OZUQALARNING YaNGI TURLARI. Donalashtirilgan ozuqalar - maxsus ishlov natijasida turli ko’rinishdagi (shar, silindr va boshqa) to’kiluvchan holatga keltirilgan ozuqalardir. Bu ozuqalar hayvonlar turi va maqsadiga qarab turli reseptlarda va o’lchovlarda tayyorlanadi.
Briketlar - oldingiga nisbatan yirikroq presslangan holda o’t yoki boshqa ozuqaning maydalanganidan tayyorlanadi. Bu ozuqa kavsh qaytaruvchi hayvonlar uchun konsentrat, mineral va qo’shimchalar qo’shib tayyorlanadi.
OZUQALARGA QO’ShIMChA VA PREPARATLAR. Bu guruhga mineral, protein, uglevod va yog’ qo’shimchalar; vitaminli preparatlar; biologik faol garmonsimon moddalar; antibiotiklar kiradi.
Premiks (lotinchadan tarjimasi - oldindan aralashtirilgan)lar. Bunga juda ko’p tarkibli mikroqo’shimchalar va biologik faol moddalar kiradi, ular hayvonlarda modda almashinuvini yaxshilash xususiyatiga egA*. Ular tarkibiga ko’ra vitaminli, vitamin-mineralli, mineralli, vitamin-antibiotikli va boshqa bo’lishi mumkin.
Topshiriq variantlari:
1.Ozukabop donli ekinlar, vakillarini o’rganish ularning xususiyatlari hamda farqlarini yozib olish.
2.Ozuqalarning tasniflanishi: dag’al, sershira, hayvon mahsulotlaridan olinadigan ozuqalar, ozuqalarning yangi turlari va ozuqalarga qo’shimcha va preparatlar qo’shib tayyorlashni urganish.
Nazorat uchun savollar:
1.Ozuqalarni tasniflanishi. Dag’al ozuqalarning vakillari.
2.ershira ozuqa turlari.
3.Konsentrat va turli ozuqalar.
4.Hayvon mahsulotlaridan olinadigan ozuqalar.
2-Amaliy mashg’ulot
XASHAKI DONLI EKINLARNING UMUMIY MORFOLOGIYASI.
Mashg‘ulotning maqsadi: Talabalarga yem-xashak donli ekinlarning to‘yimliligi, morfologiyasi to‘g‘risida tushuncha berish, o‘rgatish
O‘quv va ko‘rgazmali qurollar: Yem-xashak donli ekinlarning urug‘lari, gerbariylari, jadvallar, o‘simlik bog‘lamlari.
Mashg‘ulotni o‘tkazish tartibi: don, gerbariy, bog‘lamlarni ko‘rsatish, tushuntirish, farqiga e’tibor qaratish, zarur ma’lumotlarni yozdirish.
Har bir o‘simlikka oid ko‘rgazmali qurollar bilan mustaqil ishlashga jiddiy e’tibor qilinadi. Nazorat va maslahatlar berib boriladi. Mashg‘ulot so‘ngida savol – javoblar uyushtiriladi, o‘zlashtirilganlik darajasi aniqlanadi, tegishli yo‘l-yo‘riq beriladi.
Donli o‘simliklarning hammasi qo‘ng‘irboshsimonlar (Poaseae) oilasiga mansubdir. Bu oila eng katta botanik oilalardan biri bo‘lib, unga sakkizta donli ekinlar avlodi, tur, kenja tur, tur xillari kiradi. Donli o‘simliklar juda ko‘p xil shakllarga ega bo‘lishi bilan bir qatorda ular ko‘p umumiy morfologik va biologik xususiyatlarga ega, shu sababli ularni umumiy xususiyatlaridan boshlab keyinchalik esa har bir avlod va turlarini o‘rganish maqsadga muvofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |