Њзбекистон респуликаси сођЛИЉни саљлаш вазирлиги



Download 97,5 Kb.
bet1/3
Sana12.05.2020
Hajmi97,5 Kb.
#48896
  1   2   3
Bog'liq
Теор материал




O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS

TA`LIM VAZIRLIGI

O`ZBeKISTON RESPUBLIKASI SOG`LIQNI SAQLASh VAZIRLIGI
TOShKENT PEDIATRIYA TIBBIYOT INSTITUTI

NUKUS FILIALI

Kafedra: «Pediatriya»
Fan: «Pediatriya»

7



MAVZU: Teri osti yog` qavati va limfatik tugunlarning anatomo-fiziologik xususiyatlari.

3-kurs «Tibbiy-profilaktika» fakul`teti
Kafedra mudiri t.f.d. Mambetkarimov G.A.

«_____» ____________ 2019 yil

Nukus 2019 y


Uzbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi
Toshkent Pediatriya Tibbiyot Instituti Nukus Filiali


Kafedra: «Pediatriya»
Fan: «Pediatriya»

MAVZU: №4 Teri va teri osti yog` qavati va limfatik tugunlarning anatomo-fiziologik xususiyatlari va zararlanish semiotikasi

Mazmuni:
BOLA TeRISINING ANATOMO-FIZIOLOGIK XUSUSIYaTLARI.
Bola terisi tuzilishi va funktsional jihatdan katta odamlar terisidan ko`p jixatlari bilan farq qiladi. Teri homila ichi davrining 5-xaftasidan rivojlanadi va bola yoshining indikatori bo`lib hisoblanadi. Oyoq kaftidagi teri egatlari 32-34 haftada paydo bo`ladi va yuqori kaftda ko`ndalang rivojlanadi. Xomiladorlikning 37-haftasida egatlar oyoq kaftining 2/3 qismini egallaydi. 40-haftada egatlar butun tovon bo`ylab tarqaladi. Bolalar terisi katta odamlar singari epidermis va derma qavatlaridan iborat. Epidermis juda nozik, yupqa, 2-3 qavat dag`al xujayradan iborat. Epidermis doimiy ko`chib turuvchi epiteliy qavatdan va faol o`suvchi asosiy qavatdan iborat. Derma, xususiy teri qavati bo`lib, so`rg`ichsimon va retikulyar qavatdan iborat. Bunda biriktiruvchi to`qima asosi va mushak qavati sust rivojlangan. Epidermis va derma orasida joylashgan va kattalarda ular o`rtasida o`zaro bog`liqlikni ta`minlovchi bazal membrana, bolalarda siyrak bo`lib, o`zida biriktiruvchi va elastik to`qima saqlamaydi. Shuning uchun yangi tug`ilgan chaqaloqlarda epidermis dermadan osonlikcha ko`chadi. Chaqaloqlar terisining o`ziga xos xususiyatlaridan biri bu ko`p miqdordagi kapillyalardan iborat qon tomirlar hisoblanadi, u teriga dastlab yorqin, so`ng och-pushti rang beradi.

Yog` bezlari homila ichi davrida o`z funktsiyasini boshlaydi va hayotining birinchi yilida teri yuzasiga ko`p miqdorda yog` ajratadi. Tug`ilgandan so`ng bola tanasi tvorogsimon qoplam bilan qoplanadi. Teri bezlari rivojlangan bo`ladi, lekin sog`lom bolalarda ter ajralishi 3-4 oyligidan boshlanadi, bu termoregulyatsiya markazining etilmaganligi bilan bog`liq. Bola hayotining birinchi 2 oyligida ko`p ter ajralishining kuchayishi organizm ichki muhiti buzilishining muhim belgisi hisoblanadi. Homiladorlik davrining 20-haftasidan boshlab teri mayin tukchalar bilan qoplanadi. Ular butun tanani o`rab olishadi.

Homiladorlikning 33-haftasiga kelib, bu tukchalar asta-sekin yuzdan, keyin tana va oyoq qo`llardan keta boshlaydi. 40-haftasiga kelib faqat kuraklarida qoladi. Tug`ilishi bilan butunlay yo`qolib ketadi. Ko`krak so`rg`ichlari va oreolalar 34-haftasiga kelib teridan ko`tarilib chiqadi. 36-xaftasiga kelib bez to`qimalari tugunchasi 1-2 mmga, 4-xaftasiga kelib esa 7-10 mmgacha etadi. Bez to`qima bola hayotining 3-haftasiga kelib bemalol pal`patsiya qilinadi. Chaqaloqlar boshidagi sochlarning o`zagi bo`lmaydi va bir yoshga kelib ular o`zgaradi.

Bola hayotining birinchi yilida shox qavat va terining asosi -biriktiruvchi to`qima rivojlanadi. Kapillyarlar ko`p vaqtgacha kengayganligicha qoladi va teriga nozik pushti rang berib turadi. Boshqa bolalik davrlarini oladigan bo`lsak, jinsiy etilish davrida o`g`il bolalarning yuzida, qo`ltiq osti, qovuq usti sohalarida tukchalar rivojlanadi, terining ta`sirlanishi ortadi. Teri bezlari faoliyati kuchayadi va keyinchalik ularning yallig`lanishi va yiringlash holatlari kuzatiladi. Teri osti yog` qavati homila ichi rivojlanishining 5-oyidan boshlab shakllanadi, lekin 8-9 oylarda maksimal rivojlanadi. Erta yoshdagi bolalarda tana masssasining 12%ini, kattalarda 8%ini tashkil etadi. Ko`krak yoshidagi bolalarda yog` kislotalarining tarkibi ko`krak suti tarkibiga yaqin bo`ladi. U qattiq pal`mitin va stearin kislota va kam miqdorda olein kislotani saqlaydi. Bu esa ona sutidagi yog`larni bevosita o`zlashtirish imkonini beradi. Bola hayotining birinchi yilida mahalliy qattiqlashish hamda teri va teri osti yog` qavati shishiga moyillik bo`ladi.

Bolada to`qimalarning zichligi ancha yuqori bo`ladi. Bolalarda o`ziga xoslik bo`lib, yog` to`qimasining ko`krak qafasida, ko`ks oralig`ida, yirik tomirlar atrofida va ichki organlarda joylashganligi hisoblanadi. U chaqaloqlarda issiqlik ishlab chiqarishning yuqori darajasini ta`minlaydi

Ozishda teri osti yog` qavatining yo`qolishi o`ziga xos tartibda kechadi: oldin qorin va ko`krakda, keyin tana oxirlarida va yuzda.

Teri funktsiyalari turlicha bo`lib, lekin ulardan asosiysi dag`al mexanik, kimyoviy ta`sirlardan himoyadir. Bola hayotining 1-yilida bu funktsiya juda yupqa bo`lgan epidermis va boy qon bilan ta`minlash hisobiga etarli bo`lmaydi.

Boshqa funktsiyalar etarlicha yaxshi namoyon bo`ladi:



  1. Nafas olishda ishtirok etish

  2. Ayirish

  3. Vitamin D hosil qilish

  4. Sezish

  5. Haroratni sezish

  6. Yuzaki og`riqni sezish

Bolalarda terini o`ziga xos fiziologik xususiyatlari yangi tug`ilgan chaqaloqlar va ko`krak yoshidagi bolalar terisining o`ziga xos xususiyatlari bilan tushuntiriladi:

1. Chaqaloqlarning fiziologik giperemiyasi yoki eritemasi.

2. Fiziologik qipiqlanish - muguzlangan xujayralarning ko`chishi.

3. Mayda sariq rangdagi tugunchalar (milia) – bular chaqaloqlarning yuz terisida uchraydi.

4. Chaqaloqlarda teri infitsirlanganda pufakcha yuzaga kelishi mumkin. Bu epidermis bilan dermani etarli bo`lmagan bog`liqligidan yuzaga keladi.

5. Chaqaloqlar va ko`krak yoshidagi bolalarda yozning issiq oylarida isib ketganida ko`plab polimorf xarakterdagi, to`q pushti rangli, kattaligi to`nog`ich boshi kattaligidagi element bilan qoplanadi.

6. Gigienaga rioya qilmaslik natijasida bo`yin, chov sohasi, quloq orqasida bichilish yuzaga keladi.

Termoregulyatsion va ayirish funktsiyasi rivojlanishi, asab markazlari rivojlanishi bilan birga boradi. Kattalarda nafas funktsiyasi juda bilinmaydi, o`pkaga nisbatan teri 100 marta kam nurlanadi. Ko`krak yoshidagi bolalarda terining nafas olish funktsiyasi kattalarga qaraganda, katta axamiyatga ega, shox qavati yupqaligi va uning qon bilan ta`minlanishi yuqoriligi hisobiga. Ul`trafialet nurlanish ta`sirida teri pigmenti vit D3 hosil bo`lishida faol qatnashadi. Sezish harorat, yuzaki og`riq sezgisi, eksteroretseptorlar keng maydonini ta`minlaydi. Terining haddan tashqari qo`zg`alishi bolani bezovtalanishiga sabab bo`ladi, uyqu buzilishi, asab-trofik funktsiyasi buzilishi va distrofiya rivojlanishiga olib keladi.


Teri organizmning xayoti jarayonida muxim rol` uynaydi. Terining morfologiyasi va fiziologiyasi yoshga karab sekin asta takomillashib boradi.

Gudakning terisi xuddi katta odamnikidek: epidermadan - teri usti va derma - xususiy kavatlardan tuzilgan. Epiderma 6 katlamdan iborat:

1-bazal kavat, 2-tikansimon kavat, 3-donali xujayrali kavat, 4-yaltirok, 5-muguzli kavat va 6-tukilib turuvchi kavatlardan iborat. Bu kavatlarning ichida eng asosiylari shox muguz va bazal kavatlardir. Gudaklarning shox-muguz katlami katta odamlarni va maktab yoshidagi bolalarning terisiga karaganda juda yupka, nozik buladi. Bu xujayralar betuxtov kuriydi va bilinar bilinmas darajada kuchib tushadi.

Bazal katlami esa aksincha juda rivojlangan. Bu katlamda epiderma xujayralar tez usadilar va mugux-shox katlamdagi kuriyotgan xujayralar urinni tuldiradilar.

Derma ikki kator xujayralardan tuzilgan: 1. Surgichsimon, 2. Tursimon.

Epiderma va derma urtasida yotgan va ular urtasida alokani tashkil kiladigan parda yaxshi rivojlanmagan, juda nozik. Birlashtiruvchi va elastik tukimalar yaxshi rivojlanmagan. Shuning uchun yangi tugilgan chakalok va gudaklarda derma va epiderma urtasidagi aloka juda kuchsiz. Dermadagi birlashtiruvchi, elastik tukimalar va mushak tukimalar xam etarli darajada rivojlanmagan. Yosh bolalarda kattalarga karaganda teri katlamlari 2-3 marta yupka buladi. Teri osti yog katlami birinchi 9 oy ichida juda tez kalinlashadi va yana bir kancha vaktgacha uning kalinligi orta boradi. Yangi chakalok ogirligining 7,7 % ni teri osti yog katlami tashkil etadi, terining yuzasi urtacha 0,25 m2 ni tashkil etadi, ya`ni katta odam teri yuzasidan 6-8 marta kamrok.

Epidermik va derma katlamlari kalinligi vakt bilan ortib boradi va 7 yoshlik bolaning derma va epidermasi katta odamnikidan fark kilmaydi.

Emizikli bolaning terisini 80-82% suv tashkil etadi. Katta bulgan sari suv mikdori xujayralararo suyuklik xisobiga kamayadi.

Chakaloklarning kon tomirlari kengaygan, kon bilan tulgan, devorlari yupka buladi. Katta bulgan sari kon tomirlar soni ortadi, tomirlar devorlari xam kengayadi.

Bolani sochi yog va teri bezlari, teri yuzasining birligida katta odamnikiga karaganda 4-8 marta ortikrok buladi. Xayotining birinchi va ikkinchi yillarida soch almashinuvi buladi.

Yog bezlari xomila davrida shakllana boshlaydi, shuning uchun yangi tugilgan gudak terisi shilimshikka uralgan xolda buladi, bunga vernux caseonus deyiladi. Teridagi sillik shilimshik modda teri yogi, karotin, xolesterin va glikogendan tuzilgan.

Chakaloklarda teri bezlari morfologik va funktsional jixatdan yaxshi rivojlanmagan. Yosh bolalarning teri ishlab chikarishining davriy tebranishlari katta odamnikiga karaganda kamrok buladi. Teri bezlari bolaning 3-4 oyigacha ular uz funktsiyasini bajarmaydilar.

Ba`zan chakaloklar boshida yaxshi rivojlanmagan soch bilan tugiladilar, kupincha koramtir soch bilan kupincha esa sochsiz bulib tugiladilar. Lekin bu bilan bolaning bulajak sochlarini asl rangini va sifatini aniklab bulmaydi.

Chakalokning sochlarida serdtsevina, ya`ni uzagi bulmaydi, shuning uchun ular juda yumshok va nozik buladi. Bolaning boshidagi soch juda tez usadi. Kichik bolalarda boshdagi sochlarning usish tezligi kuniga 0,2 mm ni tashkil etadi, kattarok yoshida esa 0,3-0,5 mm usadi.

Chakalokning kosh va kipriklari bilinmas xolda bulib, keyinchalik kosh va kipriklarning uzunligi va kalinligi kupayib ketadi.

3-5 yoshdagi bolalarning kosh va kipriklari xuddi katta odamnikidek buladi. Kul va oyoklardagi barmoklarda tirnoklar buladi. Yangi tugilgan chakalok bolalarda va xattoki chala tugilan chakaloklarda xam tirnok barmoklarning uchigacha etadi. Teri tananing xamma v`zolari va tizimi bilan uzviy boglikdir.

Terining asosiy vazifalari kuyidagilar:


        1. Ximoya vazifasi

  1. Nafas olish vazifasi

  1. Surish vazifasi

  1. Ajratish vazifasi

  2. Pigment xosil kilish vazifasi.

Bulardan tashkari teri organizmning kon tomir reaktsiyalarida, termik boshkarishda, almashinuv protsesslarida va nerv reflektor reaktsiyalarida ishtirok etadi. Terining ximoya kilish funuktsiyasi xilma xildir. Teri tashki ta`sirlanishlardan mexanik ximoya vositasi rolini uynaydi. Terining birlashtiruvchi tukimalarning elastik va mexanik xususiyatlari, teri osti yog tukimalarining bufer xususiyatlari bilan belgilanadi. Mana shu xususiyatlar tufayli teri mexanik kuchlarga bosim, zarbalar, bichilishlarga bardosh bera oladi.

Teri organizmning radiatsion nurlanishdan xam ximoya kiladi. Infrakizil nurlarning kismi muguz katlamda kolib ketadi, ul`trabinafsha nurlar esa kisman ushlanib koladi. Ul`trabinafsha nurlar epidermis tagiga borib, melanin pigementini ishlab chikarishni tezlashtiradi, pigment esa ul`trabinafsha nurlarni yutib, organizmni zararli bulgan ortikcha insometsiyadan saklaydi.

Shuning uchun issik iklimda yashovchi odamlarning terisining rangi ilik iklimda yashovchi odamlarning terisiga karaganda tukrok. Teri kislota va ishkorlarni neytrallashtiradi. Terining neytrallash xususiyatlari ter ajralib chikarishga boglik. Terining bakteriotsid xususiyatlari mikroorganizmlardan ximoya kiladi. Zararlanmagan teridan mikroorganizmlar uta olmaydi, organizmga kira olmaydi. Mikroblar epidermisning yukorigi katlamlariga tushishi va leykotsitlarning kon tomirlaridan chikib fagotsitoz protsessida aktiv ishtirok etadi. Teri immunitet jarayonlarida xam aktiv ishtirok etadi. 2% ga yakin gazlar teri orkali almashinadi, ya`ni teri orkali nafas oladi.

Terining surilish funktsiyasi: Yogda eruvchi moddalar epidermis orkali suriladi, suvda eruvchi moddalar esa soch-folikulalari orkali suriladi. Terining ter va yog bezlari sekretsiyasi tufayli ajratib chikarish funktsiyasi ruyobga chikadi. Buyraklar funktsiyasining buzilishi tufayli siydik orkali ajralib chikadigan moddalarning (atseton va boshka moddalar) ter orkali ajralib chikishi kuchayadi. Terining tana xaroratini boshkarishdagi roli juda kattadir.

Teri osti yog kavati xomiladorlikning 5 oyligidan shakllanadi. Xomiladorlikni oxiri va bola xayotining birinchi yilida yog tukimalari yog xujayralari xisobiga kattalashadi. Bolalarda ovkatni sistematik ravishda kup iste`mol kilinishi adipozitlarni kupayib ketishiga sabab bulib, u semizlikka olib keladi.

Chakalok va kukrak yoshidagi bolalarda teri osti yog kavatining uziga xos xususiyatlari mavjud.:



        1. Yog xujayralari mayda va uzida yadro ushlamaydi. Keyinchalik yog xujayralari kengayib yadro esa kichrayadi.

        2. Teri osti yog kavati bir yoshgacha bulgan bolalarda tana massasiga nisbatan kup.

        3. Kukrak va korin bushligida yog xujayralari bulmaydi. Ular 5-7 yoshda va balogat davrida paydo buladi.

        4. Kukrak yoshidagi bolalarda teri osti yog kavati embrional xarakterini saklaydi.

Bola tugilganda teri osti yog kavati yuzda, oyok-kulda, tanasida yaxshi rivojlangan. Uni kasallikda yukolishi aksincha, avval korinda, keyin kul-oyokda, tanada va oxiri yuzda yukoladi.


Download 97,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish