G‘aram hajmini aniqlash. Buning uchun g‘aramning kengligi, uzunligi va belbog‘ining uzunligini o‘lchab bilish kerak.
G‘aramning kengligi ikki tomoni o‘lchanib, ularni qo‘shib, natijasini ikkiga bo‘lib topiladi. Agar g‘aramning pastki qismi tor, ustki qismi keng bo‘lsa, har tomondan ikkitadan o‘lchov olinadi, ular qo‘shilib, ikkiga bo‘linadi.
G‘aramning uzunligi ham ikki tomonini o‘lchab, ularni qo‘shib, natijani ikkiga bo‘lib aniqlanadi.
Belbog‘ining uzunligi uzun ip yoki uzun metr (ruletka) ni g‘aram ustidan tashlab, ko‘ndalangiga erdan ergacha bo‘lgan masofa aniqlanadi. Uzun g‘aramlarda turli nuqtalarda balandlik har xil bo‘lishi mumkin, shuning uchun belbog‘ uch joydan o‘lchanib, shu o‘lchovlarning o‘rtachasi olinadi.
Yuqoridagi o‘lchovlar olingandan so‘ng, g‘aram hajmini jadvaldan foydalanib aniqlash mumkin. Butun g‘aram hajmi jadvaldan olingan (yuqori va pastki qatorlar kesishgan) raqamni g‘aram uzunligiga ko‘paytirib aniqlanadi.
Agar g‘aramning kengligi yoki belbog‘ining uzunligi jadvalda ko‘rsatilgandan katta yoki kichik (jadvaldan tashqari) bo‘lsa, quyidagi formulalar yordami bilan xajmini topish mumkin.
Baland, tepasi yumaloq, balandligi kengligidan katta g‘aramlar uchun:
(0,5xP-0,4xSH)SHD, bunda; P-belbog‘ining uzunligi;
SH-kengligi;
D-uzunligi.
O‘rta va past balandlikdagi tepasi yumaloq g‘aramlar uchun
(0,52xP-0,44SH)SHD. Turli balandlikdagi usti yassi g‘aramlar uchun
(0,5xP-0,55SH)SHD formulalar bilan hisoblash yo‘li bilan g‘aram hajmi topiladi.
Aylanasining va belbog‘ining uzunligi jadvalda ko‘rsatilgandan ortiq bo‘lgan g‘aramlarning hajmi ( 0,4xP ─ 0,012xS) xS2 ga teng bo‘ladi.
1 m uzunlikdagi G‘aram hajmi, m3
BelboG‘i,m
G‘aramning uzunligi, m
2,5
3,0
3,5
4,0
4,5
5,0
5,5
6,0
6,5
6
4,90
5,15
-
-
-
-
-
-
-
7
6,25
6,75
7,05
7,25
-
-
-
-
-
8
7,55
8,30
8,90
9,30
9,50
-
-
-
-
9
8,90
9,85
10,70
11,35
11,80
12,15
-
-
-
10
-
11,45
12,55
13,45
14,05
14,60
15,10
-
-
11
-
13,00
14,40
15,50
16,35
17,10
17,70
18,25
-
12
-
-
16,25
17,60
18,60
19,55
20,40
21,05
21,60
13
-
-
-
19,65
20,90
22,00
23,05
23,90
24,70
14
-
-
-
21,75
23,20
24,50
25,70
26,80
27,80
15
-
-
-
23,75
25,45
26,96
28,30
29,65
30,90
16
-
-
-
-
27,75
29,40
31,00
32,50
33,95
17
-
-
-
-
30,45
32,30
33,95
32,55
37,10
18
-
-
-
-
-
35,35
37,10
38,70
40,25
19
-
-
-
-
-
-
40,25
41,95
43,60
20
-
-
-
-
-
-
43,35
45,35
47,15
Yu m a l o q g‘ a r a m l a r n i n g h a j m i n i a n i q l a sh uchun taxminan 0,5 m balanddan uning aylanasi (O) va belbog‘ining uzunligi (P) o‘lchanadi. Belbog‘i ikki marta o‘lchanadi. Ikkala o‘lchamlardagi sonlarni qo‘shib, yig‘indisi ikkiga bo‘linadi. Agar g‘aramning asosi tor bo‘lsa, asosi va enining keng joyi o‘lchanadi. So‘ngra ikkala sonni qo‘shib, yig‘indisi ikkiga bo‘linadi, bu esa aylanasining uzunligini ko‘rsatadi.
2- jadval
Yumaloq g‘aramlarning hajmini aniqlash
Yirik poyali o‘tlar: qamish, yantoq, shuvoq, va boshqalar
37-42
45-51
50-55
54-61
Suv bilan ta’minlangan yuqori hosilli g‘allasimon ekilgan o‘tlar
40-45
49-45
54-62
58-65
O‘rtacha hosilli ekilgan g‘allasimon o‘tlar
45-50
55-61
58-65
64-70
Dukkakli, g‘allasimon ekilgan va tabiiy pichan o‘tlari
55-57
67-70
72-78
75-84
Kam hosilli tabiiy pichanzor g‘allasimon o‘tlar: erkako‘t, yaltirbosh va boshqalar
60-65
73-79
78-85
84-91
1 m3 pichan vazni g‘aramda saqlanish muddati, o‘tning botanik tarkibi, o‘rish muddatlari, g‘aramni bosish usuli va boshqalarga bog‘liq bo‘ladi. Bu ko‘rsatkichni g‘aramdan uzunligi, kengligi va balandligi 1 m kesib olinib, tarozida tortish yo‘li bilan aniqlanadi. Ammo bu usulda katta noaniqlik bo‘lishi mumkin. 1 m3 pichan vaznini 1-2 ta kichik g‘aramni tarozida tortish aniqroq natijaberadi.
YUqoridagi usullar anchamehnat talab qiladi. SHuning uchun ilmiy tashkilotlar tomonidan tavsiya etilgan jadvaldan foydalanib 1 m3 pichan vaznini belgilash mumkin.
Jadval ma’lumotlari o‘z vaqtida yig‘ishtirib olingan pichanga mos keladi. Kechiktirib yig‘ishtirilgan pichan (kech o‘rilgan, yomg‘irdan sarg‘aygan yoki qo‘ng‘ir rangga kirgan, quyosh ta’sirida oqargan) uchun jadval ko‘rsatkichi 20-25% kamaytiriladi.
Aniqlangan o‘lchamlar, g‘aram vazni va pichan botanik tarkibi hisob-kitob daftariga kiritiladi. Bu ishlar bajarilgandan keyin har bir g‘aramga yorliq yoziladi, unda g‘aramning hajmi, vazni, hisoblangan vaqti va tartib raqami ko‘rsatiladi.