Birinchi bobga qisqacha xulosa
Germaniya siyosiy tarixida muhim rol o`ynagan Gelmut Kol nisbatan o`ziga to`q oilada, moliya xizmatchisi xonadonida dunyoga kelib, bolaligidan t`lim tarbiya olishi uchun tegishli imkoniyatlar mavjud bo`lgan. Dastlab u barcha o`quvchilar singari boshlang`ich va o`rta ta`limni o`z ona shahrida egalladi. Keyinchalik yuridik yo`nalishda oliy ma`lumotga ega bo`ldi. Bundan tashqari Kol ijtimoiy-siyosiy va sotsiologik fanlar bo`yicha ham chuqur bilim olgan.
Germaniyada, ayniqsa, GFRda ko`p partiayaviylik mavjud bo`lib, Kol ushbu partiya va siyosiy kuchlardan Xristian Demokratik Ittifoqi (XDI), “yoshlar qanoti” kabilarga a`zo bo`ladi. Gelmut Kolda yoshligidanoq tashabbuskorlik va rahbarlik hislatlari mavjud bo`lgan. Futbol jamoasi liderligidan siyosiy liderlikka qadar murakkab, ziddiyatli jarayonlarda yetarlicha tajriba orttirdi. Dastlab siyosiy kurashlarda omadsizliklar, ko`zlangan maqsadga erisha olmaslik holatlari yuz berib, bu bo`lajak siyosiy arbobning dunyoqarashi shakillanishida, sabr-matonat, jur`at, jasorat hamda mislsiz iroda bilan maqsadga erishish motivlarini unda tarbiyaladi.
Ikkinchi bobga xulosa
Gelmut Kol siyosiy faoliyatining eng yuksak davri bu uning kanslerlik davri bo`lib, 1982-1998 yillarni o`z ichiga oladi. Gelmut Kol u tarixiy bosqichda GFR hamda birlashgan Germaniyaning Federal kansleri lavozimlarida mustaqil siyosatchi sifatida faoliyat yuritdi. U GFRda pul va moliya tizimini modernizatsiya qilish, mulkchilik munosabatlarini rivojlantirish, kichik va o`rta biznesga keng yo`l ochish, demokratiya, inson huquqlari va erkinliklari masalasini kun tartibiga dolzarb qilib qo`yish kabi tub islohotlarning me`mori bo`ldi. Kol mamlakat ichkarisidagi siyosiy partiyalarni Germaniya taraqqiyoti uchun xizmat qilish sari yagona maqsadga da`vat etdi.
Tashqi siyosatda ikki german davlati GFR va GDRni birlashtirishga qaratilgan strategic rejani xalqaro va mintaqaviy anjumanlarda dolzarb qilib qo`ydi. Uning bu boradagi strategik rejasi berlin devorining qulashi tinch yo`l orqali, bitta ham o`q uzmay ikki nemis davlatining birlashtirilishi bilan yakun topib amaliyot sinovidan o`tdi. Gelmut Kol tashqi siyosatida “yagona Germaniyadan yagona Yevropa” shiori o`ziga xos mintaqaviy hamkorlikning ramzi bo`lib qoldi. Uning kanslerlik davridagi siyosiy faoliyati XX asr oxirlaridagi tarixiy buyuk shaxslar orasida yuksak obro`-e`tabor qozondi desak to`g`ri bo`ladi.
Uchinchi bobga xulosa
Xullas yagona Germaniyaning vujudga kelishi kansler Gelmut Kol va uning hokimiyati oldiga o`ta murakkab, tezlik bilan hal qilinishi kerak bo`lgan bir qator muammolarni ko`ndalang qilib qo`ygandi. Eng avvalo rejali iqtisodiyot asosida rivojlangan, XX asr so`ngi 10 yilligida siyosiy va iqtisodiy inqirozga kirgan GDR taraqqiyotini bozor iqtisodiyoti asosida tez rivojlanib borayotgan GFR bilan tenglashtirish bilan moliya-pul munosabatlari, inflatsiya, ishsizlik, iqtisodiy qoloqlik, boshqaruvdagi buyrakratizm, korrupsiya kabilarni bartaraf etish vazifasini bajarishni talab qilardi.
Gelmut Kol o`z mamlakatining vatanparvari va birinchi mas`ul shaxsi sifatida birlashgan Germaniya taraqqiyoti strategiyasini to`g`ri belgilay olganligi uning eng katta tarixiy xizmati hisoblanadi. Ushbu tarixiy shaxsning insoniy fazilatlari, chuqur ilmga ega bo`lganligi va keng dunyoqarashi, ayni Germaniya davlatining keskin burulish davrida hukumat rahbari lavozimiga kelishi nemis xalqining baxti deb hisoblash mumkin
Do'stlaringiz bilan baham: |