Biologik xususiyatlari. Er noki har bir tuganakdan bahorda 1-3 novda shakllanadi va tup hosil qiladi. U sovuqqa shuningdek yuqori haroratga chidamli o‘simlik. O‘suv davrida navlari o‘stirilish mintaqasiga bog‘liq holda 2000-3000 0 S faol harorat talab qiladi. Er ustki qismi – 8 0 S, tuganagi er qatlami va tuproq ostida –40 0 S sovuqqa bardosh beradi.
Er noki qisqa kun o‘simligi. Qurg‘oqchilikka chidamli. SHo‘r, sho‘rtob, botqoq, kislotali tuproqlardan boshqa barcha tuproqlarda yaxshi o‘sadi. Yashil massa hosilini 1t bilan tuproqdan 3 kg azot, 1,2-1,4 kg fosfor, 4,5 kg kaliy, 1 t tuganak bilan 2-2,5 kg azot, 2-2,5 kg fosfor, 7 kg kaliy olib chiqadi.
Navlari. Belaya, MOS – 650YU, FYUZO, Novinka, Belыy urojaynыy, Vadim, Krasnoklubnevыy, Naxodka, Interes va boshqalar.
Yer noki etishtirish texnologiyasi. Yer noki almashlab ekishda ferma oldi va dala almashlab ekishlarida joylashtiriladi. O‘zbekistonda Yer nok uchun yaxshi o‘tmishdoshlar beda, sebarga, dukkakli don ekinlari, g‘o‘za, kuzgi g‘alla ekinlari hisoblanadi. Yer nokni ildizmevalar, tuganakmevalar, kungaboqardan keyin joylashtirish yaramaydi. Sklerotinya bilan kasallanadigan ekinlardan keyin er nokini joylashtirish tavsiya etilmaydi. Yer nokini bir o‘stirilgan maydonga 4-5 yildan oldin joylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Tuproqni ishlash. Yer nok ekiladigan dala 25-27 sm chuqurlikda kuzgi shudgor qilinadi, bahorda boronalanadi, chizellanadi yoki otvalsiz pluglar bilan haydalib disklash yoki kultivatsiya o‘tkaziladi.
O‘g‘itlash. Yerni haydash oldidan gektariga 20-40 t chirigan go‘ng, azot, fosfor, kaliy 80-90 kg solinadi. Fosforli, kaliyli o‘g‘itlar erni haydash oldidan, azotli o‘g‘itlar ekishdan oldin kultivatsiya bilan beriladi. Ma’danli o‘g‘itlar solish har yili, organik o‘g‘itlarni qo‘llash 4-5 yildan keyin takrorlanadi.
Ekish. Yer nokning bahorda va kuzda Naxodka, Skorospelka navlari ekiladi. O‘zbekiston sharoitida Yer nok fevralning oxiri, martning birinchi yarmida er etilishi bilan ekiladi. Ekishni kechiktirish hosildorlikning pasayishiga olib keladi.
Ekish qator oralari 60-70 sm qilib o‘tkaziladi. Qatordagi tuganaklar orasi 30-60 sm bo‘lishi mumkin. Sug‘oriladigan erlarda gektariga 50-60 ming tuganak ekiladi. Tup qalinligi navning biologik xususiyatlariga bog‘liq holda belgilanadi. Ekish uchun vazni 40-50 g tuganaklardan foydalanish ma’qul. Tuganaklar juda yirik bo‘lsa kesib chiqish mumkin. Kuzda ekilganda tuganaklar kesilmaydi.
Ekish me’yori 0,6-2 t/ga o‘zgaradi. Ekish uchun tuganaklar ekiladigan kuni kovlab olinadi. Erta kovlab olinsa tuganaklar so‘lib qoladi. So‘lishning oldini olish uchun tuganaklar qum bilan yupqa qilib ko‘miladi. So‘ligan tuganaklar 1-1,5 sutka suvga solinsa ular o‘z massasini tiklaydi.
Ekish kartoshka seyalkalarida yoki qo‘lda bajariladi. Ekish chuqurligi 6-8 sm, engil tuproqlarda 8-10 sm. Yer noki urug‘lari 8-10 0S da unib chiqa boshlaydi. Ekilgandan keyin 20-30 kun o‘tgach maysalar hosil bo‘ladi. Maysalar hosil bo‘lguncha boronalash 1-2 marta o‘tkaziladi. Maysalar hosil bo‘lgandan keyin qator oralari kultivatsiya qilinadi, o‘simlik bo‘yi 40-50 sm ga etganda tup tagiga tuproq uyumlanadi. Yashil massa hosilini oshirish uchun chekanka qilinadi.
Hosil oktyabrning oxiri, noyabrda Moral, KS-2,6 kombaynlarida 5-6 sm balandlikda o‘riladi. Tuganaklar kuzda va bahorda yig‘ishtirilishi mumkin. Tuganak hosil yig‘ishtirilganda 8-10 tuganak 1 m2 qoldiriladi. Bahorda jo‘yaklar olinib o‘g‘itlanadi, sug‘oriladi.
Plantatsiyani yo‘qotishda gerbitsidlar qo‘llaniladi, yoki ko‘k no‘xat, xashaki no‘xat yashil massa uchun ekilib, o‘rib olinadi yoki o‘simlik hali tuganak hosil qilmasdan savatlar hosil bo‘lishdan oldin o‘rib olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |