1.Bolalarda qon va qon yaratuvchi a’zolarning fiziologik xususiyatlari
Qon tizimi juda murakkab bo’lgan bir nechta tuzilmalardan tashkil topgan. Ularga qonning o’zi,
qon yaratuvchi a’zolar, qon emirilishini ta’minlovchi a’zolar kiradi. Qon yaratuvchi a’zolar ikki
muhim vazifani bajaradi: birinchidan qonning shaklli elementlarini, ikkinchidan,gumoral
immunitetni ta’minlaydi. Ular markaziy va chetdagi a’zolarga bo’linadi.
Qizil suyak ko’migi va ayrisimon bez odamning markaziy qon yaratuvchi a’zolarini tashkil
qilsa,chetdagi qon yaratuvchi a’zolarga –limfa tugunlari, taloq va tananing turli qismlaridagi,
asosan ovqat hazm qilish tizimi devoridagi l i m f o i d to’qima kiradi. Bu a’zolarning
hammasida yoshga bog’liq sezilarli o’zgarishlar kuzatiladi. Suyak ko’migi. Bola tug’ilganidan
keyin uning qon aylanishida jiddiy o’zgarishlar sodir bo’ladi. Kichik qon aylanish doirasi ishga
tushadi, qonga bo’lgan ehtiyoj ortadi.Chaqaloqlik davrida qon hujayralari asosan suyak
ko’migida rivojlanadi.Bola to’rt yoshga etganida naysimon suyaklarida sariq ilik paydo bo’ladi
va balog’atga etish davrida suyaklarning bu qismini to’ldiradi. Qonning shaklli elementlarini
yaratuvchi o’zak hujayralarining asosiy qismi qizil ko’mikda joylashgan. Qizil ko’mikda
umuman uchraydigan bir million hujayraga 50 ta o’zak hujayra to’g’ri keladi. Ulardagi
ko’mikda qonning quyuq qismini tashkil etuvchi shaklli elementlar-eritrositlar, donali barcha
leykositlar,trombositlar,limfositlar rivojlanadi.
Shu bilan birga ko’mik eritrositlarini emirishda, ulardan ajralib chiqqan temirni qayta
o’zlashtirishda va qon tarkibiga kiruvchi gemoglobin moddasini sintez qilishda ishtirok etadi.
Shuni ta’kidlash kerakki, chaqaloqlik davrida qon yaratuvchi a’zolarning tiklovchilik qobiliyati
juda yuqori, ular yo’qotilgan qon o’rnini tez-tez to’ldira oladi. Limfoid kompleksga-ayrisimon
bez, limfa tugunlari, taloq va ovqat hazm qilish tizimidagi l i m f o i d to’qima kiradi. Ayrisimon
bez- u bolalarda alohida o’rin tutadi. Yangi tug’ilgan chaqaloqning bu bezi 7-34 g gacha
bo’ladi.Bola uch yoshga etgunicha bu bez katalashadi,3-20 yosh orasida bezning o’lchami bir
me’yorda bo’lib, keyin kichiklasha boshlaydi.Bu bez immunologik xotira a’zosidir.Ayrisimon
bezdan ajraladigan gormonlar bolaning o’sish va rivojlanishini ta’minlaydi va ayniqsa bolaning
immunitet tizimini rivojlanishida o’ta muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.Limfatik
tugunlarLimfa tomirlari bo’ylab juda ko’p limfa tugunlari joylashgan.Tanada bu limfatik
tugunlarning umumiy massasi 1,5-2 kg atrofida bo’ladi. Limfatik tugunlarning
qon yaratilishidagi ishtiroki T va V limfositlar ko’payishini, ularning antigenga mos holda
ixtisoslashishini va maxsus antitelolar-(odam organizmini yot moddalar ya’ni antigenlardan
himoya qiluvchi moda) ishlab chiqarishini ta’minlashdan iborat.Taloq –u qon yaratuvchi a’zolar
orasida tuzilishi jihatidan eng murakkab bo’lgan a’zo hisoblanadi. U qonning shaklli
elementlarini muddatini o’tab bo’lgandan so’ng emirilishini ta’minlaydi. Chaqaloq talog’ining
og’irligi 10 gr keladi.Shuningdek taloqda organizmdagi ortiqcha qon zahira holida saqlanadi va
organizm kerakli paytda taloqdagi zahira qondan foydalanadi.Taloq yana organizmni immunitet
xususiyatini oshirishda ham xizmat qiladi.
2. Bola qonining miqdori va funksiyalari Ma’lumki bolalarda va kattalarda qon asosan ikki
qismdan iborat bo’ladi. Qonning 55-60%qon plazmasi ya’ni suyuq qism,qolgan 40-45% ini
qonning quyuq qismi, ya’ni shaklli elemetlar tashkil etadi.Qonning shaklli elemetlariga qizil qon
hujayralari –eritrositlar, oq qon hujayralari –leykositlar va qon plastinkalari-trombositlar kiradi.
Qon plazmasi bolaning o’sishi va rivojlanishini ta’min etadi.Shaklli elementlardan eritrositlar
qizil ilikda hosil bo’lib,120 kun yashaydi va keyin parchalanib ketadi.Eritrositlarning tarkibida
gemoglobin moddasi mavjud bo’lib, u temir moddasidan va globin nomli oqsildan iborat
bo’ladi. Eritrositlar organizmda kislorod va karbonat angidrid kabi bir qator gazlarni tashish
vazifasini bajaradi,miqdori esa kattalarda 1 mm qonda o’rtacha 5mln.dona atrofida bo’ladi. Agar
eritrositlar kamayib kesa, organizmda animeya
ya’ni kam qonlik kasali vujudga keladi. Oq qon hujayralari leykositlar esa organizmda 3-5
kungina yashaydi va o’z navbatida o’ta muhim bo’lgan organizmni begona moddalardan himoya
qilish ya’ni fagositoz vazifasini bajaradi va ularning miqdori kattalarda 6-8 ming dona bo’ladi.
Trombositlar esa organizm jarohatlanib qon oqa boshlaganda tezda to’siq hosil qilib, qon ivishini
ta’minlab beradi va miqdori kattalarda 300-400 ming dona bo’ladi.
89
Tana og’irligiga nisbatan hisoblaganda, chaqoloq qonining miqdori 12-15% ni tashkil
(kattaodamlarda o’rtacha 7%) etadi.Bola bir yoshga to’lganida qonning miqdori 10-11% ga teng
bo’ladi.Demak, chaqaloq tanasi og’irligining 1kg ga 130-150 ml, bir yashar bolaga 100 ml, katta
yoshli odamda 70 ml qon to’g’ri keladi. Bolalarda qon miqdorining ko’pligi organizmning
kislorodga bo’lgan yuqori ehtiyojini qondirishga qaratilgan. Bir kunlik chaqaloq qoni hajmining
54% ini shaklli elementlar, 46 % ini plazma tashkil etadi.Balog’atga etish davrida bu
ko’rsatkichlar kattalarniki bilan tenglashadi.Yangi tug’ilgan bolalarda eritrositlar 1 mm qonda 5
mln.250 ming dona bo’ladi.Chaqaloq eritrositlarining umri qisqa 2-3 kungina bo’ladi.Bola bir
yoshga kirganidan so’ng eritrositlar kattalarnikidek 120 kun yashaydi.Chaqaloqda eritrositlar
tarkibidagi gemoglobin miqdori kattalarnikidan ko’proq bo’ladi (17-18 g %).Xuddi shuningdek
chaqaloqlarda va yosh bolalarda leykositlar, trombositlarning soni,tarkibi ham kattalarnikidan
anchaga farq qiladi va voyaga etish davri oldidan kattalarnikiga tenglashadi.Endi qonning
funksiyalari haqida quyidagilarni aytish mumkin: 1) Qon organizmda tashuvchanlik vazifasini
bajaradi; 2) qon immunitet vazifasini bajaradi; 3) qon organizmni nerv sistemasi bilan birgalikda
gumoral boshqarishda ishtirok etadi; 4) qon tana haroratini doimiy bo’lishini boshqarishda
ishtirok etadi.Bular qonning asosiy vazifalari hisoblanib,bulardan tashqari qon yana bir qator
funksiyalarni ham bajaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |