O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand


jadval Bankning yig‘ma balans (moliyaviy holat to‘g‘risidagi) hisoboti



Download 102,46 Kb.
bet10/18
Sana29.01.2022
Hajmi102,46 Kb.
#415515
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18
Bog'liq
tijorat banklarining aktiv va passiv operatsiyalari

jadval Bankning yig‘ma balans (moliyaviy holat to‘g‘risidagi) hisoboti


(ming so‘mda)



Bankning yig‘ma balans (moliyaviy holat to‘g‘risidagi) hisoboti



Moddalar

1.01.2007 yil

1.01.2008 yil

1.01.2009 yil

01.01.2010 yil

010

Naqd pullar

31 125 480

30 575 732

31 083 402

26 521 998

020

O‘z.R. Markaziy bankidan olinishi
lozim bo‘lgan mablag‘lar

100 989 541

98 551 332

207 749 770

146 277 200

030

Boshqa banklardan olinishi lozim
bo‘lgan mablag‘lar

82 946 171

159 753 593

109 136 838

68 392 650

060

Sotish uchun amalda mavjud bo‘lgan

12 655 586

14 287 992

16 949 853

15 788 246

3 Sh.Z. Abdullayeva Bank risklari va kreditlash. T.: “Moliya” 2002. 149 b.






investitsiyalar













061

So‘ndirish muddatigacha saqlanadigan
investitsiyalar













070

Teskari REPO













080

Mijozlarga beriladigan kreditlar va
bo‘nak (avans) lar

442 749 487

632 610 168

1 054 926 721

1 322 486 209

081

minus: ehtimoliy yo‘qotishlarga qarshi
zahira

(24 118 458)

(33 464 438)

(45 428 286)

(61 138 333)

082

Sof (netto) kreditlar va avanslar

418 631 029

599 445 730

1 009 498 435

1 261 347 876

100

Qaram xo‘jalik jamiyatlariga
qilinadigan investitsiyalar










3 901 004

120

Asosiy vositalar (sof balans qiymati
bo‘yicha)

24 968 113

31 257 926

30 818 654

32 375 291

130

Nomoddiy aktivlar (sof balans
qiymatida)

2 498 278

2 458 006

2 367 058

1 633 508

140

Boshqa xususiy mulklar

3 144 848

8 547 087

3 108 614

8 016 260

150

Soliq talablari

1 867 469

2 461 060

3 186 112

4 952 746

160

Boshqa aktivlar

4 832 915

14 252 874

5 384 018

7 816 492

170

Jami aktivlar

683 659 540

961 591 332

1 419 282 754

1 577 023 271

Manba: «Bank axborotnomasi» gazetasi №18 2008 yil, №18 2009 yil, №18-19 2010 yil aprel.



Bank aktivlari quyidagi asosiy pozitsiyalardan tashkil topgan:


Naqd aktivlar. Bank moliyaviy hisobotining birinchi aktivi odatda naqd pul va «Nostro» tipidagi depozitlar hisoblanadi. Ushbu moddani, ya’ni bank kassalaridagi naqd pullar, boshqa banklarda joylashtirilgan barcha depozitlar, inkassatsiya qilish jarayonidagi mablag‘lar hamda Markaziy bankdagi majburiy zahira fondidagi mablag‘larni ko‘p holatlarda «birlamchi zahiralar» deb atashadi. Chunki ko‘zda tutilmagan holatlarning yuzaga kelishi va majburiyatlar tezlik bilan hal qilinishi zarur bo‘lgan paytda ushbu aktivlar bankning «birinchi himoya chizig‘i» bo‘lib xizmat qiladi. Odatda, bank bu moddani imkon qadar past darajada ushlab turishga harakat qiladi, negaki naqd pul mablag‘lari diyarli daromad keltirmaydi. 01.01.2009 yilga AT «O‘zsanoatqurilishbank» ning jami aktivlari 1 419 282 754 ming so‘m bo‘lgan holda, naqd mablag‘lari 347 970 010 ming so‘mni yoki 24,5% ni tashkil qilgan bo‘lsa, 01.01.2010 yilga bu ko‘rsatkichlar mos ravishda 1 577 023 271 ming so‘m, 240 921 848 ming so‘m
va 15,3% ga teng bo‘lgan. Bankning naqd mablag‘lari 2008 yil yakunida 01.01.2008 yilga nisbatan 5,6% ga,01.01.2007 yilga nisbatan 6,0% ga kamayganligi kuzatilgan. Bu tendensiya 2009 yilda davom etgan va naqd mablag‘lar salmog‘i 01.01.2010 yilda 01.01.2009 yilga nisbatan 9,2% gacha pasaygan.
Qimmatli qog‘ozlarga investitsiyalar. Bu modda bankning «ikkinchi himoya chizig‘i» bo‘lib, likvidli qimmatli qog‘ozlarga moliyaviy qo‘yilmalardir. Bu pozitsiyani ko‘p hollarda «ikkilamchi zahiralar» deb atashadi. Unga odatda davlat qisqa muddatli qimmatli qog‘ozlariga qilingan investitsiyalar kiradi. Shuningdek, bu pozitsiyada pul bozorining qimmatli qog‘ozlar, boshqa banklardagi muddatli foizli depozitlar hamda tijorat qimmatli qog‘ozlari aks ettirilishi mumkin. «Ikkilamchi zahiralar» naqd pul va kreditlar o‘rtasidagi pozitsiyani egallab, ma’lum miqdordagi daromad olishni ta’minlaydi va likvidlikni ta’minlashning ikkilamchi manbasidir. Misolimizda keltirilgan bankda, qimmatli qog‘ozlarga qilingan investitsiyalar (01.01.2009 yilda 16 949 853 ming so‘m, 01.01.2010 yilda 15 788 246 ming so‘m) summasining ma’lum qismi likvidlilikni ta’minlashda «ikkilamchi» zahira rolini bajaradi.
Kreditlar. Hech bir shubhasiz banklarning eng yirik aktivlari bo‘lib kreditlar hisoblanadi va aksariyat hollarda jami aktivlar hajmining diyarli uchdan ikki qismini tashkil qiladi. Balansda kreditlar bo‘yicha ma’lumotlar bo‘yicha ma’lumotlarni aks ettirishda ikkita raqam ishlatiladi. Birinchisi, kredit-brutto bo‘lib, unda bank tomonidan berilgan jami kreditlar miqdori (jumladan, prolongatsiya qilinganlari) ko‘rsatiladi. Ushbu summadan kreditlar bo‘yicha joriy va ehtimoliy zararlar zahirasi summasini chegirib tashlasak sof kredit, ya’ni kredit-netto aniqlanadi.
01.01.2009 yil holatiga AT «O‘zsanoatqurilishbank» kredit – bruttosining qiymati 1 054 926 721 ming so‘m teng bo‘lib, jami aktivlar qiymatining 74,3% ini tashkil qilgan va oldingi moliya yilining shu sanasiga nisbatan 422 316 553 ming so‘mga yoki 8,5 % ga oshgan. Bu pozitsiya 2010 yilning boshiga kelib yanada mustahkamlangan. Bu sanada kredit – bruttosining qoldiq summasi
1 322 486 209 ming so‘mga yetgan yoki so‘nggi uch yil davomida 879 736 722 ming so‘mga yoki 298,7% ga ko‘paygan.
Ammo ko‘rsatilgan summadan kreditlar bo‘yicha mavjud va kutilayotgan zararlarni chegirib tashlash zarur. O‘zbekiston Respublikasi bank qonunchiligiga ko‘ra, banklar kreditlar bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlar rezervini tashkil qilish imkoniga egadirlar. Ushbu ajratmalar aktivlarga nisbatan kontrhisobvaraq hisoblanib, kreditlar bo‘yicha zararlarni hisobdan chiqarish zahirasi hisoblanadi. Masalan, tijorat banklari «standart» toifali kreditlar bo‘yicha bank qaytarilmagan asosiy qarz summasining 10%, «substandart» toifali kreditlar bo‘yicha asosiy qarzning to‘lanmagan qismining 25%, «shubhali» toifali kreditlar bo‘yicha asosiy qarzning to‘lanmagan qismining 50%, «umidsiz» toifali kreditlar bo‘yicha asosiy qarz to‘lanmagan qismining 100% miqdorida zahira tashkil qilishlari shart (O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining «Tijorat banklari tomonidan aktivlar sifatini tasniflash, ular bo‘yicha yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yo‘qotishlar o‘rnini qoplash uchun tashkil etiladigan zahiralarni shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi» 1998 yil 9 noyabrdagi 242 son bilan tasdiqlangan yo‘riqnomasining 2.5.1-2.5.5 moddalari). Bunday holat
«yomon» kreditlar bankning joriy daromadiga ta’sir o‘tkazmasligini bildiradi.
Bank hisobida yuritiladigagn kreditlar kategoriyasidan biri harakatsiz yoki muddati o‘tgan va kamaymaydigan kreditlardir («o‘stirmaslik» maqomi berilgan aktivlar). Mavjud normativ hujjatlarga ko‘ra, o‘rnatilgan to‘lov grafigiga nisbatan 180 kun davomida to‘lanmagan kreditlar shu kategoriyaga kiritiladi. Kredit harakatsiz (umidsiz) deb topilganidanoq, hisoblangan, ammo bank tomonidan kirim qilinmagan foizlar daromaddan chegiriladi yoki balans hisobvaraqlaridan ko‘zda tutilmagan xolatlar hisobvaraqlariga o‘tkaziladi. Kelgusida kredit bo‘yicha to‘lovlar amalga oshirilgunga qadar, foizlarni hisoblash va hisobga olish to‘xtatiladi. Shuni e’tiborga olish kerakki, to‘lovlar birinchi navbatda hisoblangan, lekin olinmagan foizli daromadlarni, keyingi navbatda esa kreditning asosiy qarzini to‘lashga yo‘naltiriladi (O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining «Foizlarni o‘stirmaslik to‘g‘risida»gi Nizomi,
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2004 yil 24 yanvarda 1304 son bilan ro‘yxatga olingan).
Mijozlarning akseptlar bo‘yicha majburiyatlari. U odatda, yirik banklar o‘z mijozlari uchun akseptni moliyalashtirish ko‘rinishidagi kredit berilishi mumkinligini ko‘zda tutadilar. Bu maqsadda ishlatiladigan mablag‘lar aktivlar bo‘limida akseptlar bo‘yicha to‘lanmagan majburiyatlar nomi bilan hisobga olinadi. Bu moddaning summasi bank mijozni kreditlash yuzasidan (odatda, xorijdan tovarlarni import qilishda yordam berish uchun) qo‘llashga rozilik bergan paytida ko‘payadi. Bu holatda bank aksept (ya’ni akkreditiv) berish yo‘li bilan uchinchi shaxsga (masalan, xorijiy tovar eksporterini) kelgusida, aksept bergan bank ma’lum summani to‘lashi zarurligi ko‘rsatilgan aylanma vekselni yozish huquqini o‘tkazadi. Belgilangan muddat yoki u kelgunga qadar bankning aksept olgan mijozi ko‘rsatilgan summani to‘liq to‘lashi kerak. O‘z navbatida, bank – emitent o‘rnatilgan muddatda aylanma vekselning yuza tomonida ko‘rsatilgan summani ushbu moliviy instrument egasiga to‘lashi zarur bo‘ladi.
Bugungi kunda bank akseptlari xalqaro savdoni moliyalashtirishda keng qo‘llaniladi.
Ikkinchi darajali aktivlar. Bank aktivlari jumlasiga bino va inshootlarning sof qiymati (amortizatsiya ajratmasi hisobga olingan holda), shu’ba korxonalarga investitsiyalar va boshqa uncha ahamiyatli bo‘lmagan pozitsiyalarni kiritishimiz mumkin. Moddiy mablag‘larning qiymati, ya’ni bino va uskunalarga sarflangan fiksatsiyalangan aktivlar odatda aktivlar hajmida kam salmoqni tashkil qiladi. 01.01.2009 yilga AT «O‘zsanoatqurilishbank» ning ikkinchi darajali aktivlari summasi 44 864 456 ming so‘mga, yoki jami aktivlarning 3,2 % ini tashkil qilgan va o‘tgan yilga nisbatan 2,9 foiz punktiga kamaygan. 01.01.2010 yilga kelib ushbu aktivlar hajmining 54 794 297 ming so‘mgacha ko‘payishi kuzatilgan. Bu jarayonning yuzaga kelishi asosan bank mulki qiymatining oshishi bilan bog‘liqdir. Bank aktivlarining asosi bo‘lib, fiksatsiyalangan aktivlar emas, balki moliyaviy talabnomalar (kreditlar va qimmatli qog‘ozlar) chiqadi. Ammo fiksatsiyalangan aktivlar bilan amortizatsiya
ajratmalari, mulk solig‘i va x.k. ko‘rinishidagi fiksatsiyalangan muomila harajatlari yuzaga keladi.
Bank xizmatlarining ulgurji iste’molchilariga turli xo‘jalik yurituvchi xo‘jalik sub’ektlari sanoat, savdo, umumiy ovqatlanish, xizmat ko‘rsatish va qishloq xo‘jalik korxonalari tashkil etadi. Agarda geografik jixatdan OATB “Mikrokreditbank” va AT “O‘zsanoatqurilishbank”ni tahlil etsak, ularning bo‘linmalari Toshkent shahri, viloyatlar markazlari va sanoat rivojlangn shaharlarda joylashganini hisobga olsak, uning mijozlarining asosiy qismini sanoat, savdo va xizmat ko‘rsatish korxonalari tashkil etadi. AT “Agrobank”ning mijozlarining tarkibini esa an’anaviy qishloq xo‘jaligi va umumiy ovqatlanish korxonalari tashkil etadi. Biz ushbu omilni aktiv operatsiyalarning asosi hisoblangan kreditlar ajratishni tahlil etamiz.
Mamlakatimizda keyingi yillarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga katta e’tibor berilmoqda. Banklar tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash uchun taqdim etilgan kreditlar bir yilda 36 foizga, tadbirkorlar va xususiy shahslarga berilgan mikrokreditlar miqdori esa 70,0 foizga ko‘payadi. Ma’lumki kichik biznes tarkibida asosiy ulushni fermer va dehqon xo‘jaliklari egallaydi. Hozirda respublikamizda 200,0 mingdan ortiq fermer va dehqon xo‘jaliklari faoliyat ko‘rsatib kelmoqda va ularda 1,5 million kishi mehnat qilmoqda. Xuddi ushbu omil esa AT “Agrobank” va AT “O‘zsanoatqurilishbank”larning kredit faoliyatiga ta’sir ko‘rsatmoqda. Buning asosiy sababi kichik biznes va xususiy tadbirkorlarga amaldagi qonunchilikka asosan imtiyozli kreditlar ajratish ko‘zda tutilgan. Imtiyozli kreditlar bo‘yicha foiz stavkasi nisbatan past belgilangan. Buning natijasida esa AT “Agrobank”ning aktivlarining 70,3 foizi kreditlarga yo‘naltirilgan bo‘lsada, ulardan olingan daromad umumiy daromad tarkibida atigi 33,7 foizni tashkil etdi. AT “O‘zsanoatqurilishbank”da esa ushbu ko‘rsatqichlar 62,3 foizga nisbatan 37,7 foizni tashkil etdi. DAT “Ipotekabank”da esa holati boshqacha. Tijorat banki tomonidan jismoniy shahslarga asosan ipoteka krediti ajratiladi.

Download 102,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish