O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi samarqand davlat universiteti yuridik fakulteti kafedra



Download 44,9 Kb.
bet8/9
Sana22.06.2022
Hajmi44,9 Kb.
#693286
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Geopolitik nazariyada rivojlanish joyi tushunchasi

N.Ya.Danilevskiyning “madaniy-tarixiy tiplar”8 nazariyasi Yevropaning universal tarixiy kontseptsiyalariga tubdan ziddir. Gap shundaki, Danilevskiyga qadar Yevropa tarixida Rossiyaning o’zining va Yevroosiyodagi mustamlakalari, qo’shnilarining tarixi, genezisi, madaniyatiga alohida o’rin ajratilmasdi va butun Yevroosiyo mintaqasining tarixi “SHarq xalqlari” nomi ostida Yevropa tarixiga ilova tarzida o’rganilar edi. Danilevskiy tomonidan taqdim etilgan va alohida sivilizatsiyalar egasi – “madaniy-tarixiy tiplar”ni o’ndan ko’proq turga ajratishga asoslangan madaniyat tiplarining politsentrizmi (ko’p markazliligi) jayon taraqqiyoti tarixining butun rangbarangligi va variantlarining turli-tumanligini ko’rish imkonini berdi1.
Tadqiqotchilarning fikricha, rus madaniyati va jahonda tsivilizatsiyalar rivoji masalasiga qarashlarida Danilevskiy bilan yevroosiyochilar o’rtasida jiddiy tafovutlar bor edi. CHunonchi, Danilevskiy Rossiya, Yevroosiyo, barcha ruslar va slavyanlarni yagona slavyan madaniy-tarixiy tipiga oid deb bilgan. Yevroosiyochilar bo’lsa, Rossiya va ruslarni alohida ijtimoiy madaniy dunyoga oid, turli madaniyatlar va tamaddunlarning uyg’unlashib ketishi natijasida maydonga kelgan o’ziga xos va betakror Yevroosiyo madaniyatining sohiblari deb hisoblaganlar. Bundan tashqari, Danilevskiy Rossiya va Yevropaning siyosiy, iqtisodiy, harbiy manfaatlari, xuddi ularning ma’naviy qadriyatlari singari, bir-biriga tubdan zid, degan xulosaga kelgan. U Rossiyaning manfaatlari Yevropa manfaatlaridan boshqacha bo’libgina qolmay, balki tamoman bir-biriga ziddir, binobarin, siyosiy ma’noda Rossiya Yevropa bo’lmaygina qolmay, ayni vaqtda aksilevropadir, degan. Uning bu aksilevropa tushunchasini yevroosiochilar qisman ma’qullasalar-da, aksilturk qarashlarini qat’iyan rad qilganlar
Masalan, “CHo’l va o’troq hayot” maqolasida rus madaniyatiga “turonchilik” nuqtai nazaridan qaragan P.N.Savitskiy mo’g’ultatarlarning Yevroosiyo madaniyati, davlatchiligi va geostrategiyasini rivojlantirishdagi rolini, umuman, ijobiy baholagan, bu esa Danilevskiy davomchilarining va barcha rus millatchilarining qattiq tanqidiga duch kelgan. Bu o’z-o’zidan tushunarli, albatta. Savitskiy mo’g’ul-tatarlar tufayli Rossiya o’z geosiyosiy mustaqilligiga erishdi va agressiv roman-german dunyosidan ma’naviy mustaqilligini saqlab qoldi, deb yozgan edi.
Savitskiy o’zining “tatarlar bo’lmasa, Rossiya ham bo’lmas edi” degan asosiy tezisini geosiyosiy va geostrategik ma’noda mo’g’ullar Yevroosiyoning Yevropa qismi o’rmon mintaqasida yashaydigan ko’pdan-ko’p xalqlar va jamiyatlarni, Yevroosiyoning sahro va cho’llardan iborat Osiyo hududlarini yaxlit qilib birlashtirdi va shakllantirdi, degan fikr bilan asoslaydi. Bundan tashqari, makonni qit’a o’laroq his etishni G’arbiy Yevropanining dengizni his etishga qarama-qarshi qo’ygan mo’g’ullar mintaqada birlashtiruvchi missiyani amalga oshirdilar. Keyinchalik bu missiya butunlay ruslarning qo’liga o’tdi. Rossiyani Buyuk tatar xonlarning merosxo’ri deb atagan Savitskiy Yevroosiyo o’rmonlari va cho’llarini birlashtirish harakatini CHingizxon va Temur boshladi, bu ishni ruslar nihoyasiga yetkazdilar, deb ѐzgan edi.
Ko’rinyaptiki, Yevroosiyo madaniyati masalasiga qarashda Savitskiy g’oyalarining Trubetskoy va Danilevskiy yondashuvidan asosiy farqi – ularning bu madaniyatni ayrim xalqlar madaniyatining sintezi sifatida tushunishlarida edi. Uning fikricha, panslavchilardan faqat Leontev rus madaniyatining panslavizm botqog’iga cho’kib ketishiga qarshi chiqish uchun o’zida kuch topa oldi. Biroq uning so’zlariga ham, rus madaniyatini Yevropa yoki slavyan madaniyati bilan qorishtirmaydigan, Moskvani Hindiston va Xitoydan farqli “Osiyo” deb hisoblaydigan ajnabiylarning xolis kuzatuvlariga ҳam hech kim e’tibor bermadi. Eronliklar bo’lsa, ruslarni Turonning vorislari deb bilishadi. Ammo rus madaniyatini faqat Turon madaniyati bilan ayni deb bilish, xuddi uni slavyanparast oqimi bilan ayni deb bilish kabi, bir yoqlamadir. “Turon elementi” slavyan, eron va hatto yevropa elementi singari rus madaniyatining, Yevroosiyo sivilizatsiyasining asosiy tarkibiy qismidir... Rossiya madaniyati Yevropa madaniyati ham emas, Osiyo madaniyati ham yoki ularning elementlarining mexanik qorishmasi ham emas. U – mutlaqo o’ziga xos alohida madaniyat bo’lib, jahon tarixida Yevropa va Osiyo madaniyatlarinikidan kam bo’lmagan qiymat va ahamiyatga
molikdir.
Uni O’rta Yevroosiyo madaniyati sifatida Yevropa va Osiyo
madaniyatlariga qarshi qo’yish darkor” Buyuk mutafikkir madaniyatlar ayri-ayri madaniy elementlarning tasodifiy birlashuvidan tashkil topadi, deb qarovchilarga qarshi chiqib, madaniyatni uzviy va o’ziga xos birlik, jonli organizm deb bildi.
Rus-yevropa madaniyatining geografik butunligi va muayyanligini, “Yevroosio” so’zining mahdud va aniq ma’nolarini qayd etgan Savitskiy Yevroosiyoni Rossiya boshchiligi ostidagi xususiy madaniy dunyo deb hisobladi. Yevroosiyo madaniyati,
albatta, ko’pgina madaniyatlarga bog’liq, lekin unga eng yaqini va jondosh bo’lgani – Osiyo madaniyatidir. Saviykiy bunday deb yozgan edi: “Osiyo uning o’z uyidir. Kelajak uchun Petr I boshlagan ishni davom ettirmoq va nihoyasiga yetkazmoq, Yevropaga yuz tutishning orqasidan Osiyoga yuz tutish ishini uzviy ravishda amalga oshirmoq darkor”. Savitskiy kontseptsiyasiga muvofiq, tsivilizatsiyalar orasidagi chegaralar qotib qolgan va intihosiga yetgan emas – ular harakatchan va o’zgaruvchandir, chunki bu o’rinda ko’pgina: ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy, siyosiy, ҳarbiy, tabiiy-iqlim va ҳ.k. omillar ҳarakat qiladi. Yevroosiyo markaziy qismining tabiati bu yerdagi madaniyat sistemali va yaxlit tarzda vujudga kelishini belgilab berdi. Bu yerda yashovchi etnoslar o’z xo’jalik faoliyatida bir-biriga kerak bo’lganliklari bois, ularning madaniy sintezi ham kuchliroq yo’sinda kechdi.
Yevroosiyo iqtisodini tashkil etish shakli doimo mustaqil xarakterda bo’lgan. Savitskiyning fikricha, Yevroosiyo – “qit’aokean makoni” va “alohida qit’a ichi dunyosi”dir. Rossiya va Yevroosiyo qirg’oq qismlari xo’jalik ishida okeandan foydalanadi. Yevroosiyoning kontinental iqlimi unga jahon iqtisodiy xo’jaligida to’laqonli sherik bo’lish imkonini bermaydi. U haqiqatda “jahon xo’jaligining orqa tomorqasi”ga aylanishi mumkin xolos. Bu qit’a mamlakatlari jahon okeanidan yiroq
joylashgani uchun noqulay sharoitda qolgani bilan bog’liq. Bu noqulay shart-sharoitlarni faqat mustaqil iqtisodiyot yaratish va atrofdagi etnoslar bilan iqtisodiy ayriboshlashni tashkil etish yo’li bilangina bartaraf qilish mumkin. Savitskiy Rossiya – Yevroosiyoning kelajagi “boshqalarning siyosatidan nusxa ko’chirishda emas, balki Rossiya kontinentalizmini tatbiq etish va barcha etnoslarni unga moslashtirishda” deb bilardi. U keskin kontinental iqlim, ulkan masofalar, o’rmon va cho’l muammosi va boshqa omillar Yevroosiyoning iqtisodiy birligini belgilagan,
deb hisoblar edi.
Savitskiy Xingandan Dunaygacha cho’zilgan katta cho’l mintaqasi qit’aning geografik o’ziga xosligidir, deb yozgan. Bu esa, o’z navbatida, ko’pdan-ko’p ko’chmanchi xalqlar (xunlar, alanlar, pecheneglar, mo’g’ullar va h.k.) uchun kechuv rolini o’ynabgina qolmay, turli geosiyosiy kombinatsiyalarning yaratilishiga, ko’z ilg’amas cho’l kengliklaridan ulkan to’lqinlar olida ko’chib o’taѐtgan тetnoslarning o’zaro ta’sirga kirishishiga ҳam ko’maklashgan... Yevroosiyo hududiga chet el hujumlari kamdan-kam ro’y bergan. Odatda, bunday xurujlar katta muvaffaqiyat keltirmagan.
Masalan, xitoylar XVIII asr oxiriga qadar Buyuk Xitoy devoridan shimolga o’tib yerlasha olmagan. VII asrda arablar O’rta Osiyoni bosib oldi, ammo ularning ko’pi o’z vataniga qaytib ketdi, qolganlari bo’lsa, mahalliy aholi orasida “erib ketdi”... Tarix
eng qudratli davlatlar: skif, xun, mo’g’ul va rus davlatlari to’g’risida ko’pdan-ko’p arxeologik yodgorliklar, yilnomalar va boshqa manbalarni qoldirgan. Rossiya, oldingi Rus zamini keng ma’noda ko’pgina etnoslarning vatanidir. Bu hududda slavyanlar yetakchi etnos edilar. Ular tashabbuskorroq va boshqa xalqlarning madaniyati, harbiy san’ati, davlat tuzilishini o’zlashtirishga ustaroq bo’lishgan. Vizantiya madaniyati va mo’g’ul davlatchiligi ularga boshqa katta etnoslarga qarshi turish imkonini berdi. Ko’p
jihatdan slavyanlarning mana shu xususiyatlari, shuningdek ulkan kengliklar tufayli Yevroosiyo dunyosi doimo siyosiy birlashuvga intilgan.
Savitskiy Yevroosiyoning o’ziga xosligi to’g’risida “Yevroosiyo taraqqiyot yeri o’zining asosiy xususiyatlariga ko’ra umumiy ishga”, siyosiy birlikka turtki beradi, deb yozgan edi. SHu ma’noda muallif CHingizxonning rolini alohida ta’kidlaydi. CHingizxon o’lchamiga ko’ra Rim imperiyasi va Arab xalifaligidan ham kattaroq
qudratli davlat barpo etgan edi. “Mo’g’ullar Yevroosiyoning tarixiy o’rni, roli va vazifalarini shakllantirdi, geosiyosiy birligi va siyosiy tuzumi poydevorini yaratdi”, deb yozgan edi Savitskiy. Rusgeosiyosiy adabiyotlarida “ideokratiya” atamasi uning amaliy tatbiqidan ancha keyinroq paydo bo’ldi. Bu atama ҳam yevroosiyochilar va Savitskiy nomi bilan bog’liqdir. “Ideokratiya” tamoyili Savitskiyning yevroosiyo ta’limotining eng muhim jihatlaridan biri bo’ldi.
Savitskiy Yevroosiyoning alohida holati bu yerda G’arbda mavjud bo’lgan “amaliy-tijorat boshqaruv rejimlarining” vujudga kelishiga yo’l qo’ymadi, deb ҳisobladi. U Yevropa klassik geosiyosatchilarining dengiz va quruqlikning (liberal demokratiya va ideokratik boshqaruvning) abadiy qarama-qarshiligi g’oyasini printsipda qabul qilgan ҳolda, g’arbiy yevropaliklarning Kontinental Yevroosiyoni “tojir demokratiyasi” asosida birlashtirish va boshqarish g’oyasini rad qildi va bu makonda unga xos “jalb etuvchi g’oya va avtoritar qaҳramon obrazi” rejimi shakllanishi mumkinligini ta’kidladi. SHunday qilib, Savitskiyning ideokratiyasi diktatura, mutlaq monarxiya va boshqaruvning shunga o’xshash shakllarini ko’zda tutardi. Savitskiy Rossiyaning davlatchilik va boshqaruv asoslari g’oyasi “mamlakatning g’oyaviy va ma’naviy raҳbarlari tomonidan yuqoridan hozirlanishi, moddiy zaruriyat, pragmatizm, liberalism va tijoriy ruhdan ustun turishi, avvalboshdan birlashtiruvchi, ruhlantiruvchi va tashabbus yaratuvchi bo’lmog’i darkor” deb hisobladi.
Yevroosiyo hududining tabiiy-geografik sistemasi o’rmonlar va cho’llardan tashkil topgani singari, rus va boshqa ulkan etnoslar ҳam faqat bir-birini uyg’un tarzda tugallabgina qolmay, ular iqtisodiy, madaniy va harbiy-siyosiy yaxlitlikni ham tashkil
qiladilar. Yevroosioning siyosiy tuzilmasi ko’p jihatdan geografik muhit, siyosiy va tarixiy shart-sharoitlarga bog’liqdir. Bu esa siyosiy boshqaruvdagi “majburiy-davlat etatizmi”ni ijtimoiy turmushdagi “milliy va diniy sabr-toqatlilik” bilan uyg’unlashtirishga bog’liq. Bu g’oyalar ham Savitskiy ideokratiyasi kontseptsiyasining mahsuli edi.
Ko’rinib turibdiki, yevroosiyochilar Rossiyada yashagan rus va cho’ldagi ko’chmanchi va o’troq ulkan etnoslarning siyosiy hokimiyati faqat avtoritar bo’lishi mumkin, deb hisoblaganlar. Ularning fikricha, bu reallikni xonlar ham, knyazlar ham tushunganlar.
Yuqorida qayd qilinganidek, markazlashgan yirik rus davlatining barpo bo’lishida tatarlar katta rol o’ynaganini yevroosiyochilar aytib o’tishgan. Trubetskoy Kiev Rusi bilan Rossiya orasida faqat “Rus” degan nomgina umumiydir, geografik va xo’jalik-siyosiy jihatdan ular har xil davlatlar edi va ular orasida tarixiy vorislik bo’lmagan, deb ҳisoblaydi. Mo’g’ullarning rus knyazliklarini istilo etishi va ularni buyuk mo’g’ul davlatiga qo’shib olishi rus knyazlariga davlatchilik texnikasini namoyish etibgina qolmadi, balki ularning ma’naviy jihatdan davlatchilikni his etishni ҳam o’rgatdi. SHunday qilib, XIV asr boshiga kelib Kiev Rusining davlatchilik to’g’risidagi sodda tushunchalari o’rnini kuchliroq “markazlashgan ko’p millatli
Rossiya davlati” g’oyasi egalladi. Bu g’oyani amalga oshirishga va barcha rus yerlarini birlashtirishga kirishgan Ivan Kalita faqat “kuchli avtoritar rejimni” barpo etish orqaligina mamlakatni mumkinligini tushungani shubhasiz. Ayni shuning uchun ham
“ideokratik” Rossiyaning maydonga kelishining ibtidosini Ivan Kalita nomi bilan bog’lashadi.
Mazkur davrda rus geosiyosiy va mafkuraviy tafakkuri ma’naviy jihatdan o’ziga yaqin bo’lgan Vizantiya davlatchiligiga murojaat etdi. U bu yerda taqlid uchun namuna mavjud edi. Bu mo’g’ul g’oyalarining o’ziga xos tarzda ruslashtirilishi va pravoslavlashtirilishidan iborat bo’ldi. Yevroosiyochilar, ayniqsa, Savitskiy Rus ma’naviy jihatdan Vizantiyaga chambarchas bog’langan bo’lsa, geosiyosiy jihatdan u mo’g’ul-tatarlarning vorisi edi va Vizantiya bu ma’noda yot unsur bo’lib chiqadi, deb ҳisoblagan.
Mo’g’ul istilosidan keyin Rus tamomila mo’g’ul davlati geosiyosati doirasiga bog’landi. SHuning uchun ham yevroosiyochilar geosiyosiy ma’noda Vizantiya emas, balki mo’g’ullarga vorislik to’g’risida gapirish o’rinli, degan xulosaga keldilar. “Rossiya – Buyuk xonlarning vorisi, Osiyoni birlashtirgan CHingizxon va Temur
ishining davomchisi...”, degan fikr ham Savitskiyga tegishlidir. U mo’g’ul-tatarlar boshlagan ishni keyinchalik Moskva knyazlari davom ettirdilar, ular Yevroosiyoda faqat ruslarnigina emas, balki barcha tatar yerlarini ham yagona markazga birlashtirdilar, deb yozgan edi.
Amalda Rossiya XV asrdan keyin umumevroosiyo rolini o’ynay
boshladi. Yevroosiyochi Trubetskoy qayd qilgan ediki, Rossiya Evroosiyoning barpo etilishi O’rmon va CHo’lning geosiyosiy geosiyosiy sintezi, mo’g’ul-tatar rejimiga barham berilgandan keyin Moskvaning barcha rus yerlarini birlashtirishi natijasi bo’ldi. Rossiya davlatchiligi mo’g’ul davlatchiligidan kuchliroq bo’lib chiqdi. Bu uning mustahkam diniy-maishiy asosga tayanishi, pravolaviya dini va maishiy turmushning o’zaro ta’siriga asoslanishi bilan bog’liq edi. Bu butun jamiyatning maishiy e’tiqodi edi.
Rus faylasufi, yevroosiѐchi Ivan Alensandrovich Ilin (1882-1954)9 Yevroosiyoning geosiyosiy va geografik xarakteristikasi, o’ziga xos tsivilizatsiya egasi bo’lgan rus xalqining shakllanishi, boshqa xalqlar bilan o’zaro ta’sir jarayonida rus xalqining milliy-ma’naviy qadriyatlari shakllanishi, chet dunyo bilan aloqalari singari geosiyosiy masalalarni o’rganishga katta hissa qo’shdi. Uning qarashlari “geosiyosat” atamasining yaratuvchisi hisoblangan Rudolf CHellenning “organik nazariyasi”ga mos edi. Ilin o’zining mashhur “Bizning vazifalarimiz” geosiyosiy asarida har bir davlat o’z aholisi bilan birgalikda “jonli organizm”dir, deb yozgan edi. Muallifning aytishicha, Rossiya jonli organizm sifatida asrlar mobaynida hududlarning mexanik yig’indisi emas, balki uzviy birlik sifatida tarkib topdi. U bu birlikni shakllantirishda yer, geografik muhit va o’ziga xos madaniyat egasi bo’lgan kishilar hal qiluvchi rol o’ynadilar, deb hisobladi. Ilin bu borada yozgan ediki, rus xalqi mavjudligining ilk asrlaridan boshlaboq har tarafdan ochiq va shartli ravishda bo’linadigan tekislikda yashagan. Bu tekislikda hech qanday to’siq yo’q edi. Rossiya qadim zamonlardan “ochiq kechuv” bo’lgan hamda SHarqdan va Janubi-SHarqdan G’arbga ko’chgan xalqlar uning ustidan o’tganlar. SHuning uchun ham Rossiya hamisha o’zini
mudofaa qilishga majbur bo’lgan organizm edi.
Rossiyaning geografik organizmini “katta daryolar va yiroq dengizlar” sifatida tavsiflagan Ilin rus podsholari va, ayniqsa, Petr I ning dengizga chiqish va daryolar etagini egallashdan iborat siyosatini to’g’ri deb hisoblagan. Ilin insoniyat taraqqiy etgani sari uning “yagona organizmi” tarkibiy vismlarga parchalanadi, jahonning ҳamma davlatlari o’z mablag’i, manfaatlari, strategik hisob-kitoblarini yangidan paydo
bo’lgan kichik davlatlarga yo’naltiradi va bir-biri bilan raqobatga kirishadi, strategik muhim hududlarda “tayanch punktlari” barpo etadi, yangi paydo bo’lgan davlatlarni
ochiqchasiga ѐki xufyona ravishda ishg’ol etishga kirishadi, deb hisoblagan. Ilin Rossiyani parchalashga, uni ixtiloflar va fuqarolar urushining abadiy manbaiga, milliy-etnik ziddiyatlar makoniga aylantirishga yo’naltirilgan xavf-xatarlar to’g’risida
ogohlantirdi va shu munosabat bilan Germaniya, Angliya, Yaponiya, AQSH va Kanada qanday qadamlar tashlashi mumkinligini oldindan aytib berishga harakat qildi.
Ilin “organizmni” yangi tarkibiy qismlarga parchalash har doim og’riqli jarayon bo’lgan, deya qayd qilgan. Uning fikricha, bizning davrimizda bunday hodisaning sodir bo’lishi umumbashariy fojiaga sabab bo’lishi mumkin. Yuqorida aytilganlardan shunday xulosa chiqarish mumkinki, “yevroosiyochilik” Rossiya geosiyosatining juda muhim yo’nalishi bo’lish bilan bir qatorda, ayni chog’da mamlakat miqyosida ham, mintaqada ham, butun jahonda ham rus tarixi, madaniyati va ijtimoiy-siyosiy ҳayotining real ahvoli, tashqi olam bilan geostrategik munosabatlarining eng to’liq kontseptsiyasini ishlab chiqqan va o’rtaga qo’ygan birinchi realistik geosiyosat maktabi edi.

Xulosa
Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki rassiyaning ko‘p asrlik tarixiYevropaning o’zi Yevroosiyoning “g’arbiy burni”da joylashgan, u ҳolda Rossiya butun sayyorada markaziy o’rinni egallaydi, deb aniqravshan aytish mumkin. Rossiya – Yevropaning bir qismi ham, Osiyoning davomi ham emas. U Yevroosiyo deb atalgan mustaqil dunyodir.
P.N.Savitskiy Yevroosiyoni jaxonning alohida qismi va boshqa geografik shartlarga ko’ra, yopiq va tipik qit’a kabi tavsiflagan. U SHarqiy Yevropa tekisligini, SHimolda tundra sohasini, Janubda G’arbiy Sibir va Turkiston cho’llarini, tog’lar bilan
to’silgan SHarq, Janubi-SHarq va Janub yerlarini, “Eski Dunyo”ning okeanga chiqish imkoni oz bo’lgan, dengizga birlashgan boshqa yerlarini – Karpatdan Xinganga qadar bo’lgan makonni Yevroosiyo hududiga kiritgan. Yevropaga xos bo’lgan xo’jalik maqsadlarida okeandan foydalanish Yevroosiyo uchun amalda mumkin emas, u o’zining takrorlanmas muhiti va o’z iqtisodiy rivojlanish yo’liga egadir.
Savitskiy bunday deb yozgan edi: “Uning hamma daryolari meridianlar yo’nalishida oqadi, o’tish mushkul bo’lgan keng cho’llari G’arbni SHarq bilan birlashtiradi. CHo’l sohasi – uning tarixining o’zagidir. Garchi ayni suv yo’llari Yevroosiyoda madaniyatni yuksak taraqqiyot cho’qqisiga ko’tarishga ko’maklashgan
bo’lsa-da, u yoki bu daryo havzasida paydo bo’lgan yoki o’sha yerda qolgan bironta davlat Yevroosiyoni birlashtira olmagan. Har qanday daryo davlatiga hamisha cho’l xavf solib turgan. Aksincha, cho’lga ega bo’lgan kishi butun Yevroosiyoni siyosiy jihatdan osongina birlashtirgan. Ayni buyuk qudratga molik bo’lgan cho’l
Yevroosiyoning birligini shart qilib qo’yadi”. Yevroosiyochilar Yevropa deganda “G’arbiy Yevropa”ni ko’zda tutar va uning geografik sharoitini okeanga bog’liq deb bilardilar. Kontinental iqlimga ega “SHarqiy Yevropa” bo’lsa, ularning nazdida Yevropaning bir qismi emas, balki SHarqiy Yevropa, G’arbiy Sibir va Turkiston tekisliklari bilan birga olganda Yevroosiyoning bir bo’lagidir. Savitskiy bunday deb yozgan edi: “Eski Dunyoning o’rta qismini (Yevroosiyoni) Janubda tog’ silsilasi va undan SHimolda joylashgan o’rmon va tundra zonasi rayonlari bilan birga Karpatdan Xingangacha uzangan uzluksiz cho’l va sahro mintaqasi sifatida belgilash mumkin. Bu dunyoni yevroosiyochilar so’zning tom ma’nosida Yevroosiyo deb ataydilar”.
SHunday qilib, Savitskiy va uning tarafdorlari uchun Yevroosiyo – Yevropa va Osiyoni ajratadigan hamda o’z tabiiygeografik muhiti va tarixiy-madaniy xususiyatlari bilan
ajralib turadigan “ҳaѐtiy makon”dir. Bu yerda Yevroosiѐ (ya’ni
Rossiya imperiyasi) Eski Dunyoning markazi sifatida maydonga
chiqadi. Aytish mumkinki, Savitskiy bu yerda muayyan ma’noda
F.Rattselning “Raum” atamasini yangi makon – Yevroosiyoga tatbiq
qiladi.



Download 44,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish