mount –t nfs 172.20.21.2:/home/exports /mnt/nfs
Fayl tizimini o‘chirish umount dasturi yordamida amalga oshiriladi:
umount /mnt/nfs
Agar fayl tizimiga ulanish tizimning ishga tushishida avtomatik bajarilishi zarur bo‘lsa, uning tavsifini /etc/fstab fayliga kiritiladi:
172.20.21.2:/home/exports /mnt/nfs nfs rw 0 0
Agar klient-kompyuterida NFS serverining qanday katologlarini eksport qilayotganligini bilish zarur bo‘lsa, eksport qilinayotgan katologlar haqidagi turli xil ma’lumotlarni olish imkonini beruvchi showmount dasturidan foydalanish kerak.
Misol uchun, 172.20.21.2 NFS serveri qanday katologlarni eksport qilayotganligini bilish uchun, showmount dasturini quyidagi parametrlar bilan ishga tushirish kerak:
showmount -e 172.20.21.2
2.4 Apache WEB server
Apache WEB serveri UNIX dunyosida eng ommalashgan serverlardan biri hisoblanadi. Bu mashhurlikka quyidagi sabablarga ko‘ra erishilgan:
- Server modulli struktura bo‘yicha ishlab chiqilgan. Ya’ni, serverning ishlashidagi barcha xususiyatlar bog‘lanuvchi modullar ko‘rinishida tatbiq qilingan. Shu sababli yangi imkoniyatlar paydo bo‘lishi bilan, ular yangi modullar yordamida osongina qo‘shilishi mumkin. Xatoliklar paydo bo‘lishi bilan, butun serverni emas, balki xatolik tegishli bo‘lgan bitta modulni tuzatish yetarli bo‘ladi. Shuningdek, Apache kiruvchi kodlari ochiq API bilan tarqatilganligi sababli, WEB-serverga yangi funksiyalarni qo‘shish imkoniyati mavjud.
- Apache-ni turli xil operatsion tizimlarda qo‘llash mumkin, jumladan, Windows-da ham. Windows-da 1.3.x versiyasini ishga tushirish imkoni mavjud, lekin unda Windows-ning barcha imkoniyatlari hisobga olinmagan va UNIX-dagi kabi yaxshi ishlamaydi.
- Apache bilan dinamik WEB-saytlar yaratishda qo‘laniladigan turli xil dasturlash tillari integratsiya qilingan. Bular Perl, RNR va Java.
Apache WEB serverining 2-versiyasi jarayonlarni boshqarishning bir qancha rejimlariga ega. Har bir rejimning o‘z moduli mavjud (multiprocessing modules - MRM):
- tarmoqlanuvchi MRM – Apache-ning oldingi versiyasidagi arxitekturani takrorlaydi va so‘rovlarga xizmat ko‘rsatish uchun ko‘plab qism jarayonlarni hosil qiladi.
- potokli MRM – Apache-ning ikkinchi versiyasidan boshlab potoklarni (POSIX threads) qo‘llab quvvatlash tatbiq qilingan. Har bir jarayon bir nechta potoklarga ega bo‘lishi mumkin. Har bir potok klient so‘rovlariga xizmat qiladi. Agar Apache-da 15 ta jarayon ishga tushirilgan bo‘lsa va har bir jarayonga 10 potokka egalik qilishga ruxsat berilgan bo‘lsa, u holda server 15x10 =150 ta so‘rovga bir vaqtda xizmat qilishi mumkin bo‘ladi.
- fiksirlangan sondagi qism jarayonli MRM – bu modullar va potoklar orasidagi asosiy farq shundan iboratki, qism jarayonlar soni o‘zgarmas va har bir jarayon turli foydalanuvchi va guruhlar identifikatorida ishga tushirilishi mumkin.
- boshqa operatsion tizimlar uchun MRM – boshqa operatsion tizimlarda (Windows, OS/2, Novell) serverning ishlashi uchun bir nechta MRM mavjud.
WEB-serverni yaratishda qanday modul qo‘llanilganligini bilish uchun, httpd dasturini modullar ro‘yxatini ko‘rsatuvchi –l parametri bilan ishga tushirish kerak.
Ushbu bo‘limda Apache WEB-serverini sozlash bo‘yicha umumiy masalalar va shuningdek, virtual xostingni tashkil etish masalalari ko‘rib chiqiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |