lgan Juvayniy bobomizning Suqrotning o`z shogirdlariga nasihati haqida yaratgan mana bu hikoyati hamma zamonlarda ham ibrat maktabi bo`lib kelgan. “Kimki kattalarning, hayotiy tajribasi ko`p insonlarning pand-o`gitlariga amal qilib o`ssa hech qachon turmushda pand emasligi tarixdan ma’lum. Katta yoshlilar har doim kichiklarga nasihat beradilar. Bu bilan ular kenja avlod-merosxo`rlarning o`zlaridan keyin yaxshi insonlar bo`lib qolishlari uchun ezgu istakdir, xolos. Bolajonlar, hayotda ustoz-shogird degan gap bor. O`qish, hunar o`rganishda ustoz-shogirdlarning ahamiyati buyuk bo`ladi. Kimki bunga e’tibor bersa, o`sha inson yutadi”2. Tarixdan ma’lumki, maqollar va matallar insoniyat taraqqiyotida avloddan-avlodga ko’chib, turli xil hayot sinovlaridan o’tib kelayotgan umuminsoniy, madaniy va ma’naviy an’analarni, milliy qadriyatlarni o’zida mujassam qilib kelayotir. Chunki ular jamoa ijodkorligining mahsuli bo’lib, insonlarning dunyoqarashi, aql-zakovati, orzu-armonlari, talab-ehtiyojlari yuzasidan kelib chiqqan holda yaratilgan. Xalqning bunday ijodkorligi o’z navbatida asrlarni talab qilgan, va avloddan-avlodga o’tib kelayotgan o’zbek xalq og’zaki ijodi namunalari- qo’shiq, maqol, matal, topishmoq, afsona, rivoyat, latifa, doston va naqllardan iboratdir. Va bunday asarlarda insonning ruhiy kechinmalari aniq, ibratli va qiziqarli qilib tasvirlanadi. Xalq o’g’zaki ijodiga kiruvchi maqollarda hayotiy tajriba, milliy an’analar, urfodatlar, va hayot falsafasi nomoyon bo’ladi.
Millatni madaniyatini, xalqning o’zligini milliy qadriyatlarini ko’rsatuvchi, ifodalovchi omillardan biri bu shu xalqqagina xos bo’lgan xalq og’zaki ijodidir. Xalq og’zaki ijodining takrorlanmas janrlari va o’ziga xos durdonalari bo’lib shulardan xalq o’g’zaki ijodining eng muhim janrlaridan biri bo’lmish maqollar tilshunoslik va folklorshunoslikda o’rganilayotgan eng muhim mavzulardan biridir. Folklorning eng muhim janrlaridan biri bo’lgan maqollarni, umuman, xalq ijodiyotini o’rganish, tadqiq qilish, bugungi kunda juda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Folklorshunos olimlar asrlar davomida maqollar yuzasidan o’zmamlakatlarining olis qishloqlariga ekspeditsiyalar uyushtirib kelishmoqda va xalq tilidan yildan yilga turli mavzularga doir bo’lgan takrorlanmas maqollarni jamlab kelishmoqda.
Maqollar dunyo xalqlarining yillar davomida to’plangan dono hikmatlari namunalaridir. Maqollardan insonlar tarbiyaviy masalalarga xos bolgan tushunchalarni, ota bobolardan qolgan eng muhim boylik hisobida e’zozlab foydalanib kelishadi. Til, falsafa va badiiy ijodning o’ziga xos hodisasi sifatida yuzaga kelgan xalq maqollari folklorning ixcham shakl, ammo teran mazmunga ega bo’lgan bir janrdir.
Maqollar – bu xalq tajribasi, uning nafasi, yig‘isi, shodligi va sevinchi, qayg‘usi va ovunchi, bu xalq haqiqati, uni to‘g‘ri yo‘lga eltuvchi mayoqdir. “Xalq asrlar mobaynida to‘plagan hayotiy tajribasini turli vositalar yordamida kelajak avlodlarga meros qilib qoldiradi. Maqollar ana shunday bebaho meros namunasi hisoblanadi. Ular zamonlarosha xalq donishmandligining muhim manbai sifatida, og‘izdan – og‘izga o‘tib, sayqallanib kelgan. Maqollar xalq og‘zaki ijodining boshqa janrlari singari har bir xalqning milliy adabiy va madaniy boyligi hisoblanadi. Ular xalqning milliy – madaniy xususiyatlari va uning qirralarini, dunyoqarashi, axloqiy me’yor va prinsiplarini, millatning ruhiy holatini to‘liq ifodalaydi”. O‘zbek maqollarining o‘rganilish tarixi: o‘zbek xalq durdonalarini, o‘zbek xalq ijodining ommaviy janrlaridan biri bo‘lgan maqollarni to‘plash va o‘rganish tarixi ham, ulardan yozuvchi va olimlarning o‘z asarlarida foydalanishi ham uzoq davrlarga borib taqaladi. Xususan, XI asrning buyuk olimi M. Koshg‘ariy o‘zining “Devonu lug‘atit turk” asarida turk tili oilasiga kiruvchi xalqlarning maqollaridan keng foydalangan. Bu asar yolg‘iz o‘sha davr tilidagi so‘zlarni izohlovchi kitobgina emas, balki shu vaqtda butun O‘rta Osiyo doirasida, ya’ni, Yuqori Chindan tortib Movorounnahr, Xorazm, Farg‘ona, Buxoroga qadar cho‘zilgan keng va katta hududda yashagan urug‘, qabila, xalqlar, ularning tillari, o‘sha davr xalq og‘zaki ijodiy maqollari to‘g‘risida ham ma’lumot beruvchi noyob filologik asardir
Do'stlaringiz bilan baham: |