Topshiriqlar variantlari:
1. Tabiiy yaylovlarda o’sadigan zaharli o’simliklar va ularning kimyoviy tarkibi bilan tanishish.
2. Zaharli o’simliklarni rasmini chizish va ularni yod olish.
Nazorat uchun savollar:
1. Zaharli o’simliklar zararli o’simliklardan qanday farqlanadi?
2. Zaharli tur yaylov o’simliklarining ta'rifini bayon qiling.
3. Isiriq qaysi ozuqaviy guruhga kiradi va uning qisqacha tavsifini bayon qiling.
4.Zaharli o’simliklarning qaysi organlari xavfli hisoblanadi?
5. Nima sababdan cho’l yaylovlarida qishloq ho’jalik hayvonlarining zaharlanish holatlari kam uchraydi?
19-Amaliy mashg‘ulot
Pichan sifatini va miqdorini aniqlash.
Mashg‘ulotning maqsadi: Pichanning sifatini va miqdorini aniqlash usullari bilan tanishtirish, Pichanning rangi, hidi, namligi bilan tanishtirish. G‘aramning o‘lchami, o‘rilgan muddati, pichan turlarining xususiyatlarini o‘rgatish.
O‘quv va ko‘rgazmali qurollar: Tarqatma materiallar, keskich, tarozi, fato-rasmlar, jadvallar,
Pichanning sifatini baholash uning ozuqalik qimmatiga qarab guruhlarga ajratishga hamda tarkibida zararli va zaharli o‘tlar bo‘lsa, ularni foydalanilmaydiganga chiqarib, hayvonlarni zaharlanishdan saqlab qolish uchun zarurdir. G‘aramlar pichanning sifatiga qarab u yoki bu turdagi hayvonlarga berish uchun ajratib qo‘yiladi. Sifati va to‘yimliligi yuqori pichan yosh qoramollar, sog‘in sigirlar va buqalar uchun ajratiladi.
Pichanga baho berishda uning hidi, rangi, o‘tning yoshi (o‘simlik o‘rilgan fazasi)ga alohida e’tibor beriladi.
O‘z vaqtida yaxshi ob-havo sharoitida yig‘ishtirib olingan pichan xushbo‘y hidli bo‘ladi, yomg‘irda qolgan, nam havoda yig‘ishtirilgan pichandan mog‘or xidi, qo‘ng‘ir yoki qizigan pichandan yangi pishgan non hidi keladi.
Yaxshi ob-havo sharoitida yig‘ishtirib olingan pichanning rangi turlicha; g‘allasimon o‘tlar - yashil, beda – ochyashil, sebarga - qo‘ng‘ir-yashil bo‘ladi. G‘allasimon o‘tlar pichani quyoshda uzoq quritilganda pichani somon-sariq rangli bo‘ladi.
Pichan sifati undagi chang miqdoriga bog‘liq. Mineral changning ko‘pligi uni tayyorlash palapartish va uzoq davom etganligi, organik chang esa yomon saqlanganligini ko‘rsatadi.
Qizigan pichan rangining qorayganligi va asal hidi borligi bilan ajralib turadi. YAroqsiz pichan (mog‘orlagan, chirigan, ifloslangan) borligi ko‘z bilan aniqlanadi.
Pichanning sifati, asosan, u tayyorlangan o‘tlarning botanik tarkibiga bog‘liqdir.
Pichan sifatiga baho berishning bir necha bonitet shkalalari mavjud bo‘lib, amaliyotda I. V. Larin shkalasidan foydalanish ma’quldir.
I. V. Larinning bonitet shkalasi bo‘yicha olingan pichan namunasi besh guruhga ajratiladi: yaxshi, o‘rtacha, yomon, zaharli va zaharli deb gumon qilingan. Har bir guruhalohida tarozida tortiladi va ular foizlarda ifodalanadi. So‘ng guruhlar ballar bilan baholanadi va ballar yig‘indisiga ko‘ra pichan sifati belgilanadi. Ballar yig‘indisi quyidagicha hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |