O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand veterinariya meditsinasi instituti



Download 6,68 Mb.
bet67/278
Sana20.04.2022
Hajmi6,68 Mb.
#567218
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   278
Bog'liq
Энергетик ем хашак мажмуа

Guruh va navlari. Kungaboqar pistasining tuzilishiga ko’ra 3 guruhga bo’linadi: chaqiladigan - yo’g’on, baland (3-4 m) poyali, yirik savatcha va urug’lik, ammo pistasi mag’iz bilan to’lmagan;
Moyli - poyasi ingichka, balandligi 1,5-2 m, savatchalari kichikroq, pistasi mag’iz bilan to’lgan;
Oraliq - o’simlik balandligi, savatchaning yirikligi va pistasining mag’iz bilan to’laligi jihatidan chaqiladigan va moylining oralig’ida bo’ladi.
Silos uchun ekiladigan kungaboqar navlari yuqori ko’k massa va quruq modda hosili bera oladi, bunda urug’ hosili hal qiluvchi ahamiyatga ega hisoblanmaydi.
Yuqoridagi talablarga chaqiladigan kungaboqar navlari javob beradi. Ularning poyasi baland, serbarg va savatchalari yirik bo’ladi. Bunday navlar bo’lmagan takdirda oraliq va moyli navlarni ham ekish mumkin, ammo bunda ko’k massa hosili kamroq bo’ladi.
Silos uchun kungaboqarning quyidagi navlarini ekish mumkin:
«VNIIMK-1646 uluchshennыy» - o’rtapishar, o’suv davri 93-110 kun;
«VNIIMK-6540 uluchshennыy» - o’suv davri 90 kun;
«Gigant-549» - o’rtapishar, juda yuqori ko’k massa hosili beradi;
«Chkalovskiy gigant», «Mayak».
Agrotexnikasi. Silos uchun kungaboqarni kuzgi g’alla-don, ekinlari, don dukkakli va ildizmevalardan keyin joylashtirish maqsadga muvofiqdir.
Tuproqqa ishlov berish, ang’izni yuza yumshatish, haydov va erta bahorda boronalash, ekish oldidan boronalash, tekislash, yuza yumshatish kabi jarayonlardan tashkil topadi.
Kungaboqar silos uchun qator oralari 60 yoki 70 sm qilib ekiladi. Urug’ ekish me’yori kungaboqarni o’stirish maqsadiga (urug’, silos, ko’k o’t uchun) bog’liq bo’ladi. 1 ga maydondagi o’simliklar soni silos va ko’k o’t uchun o’stirishda alohida ahamiyatga molik. O’tkazilgan ko’pchilik dala tajribalari natijalariga ko’ra gektariga 90-100 ming tup o’simlik bo’lishi maqsadga muvofiq hisoblanadi, ammo gektardagi o’simlik soni 300 ming tupga yetkazilganda ham yuqori ko’k massa hosili olinganligi to’g’risida ma’lumotlar bor. Gektariga 15-20 kg urug’ sarflash tavsiya etiladi, bunda, albatta, urug’ning yirikligi va unuvchanligi e’tiborga olinadi.
Urug’larni tuproqqa ekish chuqurligi tuproqning mexanik tarkibi, namligi va donadorligiga qarab 4-6-8 sm bo’lishi mumkin.
Kungaboqar ekilgan maydonlarni parvarishlashda ekinzorni begona o’tlar bosishi va tuproqning zichlashishiga qarab 2-3 yoki ortiq marta qator oralariga ishlov beriladi.
Oldin ta’kidlanganidek, butun o’suv davrida, ayniqsa, ekinni savatchalar paydo bo’lish-gullash davrida suv bilan yetarli ta’minlash mo’l silos hosili olishning garovi hisoblanadi.
Ekindan yuqori hosil olishda uni oziqlantirish juda muhimdir. Kungaboqar uchun 1 ga maydonga 20-30 t go’ng va 80-100 kg ta’sir etuvchi modda hisobida mineral o’g’itlar qo’llash kerak. O’g’itlar o’simlik 3-4 juft barg chiqarganda qo’llanilsa yaxshi samara beradi.
Kungaboqar silos uchun kombaynlar yordamida yoppasiga gullagan davrida (50-75 foiz o’simliklar gullaganda) yig’ishtiriladi va poyalar dag’allashgunicha tugallanadi.



Download 6,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   278




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish