Vahima, qo‘rquv guruhiy va individual tarzda yuz beradi. Individual tarzda yuz
beradigan vahima yoki qo‘rquv harakatlarning noadekvatligida,
biror-bir xulosa,
qarorga kelish, mavjud xavfdan qochish, undan qutulish uchun xavfsizlik choralarini
ko‘ra olmaslik holatlarida namoyon bo‘ladi. Ommaviy tartibsizlik holatlaridagi
vaziyat yetakchining individual vahima va sarosimaga bo‘lgan aks ta’siri bilan
bevosita bog‘liqdir.
Vahima, sarosima, qo‘rquv asosan ikki turga bo‘linadi:
–
qaltis vaziyatlarda qo‘rqish natijasida o‘lim xavfini his etish;
–
muddatli xavotirlanishdan so‘ng kuchli zo‘riqish, asab tizimining buzilishi,
diqqatning xavotir predmetiga yo‘nalganligi.
Ichki ishlar idoralari xodimlari vujudga kelishi mumkin bo‘lgan bunday salbiy
hodisalarning oldini olish maqsadida oldindan profilaktik chora-tadbirlarni
qo‘llashlari lozim.
Ommaviy
tartibsizliklar davlatga, uning yuritayotgan siyosatiga qarshi mish-
mishlar uyushtirish, xalq o‘rtasida tajovuzkorlik holatlarini keltirib chiqarish uchun
qo‘llaniladi. Bunday vaziyatlarda ommaning xatti-harakatini tartibga solib bo‘lmaydi.
Olomon o‘z xarakteriga ko‘ra agressiv (ashaddiy) bo‘lishi mumkin, ashaddiy
mish-mishlar ommaviy tartibbuzarliklarni yuzaga keltiradi.
Olomon psixologiyasida
meniki va ularniki degan fikr albatta mavjud. Ya’ni, olomon vaziyatni
murakkablashtiruvchi va o‘ziga xos tezlashtiruvchi generatordir. Misol sifatida 2014
yili Ukrainada, 2015 yil Misr Arab Respublikasida bo‘lgan xalqaro mitinglardagi
olomonni keltirish mumkin. Olomon psixologiyasida ma’lum o‘zgarishlar ro‘y
beradi, bu o‘zgarishlar nimalarda sodir bo‘lishini ko‘rish mumkin.
Olomon xatti-harakatining yuzaga kelish psixologiyasi quyidagi ko‘rinishga
ega:
1)
olomonda ko‘rish va eshitish orqali kuchli emotsional holat yuzaga keladi;
2)
o‘zining xatti-harakatlariga javob berish ular uchun oxirgi o‘ringa o‘tadi;
3)
o‘zida qo‘shimcha kuch va ongida o‘zgarish sezadi.
Olomonning shakllanish bosqichlari:
1)
sharoitning yuzaga kelishi (sirkulyatsiya);
145
2)
miyadagi qaynash;
3)
dushman obrazining shakllanishi;
4)
olomonning faollashuvi;
5)
jamiyatga qarshi harakatning avj olishi.
Sirkulyar, ya’ni aylanma reaksiya olomonning shakllanishiga olib keladi,
bunda har xil imkoniyatlar, masalan, faktlar (dalillar), turli xabarlar yaratiladi.
Miyadagi qaynashda odamlar bir-biri bilan faqat
xabar almashadi va eng
asosiysi ma’lum bir fikrda turishadi. Shuning uchun ham boshqa xabarni (yangi)
eshitganda o‘zlarini ma’lum ma’noda adashmagan deb hisoblaydilar.
Dushman obrazining shakllanishi shunday holatki, unda olomon faqat salbiy
holatlarni tasavvur qilib, o‘zi noroziligini bildiradi. Bularning hammasi olomonning
harakatini faollashtiradi.
Bunday tasavvurdagi ob’yektlar ommani birlashtiradi va bir butun qiladi.
Oxirgi bosqich jamiyatga qarshi xatti-harakatni yuzaga keltirish va olomon faoliyatini
faollashtirishdir.
Shu
nuqtai nazardan
olomon
psixologik jihatdan kelib chiqishiga ko‘ra,
maxsus, hech qanday insonlar tomonidan tashkil etilmagan odamlarning xatti-
harakatlari yig‘indisidir.
Fransuz psixolog olimi Gyustav Lebonning fikricha, «olomon yig‘ilganda
millati, kasbi, tilidan qat’i nazar, ularda maqsad bitta bo‘ladi va ularning ongida to‘la
fikrlash yo‘qoladi, hatto o‘lim ham ularga qo‘rqinchli emasdek ko‘rinadi»
1
.
Olomon psixologiyasini bilish ichki ishlar idoralari xodimlari uchun muhim
ahamiyatga ega bo‘lib, ommaviy tartibsizliklar,
namoyishlar, mitinglar kabi salbiy
holatlarning oldini olish va jamoat tartibini saqlashda qo‘l keladi.
Ommaviy tartibsizliklar, mitinglar va turli namoyishlar uyushmagan bir
guruhning salbiy xatti-harakatlari asosida amalga oshiriladi. Olomonga qo‘shilgan
shaxslar ongida taqlid qilishga kuchli moyillik, tashqi ta’sirlarga beriluvchanlik va
sotsial javobgarlik hissining yo‘qligini kuzatish mumkin.
Shu sabali olomon ayrim
g‘arazli, ig‘vogar shaxslar uchun ob’yektni yo‘q qiluvchi qurolga aylanadi.
1
Ле Бон Гюстав. Психология народов и масс.
–
М., 2000.
–
С. 62.
146