H=E (Z–M)
Bunda
H
– hissiyotlar;
E
– ehtiyojlar;
Z
– ehtiyojni qondirish xulqini tashkil
qilish uchun zarur hisoblangan axborot;
M
– mavjud bo‘lgan, ya’ni inson
tasarrufidagi axborot.
Bizning mavzuga tatbiq etganda mazkur ifodani quyidagicha talqin etish
mumkin: agar ehtiyoj nolga teng bo‘lsa (masalan, u yoki bu voqea insonni aslo
qiziqtirmasa), u holda shaxs axborotga muhtoj bo‘lmaydi va bu masalada hissiyotlar
yuzaga kelmaydi. Binobarin, mish-mishlar yuzaga kelishi uchun ham asos bo‘lmaydi.
Ehtiyojni qondirish uchun zarur deb hisoblangan axborot (Z) mavjud axborot (M)ga
teng bo‘lganida ham ular yuzaga kelmaydi. Agar muayyan sababga ko‘ra
odamlarning bunday axborot bilan to‘liq ta’minlangan jamoasiga tashqaridan mish-
mishlar kirsa, bundan keyin ular tarqalmaydi, balki uning ichida barham topadi.
1
Симонов П. В. Что такое эмоции?
–
М., 1966.
–
С. 57.
139
«M» nolga teng bo‘lganida, ya’ni inson o‘z xulqini tashkil qilish va dolzarb
ehtiyojini qanoatlantirish uchun zarur bo‘lgan hech qanday axborotga ega bo‘lmasa,
hissiyotlar maksimal ahamiyatga ega bo‘ladi, mish-mishlar uchun esa eng qulay
zamin yuzaga keladi. Bir tomondan, ehtiyojlarni qondirish uchun harakat qilishdek
keskin zarurat, ikkinchi tomondan, buning uchun kerakli har qanday axborotning
yo‘qligi insonni axborot manbalarini baholashda ularning farqiga yetmaydigan qilib
qo‘yadi.
Guruhiy tartibbuzarlikning yetilishidagi ikkinchi bosqich dastlabki
xavotirli
mish-mishlarning
paydo bo‘lishi bilan bog‘liq. Tartibbuzarliklarning oldini olish
borasidagi faoliyat ushbu bosqichda ancha qiyinlashadi. Odamlar voqeaga nisbatan
muayyan qarashni o‘zlashtirgan bo‘ladilar va har qanday axborotni o‘zlarining
yanglishuvlari orqali qabul qiladilar. Vaziyatning yanada murakkablashuviga qarshi
kurashning yo‘li – bu odamlarni qayta ishontirish, mish-mishlarning yolg‘onligini
dalillar bilan isbotlashdir. Bu bosqichda voqea yoki fakt manfaatlariga ko‘p darajada
ta’sir ko‘rsatgan odamlarni yakka tartibda qayta ishontirish eng ko‘p samara beradi.
Bu bosqichda omma oldida mish-mishni rad etish vaziyatni chigallashtirishi, mish-
mishlarning yanada ko‘proq tarqalishini keltirib chiqarishi mumkin.
Mish-mishlar nafaqat hech qanday rasmiy axborot bo‘lmagan sharoitda, balki
bunday axborot odamlarning qiziqishlarini qondirmagan, yetarlicha ishonchli
bo‘lmagan yoki shubhali bo‘lgan hollarda ham yuzaga keladi va tarqaladi.
Inson unga kelayotgan axborotni beparvolik bilan qabul qilmaydi. U ushbu
axborotni o‘z qarashlari va e’tiqodlari, yanglishuvlari va xurofotlari, mayl va xush
ko‘rmasliklari bilan solishtiradi. Shaxs agar norasmiy yo‘llar bilan boshqa xabar
olgan bo‘lsa, rasmiy axborotga tanqidiy munosabatda bo‘ladi. Bunday vaziyatda
nafaqat axborot berish, balki qayta ishontirish talab etiladi. Bu esa yanglishayotgan
odamning o‘zi uchun ham, uni qayta ishontirayotganlar uchun ham juda qiyin
bo‘ladi.
Psixologiya fanida axborotni odamlar aynan o‘z ehtiyojlarini qondirish uchun
140
tarqatadilar va o‘zlashtiradilar deb to‘g‘ri ta’kidlanadi
1
. Ushbu ehtiyojlarni ularning
mish-mishlar bilan qondirilishi nuqtai nazari bilan ko‘rib chiqamiz.
Utilitar effekt
odamlar olingan ma’lumotlardan o‘z hayotiy muammolarini hal
qilish uchun foydalanishlarida namoyon bo‘ladi. Bu rasmiy axborot tarqatilgan,
ammo mish-mishlar ham muayyan, lekin o‘ziga xos ahamiyatga ega bo‘ladigan
holatlarda eng yorqin ko‘zga tashlanadi. Masalan, Ikkinchi jahon urushi davomida
ingliz razvedkasi Gitler Germaniyasining harbiy zavodlari ishini izdan chiqarish
uchun portlovchi moddalar ishlab chiqarilayotgan shaharda sartaroshxonada sochi
quritilayotgan zavod xodimalaridan birining boshi portlab uzilib ketgani, bu go‘yoki
atmosferada porox changi haddan tashqari ko‘pligidan aholining sochlariga ilashib
qolayotgani va sirli portlashning imkoniyatdagi xavfi yuzaga kelishi sababli kelib
chiqqani haqida mish-mish tarqatdi. Inglizlarning aytishicha, bunday mish-mish
ta’sirida ko‘pchilik zavod xodimalari shahardan qochib ketganlar va oqibatda
qo‘yilgan maqsadga erishilgan.
Obro‘ samarasi
axborot insonning yoki shaxs o‘zini mansub deb hisoblayotgan
guruhning obro‘sini oshirishidan qoniqish hosil qilishida namoyon bo‘ladi. Bu hodisa
odamlar ichki jihatdan qabul qilgan maqsad va qadriyatlarni tasdiqlovchi axborot
(jumladan, mish-mishlar)ni jon deb qabul qilishi va oson o‘zlashtirishiga asoslanadi.
Mish-mishlar taraflardan biriga boshqasiga qarshi qo‘shimcha dalillar bergan
hollarda
pozitsiya (mavqe)ni kuchaytirishi effektini
yuzaga keltiradi. Bu kabi misollar
mamlakatga qarshi olib borilayotgan psixologik urushlarda xohlagancha topiladi.
Mish-mishlar darajasida
bilishga bo‘lgan qiziqishlarni qanoatlantirish
effekti
haddan tashqari qiziquvchan odamlarga xosdir. Bu yerda ham qanoatlanish, albatta,
xom-xayol, qiziqishlarning o‘zi ham arzimas va axloqiy jihatdan umidsizdir. Shunga
qaramay, bu jamoani qo‘zg‘atuvchi mish-mishlar yuzaga kelishi va tarqalishining
psixologik sabablaridan biri hisoblanadi.
Bu hodisaning boshqa tomoni ham mavjud. Agar, masalan, shaharda kunduzi
odamlar mavzelardan biri uzra ko‘tarilayotgan quyuq tutunni ko‘rgan bo‘lsalar, nima
1
Социальная психология: Краткий очерк / Под общ. рад. Г. П. Предвечного и Ю. А. Шерковина.
–
М., 1995.
–
С. 192
-196.
141
bo‘lganini bilishga intilishning yuzaga kelishi tabiiydir. Agar odamlarning qiziqishi
vakolatli organlarning rasmiy axboroti bilan qanoatlantirilmasa, aqlga to‘g‘ri
kelmaydigan mish-mish gaplar yuzaga kelishi muqarrar. Binobarin, odamlarda
tushunmaslikdan berilgan savol yuzaga kelsa, bunday savol qanchalik nozik va
achchiq bo‘lmasin, undan qo‘l siltab ketish mumkin emas, aks holda nosog‘lom
mish-mishlar yuzaga kelishiga sharoit yaratadi.
Mish-mishlardan kelib chiqadigan
hissiy effekt
ijobiy modallikni o‘tkir his etish
xususiyatiga ega bo‘lishi mumkin. Hissiyotlar axboroti nazariyasidan kelib
chiqadigan bo‘lsak, inson his qilayotgan qoniqish, lazzat mish-mishlardagi xabar
(garchi yolg‘on, voqelikka mos kelmaydigan, ammo rostga o‘xshab ketadigan bo‘lsa
ham) kutilganidan ortiq axborot berganidagina mavjud bo‘ladi. Qandaydir (moddiy
yoki ma’naviy) qadriyatlarga ega bo‘lishga intilgan hollarda axborotning bunday
o‘ziga xos ko‘pligi zavq, xursandchilikni yuzaga keltiradi. Masalan, amalga oshish
ehtimoli juda kamdek tuyulgan azaliy orzu kutilmaganda ushalganini ta’kidlovchi
mish-mishning oqibati ana shunday. Ushbu holda hissiy zavqlanishga (razryadkaga)
bo‘lgan ehtiyoj qanoatlantiriladi, holbuki, albatta, mish-mish bunday maqsadga
o‘ziga xos tarzda, inson xabarning chin yoki chin emasligini bilmagan baxtli holatda
bo‘ladigan davr mobaynidagina erishadi.
Uchinchi bosqichni shartli ravishda
Do'stlaringiz bilan baham: |