O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat chet tillar instituti sharq tillari fakulteti kurs ishi mavzu: Yapon va o’zbek tillarida kelishik kategoriyalarining qiyosiy tahlili Bajardi: Ilmiy rahbar



Download 114,5 Kb.
bet1/5
Sana21.06.2022
Hajmi114,5 Kb.
#687548
  1   2   3   4   5
Bog'liq
kursavoy


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
SAMARQAND DAVLAT CHET TILLAR INSTITUTI
SHARQ TILLARI FAKULTETI


KURS ISHI
MAVZU: Yapon va o’zbek tillarida kelishik kategoriyalarining qiyosiy tahlili


Bajardi:


Ilmiy rahbar:


ANNOTATSIYA:
Mazkur kurs ishida yapon grammatikasiga oid kelishiklarning turlari va tasnifi haqida ma’lumotlar berilgan. Undan tashqari o’zbek tilidagi kelishiklar haqida ham to’xtalib o’tilgan. Kurs ishining asosiy mazmuni yapon tili va o’zbek tilidagi kelishiklarning qiyosiy tahlilini ochib berishdan iboratdir.Ikki tildagi kelishiklarning qiyosiy tahlili kurs ishining ahamiyatini oshiradi



MUNDARIJA





KIRISH
Mamlakatimiz mustaqilikka erishgach, sharq mamlakatlari bilan iqtisodiy, siyosiy, madaniy aloqalar jadal rivojlana boshladi. Fanning ayrim sohalari oldiga qo‘yilgan sun’iy to'siqlar olib tashlandi. Sharq tillarini, xususan yapon tilini o‘rganish sohasidagi cheklashlarga barham berildi. Bularning hammasi yapon tilini o‘rganuvchilar uchun o‘zbek tilida bitilgan har xil o‘quv qo‘llanma va adabiyotlarga chtiyoj yuzaga kelganligini ko‘rsatib turibdi.
Shuning uchun ushbu qo‘llanma ham mustaqillik sharofati tufayli ro'yobga
chiqdi deb dadil aytish mumkin. Mamlakatimizda xorijiy tillarni o‘rgatish bo‘yicha kelajak uchun mustahkam poydevor bo‘ladigan yangi tizimni yo‘lga qo‘yish vaqti-soati keldi. Biz raqobatdosh davlat qurishni o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘ygan ekanmiz, bundan buyon maktab, litsey, kollej va oliy o‘quv yurti bitiruvchilari kamida 2 ta chet tilini mukammal bilishlari shart. Bu qat’iy talab har bir ta’lim muassasasi rahbari faoliyatining asosiy mezoniga aylanishi lozim, – dedi Shavkat Mirziyoyev. Globallashuv jarayonida O’zbekistonning jahon hamjamiyati bilan siyosiy, iqtisodiy, madaniy sohalarda integratsiyalashuvi jadal tus olayotgan, xalqaro munosabatlar kengayib borayotgan bugungi kunda Yaponiya kabi rivojlangan davlatlar madaniyati, tili va adabiyoti bilan yaqindan tanishish masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Kop yillik strategik sherigimiz bo’lgan Yaponiya bilan “madaniyat va ilm-fan sohalaridagi aloqalar biz uchun alohida ahamiyatga ega”1. Shu munosabat bilan, o’zbek sharqshunosligining dolzarb sohalaridan biri bo’lgan yapon adabiyotini o’rganish xalqlar o’rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlanishiga xizmat qiladi. Bu o’z navbatida, respublikamizda olib borilayotgan yapon adabiyoti bilan bog’liq izlanishlarning davomi sifatidagi mazkur tadqiqotning zaruriyatini korsatadi. Har bir tilning grammatikasi murakkab sistemaga ega bo’lganligi uchun uni o'zlashtirish o'quvchidan ko‘p vaqt va bilim talab qiladi. Shu sababli olimlar grammatikani o’rganishda turli xil usullardan foydalanadilar. Ulardan biri murakkab grammatik qoidalami ommabop qilib tushuntirishga xizmat qiluvchi turli xil darslik va uslubiy qo’llanmalar tuzishdir. Ushbu kurs ishida murakkab grammatik ma’lumotlar sodda, tushunarli tarzda berilgan. Ma’lumotlarni yoritib berishda “soddadan-murakkabga” tamoyiliga asoslanildi va unda turli davrlarda yapon, ingliz va rus tillarida chop etilgan darslik va qo’llanmalardan foydalanildi.

Download 114,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish