Chaqaloq ilk bor nafas olganidan boshlab, uning nafas olish organlari muntazzam ishlay
boshlaydi. Demak, chaqaloqlik va bolalikning turli davrlarida tashqi nafas ko’rsatkichlari
Kattalarda esa o’pkaning tiriklik sig’imi o’rtacha-3500-4000ml ni tashkil etadi. Voyaga etgan
odam har bir nafas olganida 500 ml havo oladi.Bu oddiy nafas xavosi deyiladi. Agar odam
yanada chuqurroq nafas olinsa o’pkaga yana 1500 ml xavo kirib boradi. Bu rezerv havo deb
91
ataladi. Demak, o’pkaning tiriklik sig’imi 3500 ml ni tashkil etadi.Odam o’pkasining tiriklik
sig’imi spirometr asbobi bilan o’lchanadi.
3.O’pkada gazlar almashinuvi,nafas olish organlari gigienasi
Biz nafas olayotgan atmosfera havosi tarkibida 20,94 % kislorod, 0,03 % karbonat angidrid,
79,3 % azot gazi bo’ladi. Boshqa gazlar juda kam miqdorda bo’ladi. Nafas bilan chiqarilgan
havo tarkibida esa 16,3 % kislorod, 4 % karbonat angidrid, 79,7 % azot bo’ladi. Ma’lumki
ikkala o’pkaning ish bajaruvchi asosiy qismi, yoki struktura birligi bu-o’pka pufakchalari
(alveolalari) hisoblanadi. Bu pufakchalarning soni ikkala o’pkada 750 millionga yaqin bo’ladi.
Bu o’pkadagi pufakchalarning devori juda yupqa ya’ni 0,004 mm bo’ladi. Ularning atrofini
mayda qon tomirlari to’rsimon shaklda o’rab olgan bo’ladi. O’pka pufakchalari ichidagi havo
kapillyar qon tomirlari orqali qonga o’tib butun to’qima va hujayralarga tarqaladi. O’z navbatida
qondagi zaxarli gazlar kapillyarlar orqali pufakchalarga o’tadi va organizmdan tashqariga
chiqarib yuboriladi. Tinch holatda voyaga etgan odam bir daqiqada atmosfera havosidan 250-
300 ml sof kislorod qabul qiladi. O’pkadan qonga o’tgan kislorod qizil qon tanachalari-
eritrositlar tarkibidagi gemoglobin bilan birikib, odam tanasining barcha to’qimalariga boradi.
Qonda kislorodning bosimi yuqori bo’lganligi uchun u to’qimaga o’tadi, to’qimada esa karbonat
angidrid gazining bosimi yuqori bo’lib, u qonga o’tadi.
Shunday qilib, to’qimaga kelgan arterial qon kislorodni to’qimalarga o’tkazadi va
to’qimalardan karbonat angidrid gazini qabul qilib, venoz qonga aylanadi. Mana shu tariqa o’pka
va to’qimalar o’rtasida gazlar qon orqali almashinib turadi. Atmosfera bosimi 760 mm
sim.ustuniga teng bo’lsa,barcha fiziologik jarayonlar normal kechadi. Agar yuqori tog’
cho’qqilariga chiqilsa,yuqorida bosim past bo’ladi. Ya’ni havo tarkibida kislorod kam bo’ladi.
Natijada nafas olish qiyinlashadi va bolalarda tog’ kasalligi deb ataluvchi kasallik yuzaga keladi.
Agar g’orlarga, suv tubiga tushilsa aksincha u erda bosim yuqori bo’ladi va odamda Kesson
kasalligi paydo bo’ladi. Nafas olish a’zolarining normal rivojlanishi, ularni har-xil
kasalliklardan himoya qilishda xar bir yosh shaxsiy gigiena qoidalariga amal qilishlari lozim
bo’ladi. Buning uchun bolani yoshligidan og’iz bilan emas, burun bilan nafas olishga o’rgatish
lozim. Shunda o’pka bir tekisda rivojlanib boradi. Bundan tashqari bolani yoshligidan doimiy
ravishda sport bilan shug’ullanishini ta’minlash xar hil gripp, laringit, faringit kabi nafas olish
organlari kasalliklaridan himoya qiladi. Bundan tashqari yoshlik davridan boshlab chekish turli
nafas olish organlarida rak ya’ni o’sma kasalliklarini yuzaga keltirishi mumkin. Tamaki tutini
tarkibida yuzlab zaharli moddalar borligi aniqlangan. Demakki, gigiena qoidalariga amal qilish,
uzoq umr ko’rish garovidir.