O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi samarqand davlat universiteti yuridik fakulteti kafedra


Bob. Rivojlanish joyi konsepsiyasi



Download 44,9 Kb.
bet2/9
Sana22.06.2022
Hajmi44,9 Kb.
#693286
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Geopolitik nazariyada rivojlanish joyi tushunchasi

Bob. Rivojlanish joyi konsepsiyasi

1.1“Sivilatsion yondashuv” nazariyasi:
Rus geosiyosiy maktabining shakllanishi va uning keyingi rivojiga eng katta
ta’sir ko’rsatgan mutafakkir-geosiyosatchilar qatorida “sivilizatsion yondashuv” klassik geosiyosiy nazariyasining asoschisi, ko’pgina geosiyosiy tushunchalar ijodkori, “Rossiya va Osiyo” degan mashxur asarning muallifi Nikolay Yakovlevich
Danilevskiyni (1822-1885)2 aloҳida aytib o’tish lozim. Danilevskiy jaҳonning geosiyosiy ҳayotida yuz bergan sayyoraviy geosiyosiy ҳodisalarning ildizi, undan oldingi geosiyosatchilar da’vo qilganidek, ayrim-ayrim davlatlar va xalqlar, millatlarning ҳayoti emas, yagona sivilizatsiya soxibi bo’lgan, yirik madaniy-diniy jamiyat xayoti qatlamlariga borib taqalashini isbot etishga ilmda ilk bora xarakat qilgan. Muallif sivilizatsiya jixatidan o’ziga xosligi bilan ajralib turadigan
jamiyatlarni tasnif etishni taklif qildi, ularni “tarixiy tiplar” deb atadi va shu nuqtai nazardan kelib chiqqan xolda ularning paydo bo’lishi va rivojlanishi qonuniyatlarini tadqiq qildi.
Danilevskiyning aytishicha, sivilizatsiya (yoki madaniy tarixiy tip) – til, ҳudud, ma’naviy-psixologik, madaniy va siyosiy mushtaraklikka ega bo’lgan xalqlarning majmuidir, u sayorada yuz beradigan eng muxim xodisalarning asosiy
xarakatlantiruvchi kuchidir. Danilevskiy insoniyat tarixida XIX asrgacha mavjud bo’lgan sivilizatsiyalarning (madaniy-tarixiy tiplarning) tasnifini berdi va 13 ta tipni ajratib ko’rsatdi.
Bu yerga sivilizatsiya taraqqqiyotining boshlang’ich davrida zo’ravonlik bilan yo’q
qilingan ikkita tamaddunni (Peru va Meksika tamaddunlari ko’zda tutiladi) ҳam qo’shdi. U Misr, Ossuriya-Bobil,Finikiya, Xaldey (qadimgi semit), Xitoy, Ҳind, Eron, Yaxudiy, Yunon, Rim,Arab (yangi semit), Yevropa (roman-german) va slavyan
sivilizatsiyalarini ҳam shu qatorga qo’shdi. Danilevskiyning fikricha, bu tiplarning ҳar biri o’z madaniy darajasiga muvofiq, jamiyat va ijtimoiy sistema yaratdi va shuning uchun ҳam ular o’rtasida siyosiy, madaniy va psixologik tafovutlar abadiy mavjud bo’ladi. Sivilizatsiya tafovutlari mezonlarini ko’rsatar ekan, Danilevskiy sivilizatsiya taraqqiyotining beshta asosiy qonunini ko’rsatdi.
Bular: til birligi, siyosiy mustaqillik, o’zaro ta’sir, turli etnik elementlarning birligi, ularning tadrijiy rivojlanish bosqichlaridir.
Danilevskiyning geosiyosiy kontseptsiyasida makon tushunchasi yashash xududi yoki insonga xayotiy zarur resurslarni yetkazib beradigan tuproq sifatida emas, balki milliy taraqqiyot va tashabbus, vatanparvarlik va boshqa ma’naviy xissiyotlarni
tug’diradigan muayyan tsivilizatsiya o’chog’i – makon sifatida taqdim etiladi. Agar makon aҳolisi milliy sivilizatsiya qadriyatlari va sildizlaridan qo’porilsa, jiddiy taҳlika paydo bo’ladi. Aksincha, agar makon maxsus milliy va g’ururlantiradigan qadriyatlar asosida yashasa, u ҳolda aҳoli o’z tashabbusi, batartib vatanparvarligi bilan bu makonni barcha taҳlikalardan ҳimoya etadi. Ba’zi tadqiqotchilar Danilevskiyning bu geosiyosiy fikri Rossiyaning SHvetsiya, Polsha va Napoleon Frantsiyasiga, Gitler Germaniyasiga qarshi va boshqa urushlardagi g’alabalari bilan tasdiq etildi, deyishadi. Ya’ni rus vatanparvarligiga asoslangan xalq tashabbusi g’alabaning asosiy mezoni bo’ldi. Danilevskiyning slavyan sivilizatsiyasining xarakteristikasi va kelajagiga bog’liq o’ziga xos geosiyosiy yondashuvi bor edi. U jaxonning kelajagi sayyorada mavjud uchta yirik jamiyatga –Yevropa, AQSH va slavyan ittifoqiga – muvofiq keladigan uchta sivilizatsiya tipi orasida muvozanat bo’lishiga bog’liq, deb ҳisoblagan. Slavyanlarning ҳammasini bir madaniy-tarixiy tipga mansub deb bilgan Danilevskiy ularning barchasi ko’ngilli ravishda markazi (sobiq Vizantiya imperiyasining poytaxti) Konstantinopol (u bu shaxarni TSargrad deb atagan) bo’lgan yagona davlatga birlashishi lozim, degan. Biroq Danilevskiy negadir turklarni va ular Yevroosiyoda barpo etgan geosiyosiy reallikni tamomila va qasddan inkor etgan. Buning ustiga, uning madaniy tarixiy tiplari orasida turk sivilizatsiyaning ҳatto nomi ҳam yo’q. Xolbuki, bu imperiya uzoq davrlar mobaynida Rossiya va insoniyatni qo’rquvga solgan. Bu Danilevskiyning turklarga nafratining o’ziga xos ko’rsatkichi edi.
Rossiyada faylasuf K.Leontev va taniqli yevroosiyochi olim Savitskiy Danilevskiyning geosiyosiy nazariyasining asosiy davomchilari bo’ldilar. Rus geosiyosiy maktabining xar ikkala vakili “sivilizatsion yondashuv”ni Rossiya va Yevroosiyoga o’ziga xos ravishda tatbiq etib, o’zlarining tegishli geosiyosiy xulosalarini chiqardilar.


Download 44,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish