O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand veterinariya meditsinasi instituti



Download 6,68 Mb.
bet164/278
Sana20.04.2022
Hajmi6,68 Mb.
#567218
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   278
Bog'liq
Энергетик ем хашак мажмуа

B. Umumiy sifatini baholash.
1. Yig‘ishtirishdagi yoshi:
a) gullash oxirigacha o‘rilgan bo‘lsa, ball ayrilmaydi;
b) mevalashda o‘rilgan bo‘lsa, jami balldan 20% ayiriladi;
v) mevalar to‘kilgan, ammo poyaning pastki qismlari yashil rangda bo‘lganda yig‘ilgan bo‘lsa, jami balldan 50% ayiriladi;
g) kuzda g‘allasimon va hiloldoshlar sariq rangga kirganda yig‘ilgan bo‘lsa, jami balldan 50% ayriladi;
d) kuzda yig‘ilgan, lekin g‘allasimon va dukkaklilar yangi poyalari 20-40% ni tashkil etsa, jami balldan 35% ayirib tashlanadi;
e) kuzda yig‘ilgan, lekin dukkaklilarning yangi novdalari jami massaning 50-60%ni tashkil qilsa, jami ballardan 25% ayiriladi.
2. Rangi va hidi:
a) yashil rangda va xushbuy hidli bo‘lsa, hech qanday ball ayrilmaydi;
b) sarg‘ish rangli (o‘rilgach, uzoq vaqt, yomg‘irda qisqa vaqt turib qolgan) kuchsiz xushbuy hidli, jami balldan 40% ayriladi;
g) qisman qo‘ng‘ir va qoraygan, lekin chirish boshlanmagan, jami balldan 60% ayirib tashlanadi;
d) chirigan hidli va sezilarli darajada mog‘orlangan bo‘lsa, yaroqsiz hisoblanadi.
3. Dag‘al poyalar miqdori: har bir foiz dag‘al poya hisobiga jami ballning 1,25% ayirib tashlanadi (agar dag‘al poyalar 80% va ko‘proq bo‘lsa, pichan yaroqsiz hisoblanadi)
4. Zaharli va zaharli deb gumon qilingan o‘tlar miqdori: pichanni yaroqsiz deb hisoblashbu o‘tlarning miqdori va zaharlilik darajasiga bog‘liq; odatda, ularning zaharlilik ta’siri pichan tarkibida 10% ortganda ko‘rinadi.
Natijaviy baholash quyidagicha bo‘ladi;
juda yaxshi pichan-80-100 ball,
yaxshi-60-80 ball,
o‘rtacha-40-60 ball,
yomon-20-40 ball va
juda yomon 20 balldan kam.
Pichan botanik tarkibi va o‘sgan joyiga ko‘ra: ekilgan dukkaklilar, ekilgan G‘allasimonlar, ekilgan dukkakli g‘allasimonlar va tabiiy pichanzorlarga ajratiladi.
Yuqoridagi pichan turlari tarkibidagi dukkakli va g‘allasimonlar miqdori va fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari bo‘yicha I, II, III sinf va sinfsizga bo‘linadi. Sinfsiz pichandan zootexnikning ruxsati bilan foydalanishga yo‘l qo‘yiladi.
Pichan sifatiga qo‘yiladigan talablar

Tarkibi

Ekilgan
dukkakli

Ekilgan
G‘allasimon

Ekilgan
dukkakli+
G‘allasimon

Tabiiy
pichanzor

SINF

I

II

III

I

II

III

I

II

III

I

II

III

Dukkakli o‘simliklar, % kam emas

90

75

60

-

-

-

50

35

20

-

-

-

G‘allasimon va dukkakli, % kam emas

-

-

-

90

75

60

-

-

-

-

-

-

Namlik, % ortiq emas

17

17

17

17

17

17

17

17

17

17

17

17

Xom protein, % kam emas

14

10

8

10

8

6

11

9

7

9

7

5

Karotin,1 kg da mg kam emas (pichan 6 oydan ortiq saqlan-ganda bu ko‘rsatkich uning sinfini pasaytirishga asos bo‘lmaydi)

30

20

15

20

15

10

25

20

15

20

15

10

Kletchatka, % ortiq emas

27

29

31

28

30

33

27

29

32

28

30

33

Mineral aralashmalar, % ortiq emas

0,3

0,5

1,0

0,3

0,5

1,0

0,3

0,5

1,0

0,3

0,5

1,0

Zaharli va zararli o‘simliklar, % ortiq emas

-

-

-

-

-

-

-

-

-

0,5

0,5

1,0



Topshiriqlar va variantlar:
1.Sifatli pichan tayyorlash texnologiyasining elementlarini urganish, pichanning sifat kurstkichlarini aniqlash usullarini bilish.
2.Sifatli pichan belgilarini daftarga kayd etish. Yangi keltirilgan pichanning sifatini aniqlash.
Nazorat uchun savollar
1.Pichan sifatini aniqlash.
2.G’aram hajmini aniqlash.
3.Pichan miqdorini aniqlash.
4.Qaysi vaqtda pichan yaroqsiz deb hisoblanadi?

20-Amaliy mashg‘ulot
SENAJ SIFATINI VA MIQDORINI ANIQLASh
Mashg‘ulotning maqsadi: Talabalarni senaj tayyorlash texnologiyasining elementlarini, sifatli senaj va uning belgilarini aniklay bilishga, miqdorini aniqlashga urgatish.
O‘quv va ko‘rgazmali qurollar: Tayyorlangan senaj namunalari, standartlar, rangli rasm va jadvalllar, darslik va uslubiy kullanmalar.
Ishning mazmuni: Senajni molga berishdan oldin uning sifat ko’rsatkichlari aniqlanadi. Bunda eng avvalo senajning hidi, rangi, o’simlik poyasining tuzilishi holati tekshiriladi. So’ngra organoleptik jihatdan ko’rikdan o’tkazilib, yaxshi, o’rta va yomon sifatli deb baho beriladi. Keyin kimyoviy laboratoriyada zootexnik tahlili o’tkazilib, tarkibida protein, yog’, uglevod, kletchatka, karotin moddalari va organik kislotalar miqdori hamda ularning bir-biriga nisbati aniqlanadi. Bulardan tashqari, mog’orlash, chirish, achish darajasi va begona narsalar aralashmasi bilan ifloslanganlik holati tekshirib chiqiladi.
Yaxshi sifatli senaj xushbo’y hidli bo’ladi yoki undan meva hidi keladi. O’rta sifatli senaj yangigina javdar non hidiga o’xshash hid tarqatadi. Bunday hid massa me’yordan ortiq qizib ketganligini bildiradi. Uning organik moddalari yaxshi hazm bo’lmaydi. Yomon sifatli senajdan mog’or, taxir-achigan yog’, sirka kislotasi, go’ng, tuzlangan selyodka hidi keladi.
Yaxshi senajning rangi o’simlikning turiga qarab yashil, qoramtir yashil, sarg’ish yashil tusli bo’ladi. Yomon sifatli senaj qoramtir, kulrang va qora rangda bo’ladi, shuningdek, mog’orlagan, irigan, chirigan ham bo’lishi mumkin.
O’simlik poyasining tuzilishi yaxshi sifatli senajda butun holda saqlanadi. Yomonida esa poya irib yopishib ketgan bo’ladi. Massani qo’lga olibushlaganda qo’lga yopishadi va qo’lga qora rang yopishadi.
Yaxshi senajda yog’ kislota mutlaqo bo’lmaydi. O’rta sifatlisida 5% yog’ kislota bo’lishi mumkin, boshqa xil kislotalar esa 8-14% atrofida hosil bo’ladi.
Senajning bahosi ball bilan o’lchanib, uch sinfga bo’linadi:
Yaxshi sifatli senaj 16-20 ball bilan baholanadi va I sinfga kiritiladi; o’rta sifatli senaj 12-15 ball bilan belgilanib, II sinfga ajratiladi; yomon sifatli senajga 7-9 ball beriladi va III sinfga taalluqli deb hisoblanadi.
Senajga beriladigan ball ko’rsatkichlari uning tarkibidagi oziq moddalarning miqdoriga, massaning hidi va rangiga qarab belgilangan ballarning yig’indisidan iboratdir. Ballni aniqlash uchun quyidagi shkaladan foydalanish tavsiya etiladi:
3- jadval
Dukkakli ekinlardan tayyorlangan senaj uchun belgilangan ballar.
(dukkakli ekinlar 55% dan ortiq)



Xom protein (quruq moddadan % hisobida)

Ball

14,5 dan yuqori
14,4-12
11,9-10
10 dan kam bo’lgan holda

6
4
2
0

Kletchaka miqdori (quruq moddadan % hisobida)




100 dan yuqori
25,1-27
27,1-29
20,1-31
31 dan yuqori
karotin (1 kg quruq modda tarkibida mg)
100 dan ortiq
99-60
59-40
39-20
19,9 dan kam
Yog’ kislota (jami organik kislotalardan %)
0-4
4,1-8,0
8,1-14
14,1 dan ortiq
Hidi: xushbo’y, meva hidi
Yangi pishib chiqqan javdar non hidi, asal hidi
Yangi pishib chiqqan non hidi
Rangi: och yashil
Och kulrang
Och jigarrrang
To’q jigarrrang

4
3
2
1
0

3
2
1


-5
-7

4
2
0


8
2
0
4
1
0
0
0

Senaj yuqori sifatli bo’lishi uchun uni tayyorlash texnologiyasiga jiddiy e’tibor berish kerak. Texnologik jarayonlarning buzilishi oqibatidan senaj buziladi, molga berib yedirish uchun yaramaydigan holga kelib qolishi ehtimoldan holi emas. Senaj qilib bostiriladigan o’simlik o’rilib dala sharoitida so’litilganda ortiqcha quritib yuborilishi mumkin. Barglari ham to’kilib qolishi ehtimoldan holi emas. Ayni holda tarkibida kletchatka miqdori ko’payadi. Quvvat beruvchi oziq moddalar hamda karotin kam bo’ladi. So’litishga qo’yilgan o’simlik poya yog’in-sochinda, shudring va qirovda qolishiga yo’l qo’ymaslik kerak. Yomg’ir, shudring, qirov suvlari poya tarkibidagi oziq moddalarni, mineral tuzlarni yuvib tushadi, to’yimlilik pasayadi. Shuningdek, poya yaxshi so’limaydi. Namlik yuqori bo’lish hisobiga oziq sifati buziladi. Poya ortiqcha quritilib namligi 30-40% qolganda senaj qilib bostirilsa massada chirish jarayoni boshlanishi mumkin. Yaxshi so’litilmay 50-60% namlikda bostirilsa foydali kislotalar vujudga kela olmaydi. Bundan tashqari, o’simlik qaysi o’sish davrida o’rilganligi ham sifatga va to’yimlilik ko’rsatkichlariga ta’sir ko’rsatadi. Agar dukkakli ekinlar to’liq gullaganda, boshoqlilar esa to’lib boshoq chiqarganda o’rilsa poya dag’allashgan bo’ladi. Unda kletchatka ko’p saqlanadi. Uning hisobiga quvvat beruvchi moddalar kam bo’lib to’yimlilik pasayadi. Ya’ni o’simlikning o’sish fazasini ham e’tiborga olish kerak. Texnologiyasiga qat’iy ravishda rioya qilib bostirilgan senajning sifati Davlat standarti (GOST) talabi bo’yicha ham baholanishi mumkin. GOST 23637-79 talabiga binoan senaj I, II, III sinflarga bo’linadi va sinfga mansub bo’lmagan xiliga ajratiladi. ( 4- jadval).


4- jadval

Download 6,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   278




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish