O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi samarqand davlat universiteti yuridik fakulteti kafedra



Download 44,9 Kb.
bet7/9
Sana22.06.2022
Hajmi44,9 Kb.
#693286
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Geopolitik nazariyada rivojlanish joyi tushunchasi

2.2. “taraqqiyot yeri” konsepsiyasi:
Savitskiy Yevroosiyo makonini “taraqqiyot yeri” yoki “takrorlanmas geografik muhit” deb atadi. U Yevroosiyoda ichki “ijtimoiy-tarixiy borliq”ning xorijiy “geografik muxitga” moslashuvi, ularning butunligi bu makonda uyg’unlik va barqarorlikka suyanadigan “taraqqiyot yeri” vujudga keltirishini ta’kidlagan edi.
Yevroosiypochilarning Yevroosiyoning geografik dunyosi va hududiga oid fikrlari ham o’ziga xos edi. Eski Dunyoda ikkita emas, balki uchta qit’a borligini birinchi marta professor V.I.Pamanskiy 18927 yilda aytgan va uning hududlarini tasvirlashga xarakat qilgan. Lekin P.I.Savitskiy va uning izdoshlarigina uchinchi qit’aga nom berdilar. Ular “Yevroosiyo” deb nom qo’ygan bu qit’aning chegaralari asosan Rossiya imperiyasi hududlariga to’g’ri keladi, deb tasdiqdilar. SHu munosabat bilan Savitskiy yozgan ediki, “jaҳonning o’rtasida joylashgan davlat” deb atalishga Xitoydan ko’ra Rossiya ko’proq loyiqdir. Yevropada joylashgan Germaniyani “o’rtadagi davlat” deb ataydilar, holbuki Yevropaning o’zi Yevroosiyoning “g’arbiy burni”da joylashgan, u
ҳolda Rossiya butun sayyorada markaziy o’rinni egallaydi, deb aniqravshan aytish mumkin. Rossiya – Yevropaning bir qismi ham, Osiyoning davomi ham emas. U Yevroosiyo deb atalgan mustaqil dunyodir.
P.N.Savitskiy Yevroosiyoni jaxonning alohida qismi va boshqa geografik shartlarga ko’ra, yopiq va tipik qit’a kabi tavsiflagan. U SHarqiy Yevropa tekisligini, SHimolda tundra sohasini, Janubda G’arbiy Sibir va Turkiston cho’llarini, tog’lar bilan
to’silgan SHarq, Janubi-SHarq va Janub yerlarini, “Eski Dunyo”ning okeanga chiqish imkoni oz bo’lgan, dengizga birlashgan boshqa yerlarini – Karpatdan Xinganga qadar bo’lgan makonni Yevroosiyo hududiga kiritgan.
Yevropaga xos bo’lgan xo’jalik maqsadlarida okeandan foydalanish Yevroosiyo uchun amalda mumkin emas, u o’zining takrorlanmas muhiti va o’z iqtisodiy rivojlanish yo’liga egadir. Savitskiy bunday deb yozgan edi: “Uning hamma daryolari
meridianlar yo’nalishida oqadi, o’tish mushkul bo’lgan keng cho’llari G’arbni SHarq bilan birlashtiradi. CHo’l sohasi – uning tarixining o’zagidir. Garchi ayni suv yo’llari Yevroosiyoda madaniyatni yuksak taraqqiyot cho’qqisiga ko’tarishga ko’maklashgan
bo’lsa-da, u yoki bu daryo havzasida paydo bo’lgan yoki o’sha yerda qolgan bironta davlat Yevroosiyoni birlashtira olmagan. Har qanday daryo davlatiga hamisha cho’l xavf solib turgan. Aksincha, cho’lga ega bo’lgan kishi butun Yevroosiyoni siyosiy jihatdan osongina birlashtirgan. Ayni buyuk qudratga molik bo’lgan cho’l Yevroosiyoning birligini shart qilib qo’yadi”. Yevroosiyochilar Yevropa deganda “G’arbiy Yevropa”ni ko’zda tutar va uning geografik sharoitini okeanga bog’liq deb bilardilar. Kontinental iqlimga ega “SHarqiy Yevropa” bo’lsa, ularning nazdida Yevropaning bir qismi emas, balki SHarqiy Yevropa, G’arbiy Sibir va Turkiston tekisliklari bilan birga olganda Yevroosiyoning bir bo’lagidir. Savitskiy bunday deb yozgan edi:
“Eski Dunyoning o’rta qismini (Yevroosiyoni) Janubda tog’ silsilasi va undan SHimolda joylashgan o’rmon va tundra zonasi rayonlari bilan birga Karpatdan Xingangacha uzangan uzluksiz cho’l va sahro mintaqasi sifatida belgilash mumkin. Bu dunyoni yevroosiyochilar so’zning tom ma’nosida Yevroosiyo deb ataydilar”. SHunday qilib, Savitskiy va uning tarafdorlari uchun Yevroosiyo – Yevropa va Osiyoni ajratadigan hamda o’z tabiiygeografik muhiti va tarixiy-madaniy xususiyatlari bilan ajralib turadigan “ҳaѐtiy makon”dir. Bu yerda Yevroosiѐ (ya’ni Rossiya imperiyasi) Eski Dunyoning markazi sifatida maydonga chiqadi. Aytish mumkinki, Savitskiy bu yerda muayyan ma’noda F.Rattselning “Raum” atamasini yangi makon – Yevroosiyoga tatbiq qiladi. Savitskiy nazariyasida “taraqqiyot yeri” (makoni) u yerda
yashaydigan xalqlar (sivilizatsiya egalari)ning ta’siri ostida bu xalqlarning faoliyatiga uyg’un shaklga kiradi. Insoniyat uchun butun sayyora ana shunday ulkan “taraqqiyot yeri”dir. Katta “taraqqiyot yeri” (asosiy hudud) bir nechta kichikroq “taraqqiyot yerlari”ni o’z ichiga oladi. P.N.Savitskiyning “taraqqiyot yeri” Yevroosiyo misolida ko’pgina kichik “taraqqiyot yerlari” va madaniy tiplar uchun birlashtiruvchi shakldir. Rossiyani barcha yerlari, rus madaniyati, tarixi va davlatchiligi bilan birga Yevroosiyoning bog’lovchi omili deb hisoblagan Savitskiy uni F.Rattselning “Raum”i, K.SHmittning “Grossraum”i va kontinental geosiyosat boshqa vakillarining asosiy tushunchalari bilan ayni deb biladi.
Rossiya-Yevroosiyoni Makinderning hartlandi bilan bir deb bilgan. Savitskiy yozgan ediki, betakror muhitni shakllantiradigan jahon madaniyati va jahon tarixi ayni shu makonda sintezlashadi. P.N.Savitskiyning“taraqqiyot yeri” nazariyasida Yevroosiyo-Rossiyaning madaniy va tsivilizatsiya asoslari, uning madaniy taraqqiyotining asosiy xarakteristikasi original shaklda bayon etib berilgan edi. Bunda
ayrim tadqiqotchilar P.N.Savitskiy va I.S.Trubetskoyning Yevroosiyo yondashuviga N.Ya.Danilevskiy alohida ta’sir ko’rsatgani yaqqol ko’rinib turadi, deyishadi. Yevroosiyochilikning shakllanishiga Danilevskiy g’oyalarining ta’siri, ayniqsa, N.S.Trubetskoyning “Yevropa va insoniyat” asarida ko’zga yaqqol tashlanadi.

Download 44,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish