O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti geografiya va ekologiya fakulteti ekologiya kafedrasi



Download 4,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet192/230
Sana07.04.2022
Hajmi4,51 Mb.
#534719
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   230
Bog'liq
gidrobiontlar ekologiyasi

Shimoliy muz okeanidir. 
Uning maydoni 
13,1 mln.km
3
bo’lib, Dune okeani suv zapasining 1%i shu okeanda. Bu okean ancha sovuq erda 
joylashganligi sababli suvi uncha sho’r emas, yilning uzoq vaqti muz bilan qoplanib yotadi. 
Shimoliy muz okeani nisbatan sayyoz bo’lib, eng chuqur eri 5449 m.ga etadi. Okeanlar orasidagi 
chegara shartli ravishda qo’yilgan bo’lib, quruqliklar bilan bir-biriga yaqin bo’lgan joylarda 
o’tkazildi.
2.Dunyo okeanining gidroximik va gidrobiologik hususiyatlari. 
Dune okeani massasining 96,5 foizi suvdan qolgani esa har xil erigan tuzlardan, 
gazlardan va mayda zarrachalardan iborat. Okean suvida erigan holda ma’lum bo’lgan hamma 
ximiyaviy elementlar bo’lib, ularning ko’pchiligi tuzlardir. Tuzlar ichida eng ko’pi natriy xlor 
(NaSl) – 78%, magniy xlor (MgCl) - 10,9%. Shuningdek Okean suvida oltin, kumush, mis, 
fosfor, yod kabi moddalar ham mavjud.
Okeanlardagi mineral moddalarning miqdori 5-10
16
tonna o’lib, butun okean suvi 
massasining 3,5 foizini tashkil etadi. Okean tubida erigan holdagi minerallar ichida eng ko’pi 
tuzlardir. Agar bu tuzlarni Er sharining quruqlik yuzasiga yoyilsa, 153 m., butun Er shari 
yuzasiga yotqizilsa, qalinligi 45 metr tuz qatlamai vujudga kelar edi.


161 
Okean va dengiz suvlari tarkibida har xil tuzlardan tashqari, yana erigan holda azot, 
karbonad angidrid, vodorod, sulfid ammiak, metan va boshqa gazlar bo’ladi. Dengiz suvida 
atmosferadagiga nisbatan kislorodning miqdori 35% ortiq. Bu esa dengiz hayvonlari uchun juda 
qulaydir.
3. Okean suvining fizik xossalari. 
 
Okean suvi tarkibidagi gazlar har xil yo’llar bilan vujudga keladi. Agar azot atmosferadan 
suvga o’tgan bo’lsa, kislorod suvga ham atmosferadan o’tadi, ham suvning o’zida fotosintez 
natijasida vujudga keladi.
Suv tarkibida turli xil ximiyaviy elementlar zarrachalarining mavjudligi natijasida uning 
tiniqlik darajasi ham turlichadir. Odatda, suvning tiniqlik darajasini aniqlashda diametri 30 sm. 
keladigan oq rangli disk ishlatiladi. Disk yo’g’on ipga bog’lab suvga tushiriladi va ma’lum 
chuqurlikka tushgach, u ko’rinmay qoladi. Diskning necha metr chuqurlikda ko’rinmay qolishi 
suvning tiniqlik darajasi hisoblanadi. Okeanlar ichida eng tiniq suv Atlantika okeanining 
Sargasso dengizida kuzatilib, tinilik darajasi 66,5 metr. Chunki bu dengizda suv vertikal xarakat 
qilmaydi, plankton qatlami yupqa. Tinch okeanda tiniqlik darajasi 59 metr, Xind okeanida 50 
metr, Shimoliy muz okeanida 23 metr, Baltika dengizida 13 metr, Oq dengizda 13 metr, Azov 
dengizida 3 metr.
Dengiz va okean suvlari nurni yutishi va tarqatishi natijasida rangi zangori va havo rang 
bo’ladi. Lekin plankton va noarganik moddalarning suvda bo’lishi uning rangini o’zgartirib, 
biroz sarg’ish tusga kiritadi. Dengiz suvining rangi, shuningdek, unga kelib qo’shiladigan 
daryolarga ham bog’liq. Masalan: Xuanxe daryosi Xitoyning lyossli erlaridan oqib turadi va juda 
ko’p loyqani Sariq dengizga olib kelib qo’yadi. Natijada dengizning rangi sarg’ish tusga kiradi.
Okean va dengizlarning issiqlik rejimi: Okeanlar issiqlikni quyoshdan oladi. Suvning 
maydoni quruqlik maydonidan 2,5 marta katta bo’lganligi sababli Er sharining quyoshdan 
oladigan energiyasining 
2
/
3
qismidan ortiqrog’i Dunyo okeaniga tushadi.
Dune okeanida to’plangan issiqlikning bir qismi bug’lanishga, bir qismi suv ustidagi 
havoni isitishga, bir qismi suv yuzasining o’zini ilitishga sarflanadi.
Aysberg – materik muzlaridan (Antarktida, Grenlandiya, Shpisbergen va h.k.) uzilib 
tushgan muz bo’laklaridir. Ba’zi aysberglarning balandligi suv yuzasidan 80-90 metr, suv ostida 
qalinligi 500 metr, uzunligi 200-300 km.dan 560 km.gacha hajmi esa 500-700 km
3
ga etishi 
mumkin. Antarktida muzining qalinligi ayrim joylarda 4 km.ga etadi. Undun har yili 1180 km
3
hajmdagi muz uzilib tushib, dengiz suvida oqib ketadi. Lekin bu chiqimni yomg’irlar (yog’inlar) 
yana qoplab turadi. Hozirgi vaqtda aysberglarni katta paroxodlarda qurg’oqchil qirg’oqqa tortib 
keltirilib, chuchuk suv olish mo’ljallanmoqda.
Okean suvlari turli xil omillar (shamol, dengiz suvining bir xil emasligi, zilzila va 
vulqonlar otilishi, oyning tortish kuchi va x.k.) ta’sirida doimo xarakat qilib turadi. To’lqinlar, 
suvning ko’tarilishi va qaytishi dengiz oqimlari ayniqsa xarakterlidir.
Okeanlarda er qimirlaganda va vulqon otilganda suvning ustki yuzasidagina emas, balki 
hamma qismida (tagidan tepasigacha) to’lqin vujudga keladi. Suv osti zilzilasi natijasida vujudga 
keladigan to’lqinlar sunami deb aytiladi.
Sunami to’lqinlarining balandligi 20-30 metr, uzunligi esa 10 km.ga etadi, tezligi soatiga 
800 km.ga boradi. So’nggi ming yil ichida 357 ta sunami qayd qilingan bo’lib, ularning ko’plari 
katta falokatlar keltirgan. Sunami ko’proq Tinch okean qirg’oqlariga yaqin erlarda sodir bo’ladi. 
Faqat Yaponiyada sodir bo’lgan balandligi 10 metrga etgan sunami 50000 uyni suv tagida 
qoldirgan.
Vulqonlarning otilishi natijasida ham kuchli to’lqinlar bo’ladi. 1883 yilgi Krakatau 
vulqonining otilishi tufayli vujudga kelgan to’lqinning balandligi 35 m, uzunligi 524 km, tezligi 
sekundiga 189 metrga etib, 36 ming kishining yostig’ini quritgan.
Okean va dengiz suvlari xarakatining yana bir turi suvning ko’tarilib va qayta tushishidir. 
Bir sutkada dengiz suvlari ikki marta ko’tarilib, ikki marta pasayadi. Okean va dengiz 
suvlarining ko’tarilishi va qaytishi sababini I.Nyuton butun olamning tortilish qonuni bilan 
izohlab bergan.


162 
Quyosh va oyning suv massasini tortishi natijasida suvning ko’tarilish xodisasi xosil 
bo’ladi.

Download 4,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish