O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta Maxsus Ta’lim Vazirligi Samarqand Davlat Chet tillar Instituti Roman-German tillari fakulteti Ismoilova Ma’mura Mikromatnda o’rin holi va uning deyktik hodisalarini qiyosiy sintaksem tadqiqi



Download 1,74 Mb.
bet22/23
Sana23.01.2022
Hajmi1,74 Mb.
#406201
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
Diplom ishi 21.05.2019 yil

II bob bo’yicha xulosalar

Ushbu bobda lokativ elementlarni (o’rin holi) ikkinchi darajali bo’laklar demasdan, ularni gap qurilmasida tutgan o’rni hamda sintaktik satxda semantik maydonni aniq lisoniy metodlar (distributiv, qiyosiy tipologik, komponentlarga va semalarga ajratib tahlil qilish) natijasida quyidagi xulosalarga keldik:

1.Gap qurilmasida lokativlikni ifodalovchi sintaktik birliklar ingliz tili misolida yadro predikativ 1 komponentiga tobe lokativ, yadro bo’lmagan tobe komponentga tobe lokativ, har ikkala tilda ham yadro predikativ 2 komponentga tobe lokativ keng tarqalgan va juda ko’p uchraydi. Gap qurilmasida lokativlikni ifodalaydigan sintaktik birliklar har ikkala tillarda ham kesim o’rnida kelgan sintaktik birliklarga subordinativ aloqa asosida bog’lanib, gapda ishtirok etadi. Ma’lumki, gapning kesimi har xil so’z turkumlari (ot, sifat, son, olmosh, fe’l) yordamida ifodalanadi. Shulardan fe’l bilan ifodalangan kesimga tobe lokativ sintaktik birliklar qiyosiy tahlil qilindi.

2.Lokativ elementli gaplarni tashqi qurilmasini komponentlarga ajratib tahlil qilinganda yadro predikativ, subordinativ, yadro bo’lmagan predikativ aloqalar aniqlanib, ular asosida yadro predikativ 1 (NPj), yadro predikativ 2 (NP2), yadro bo’lmagan tobe (ND), yadro bo’lmagan tobe predikativ 1 (NDPj), yadro bo’lmagan predikativ 2 (NP2) differentsial sintaktik birliklar va ularning morfologik xususiyatlari modellashtirish usuli orqali berildi.

3.Ingliz va o’zbek tillarida lokativlikni ifodalovchi unsurlarni semalarga ajratib tahlil qilishda kategorial differentsial sintaktik- semantik belgilar aniqlandi. Ular protsessuallik, kvalifikativlik, substansialliklardir. Mazkur ishimizda faqat substansial sema yordamida lokativ semalarning ifodalanishiga tuxtaldik. Substansiallik predmetam, substansiyani ifodalab boshqa kategorial belgilarga qarshi qo’yiladi. Substansiallik bazasida juda kup nokategorial sintaktik-semantik belgilar ifodalanishi mumkin. Ulardan biz faqat substansial lokativ semalarni ingliz va o’zbek tillari misolida tadqiqot o’tkazdik. Substansiallik asosida lokativ adessiv, lokativ allativ, lokativ ablativ, lokativ translativ, lokativ ob’ekt, lokativ instrumental, lokativ tarz, lokativ possessiv semalar aniqlandi.

4.Lokativ adessiv sema shaxs, narsa-predmetning aniq manzilga yoki makonga joylashishini ifodalaydi va ish-harakatning makonda ijrosini ko’rsatadi. Ingliz tilida bu sema at + S, in + S, on + S, across + S, over + S, under + S, by + S, in the middle of + S, in the centre of + S, in front of + S, opposite + S, near + S, behind + S, inside + S, on the other side of + S, between + S, round + S kabilar yordamida ifodalansa, uzbek tilida S + da, S + oldida, S + lar + da, S + orasida, S + chetida, S + ichida, S + ketida, S + ostida, S + betida, S + boshida, S + qoshida, S + bag’rida, S + uchida, S + yoqasida, S + bo’yida, S + taraflarda, S + tevaragida, S + o’rtasida, S + adog’ida, S + chetida, S + turida kabilar yordamida ifodalanadi. Ingliz tilida substansial lokativ adessiv semalarning subordinativ aloqa asosida ob’ekt possessiv, temporal, kvalitativ, aksional, substansial ob’ekt, aksional ob’ekt, ekzistensial, sotsiativ, aksional deriktiv, lokativ allativ, stativ, modal stativ, substansial identifikatsiyalovchi sintaksemalar bilan bog’lansa, o’zbek tilida esa aksional, kvantitativ, negativ ekzistensial, stativ, ekzistensial, kvalitativ, substansial ob’ekt sintaksemalar bilan bog’lanadi (jadval 1).

5. Lokativ ablativ sema asosan ish harakatini makondan yoki manzildan uzoqlashishini ifodalaydi. Ingliz tilida lokativ ablativ semalar from + S, out of + S, across + S, over + S, outside + S, from behind + S, round + S kabilar asosida ifodalansa, o’zbek tilida esa S + dan, S + dan tashqari, S + dan ichkari, S + ortidan, S + tarafdan, S + dan buylab, S + adogidan, S + ichidan, S + ostidan, S + oldidan, S + yovdan kabi sintaktik birliklar yordamida ifodalanadi. Har ikkala tillarda substansial lokativ ablativ semaning subordinativ aloqa asosida, ya’ni ingliz tili misolida substansial lokativ ablativ sintaksema protsessual aksional, substansial ob’ekt, ekzistensial, protsessual aksional deriktiv, kvalifikativ kvalitativ, posessiv, stativ, aksional modal negativ substansial identifikatsiyalovchi sintaksemalar bilan bog’lansa, o’zbek tilida esa

substansial ob’ekt, protsessual aksional, protsessual aksional negativ, ekzistensial, substensial agentiv, stativ negativ, sbustansial possessiv kabi sintaksemalar bilan bog’lanadi (jadvallar 3).

6.Lokativ translativ sema asosan ablativ, allativ semalarga qarama- qarshi qo’yilib, translativlik ish-harakati bajariladigan ob’ektga ishora qilib, u asosan aholi yashaydigan punktlar, makonni ifodalovchi otlar hamda forest-o’rmon, sea-dengiz, lake-kul, oseap-okean kabi otlar ingliz tilida along + S, through + S, via + S kabilar yordamida ifodalansa, o’zbek tilida S + orqali, S + bo’ylab, S + oralab birikmalar asosida ifodalanadi. Ulardan tashqari ingliz tilida round + S, across + S, over + S orqali berilsa, o’zbek tilida S + dan, S + orasidan, S + dan + ichkari, S + yonidan, S + ga + S + orqali kabilar yordamida ham lokativ translativ semalar ifodalanadi. Lokativ translativ sema ham gap qurilmasida gapning dinamik fe’llar bilan ifodalangan kesimga tobe bo’lib, u subordinativ aloqa asosida birikib keladi va substansial lokativ translativ sintaksema ingliz tili gap qurilmasida ob’ekt, lokativ allativ, aksional, aksional deriktiv, lokativ adessiv, temporal, posessiv, lokativ ablativ, ekzistensial sintaksemalar bilan boglanadi. o’zbek tili misolida esa aksional, aksional kontiniativ, ekzistensial negativ, lokativ allativ, stativ sintaksemalar bilan bog’lanadi (jadvallar 4).

7.Lokativ ob’ekt sema deganda lokativlikni ifodalovchi sintaktik

birliklar gap qurilmasida to’ldiruvchi o’rnida kelgan birliklar semalarga ajratib tahlil qilindi. Hozirgi zamon ingliz tilshunosligida ob’ekt semani lokativ belgisi bo’lmagan holati, ya’ni substansial ob’ekt, ob’ekt aksional, ob’ekt aksional deriktiv, ob’ekt kvalitativ, ob’ekt agentiv, ob’ekt indifinit, ob’ekt kvantitativ, ob’ekt kollektiv semalar atroflicha bayon etilgan bo’lsada, lokativ ob’ekt sema ishlanmaganligi ko’zga tashlanadi. Lokativ ob’ekt sema gap qurilmasida harakatni ifodalovchi o’timli fe’llardan keyin subordinativ aloqa asosida ishtirok etadi, ular to capture, to seize, to fire, to fall (into), to attract, to drive, to ride, to go, to leave behind, to pass, to outstrop, to abondon, to come down, to descend, to choose, to elect, to stop, to cross, to mount a horse, to jump over, to walk, to go by, to miss, to cover va xokazolar. Lokativ ob’ekt semani ifodalovchi otlar predlogsiz beriladi.

O’zbek tilida esa lokativ ob’ekt semani ifodalovchi otlar tushim kelishigining morfologik ko’rsatkichi - ni qo’shimchasi yordamida ifodalanadi.

Lokativ ob’ekt sema har ikkala tilda ham subordinativ aloqa asosida aksional, aksional modal, aksional negativ, aksional modal negativ semalar bilan bog’lanadi.

O’zbek tili misolida lokativ ob’ekt semani ifodalovchi sintaktik birliklar possessivlikni ham ifodalaydi. Bu esa ingliz tilida ham joylarni yoki geografik nomlarni ifodalovchi otlarga apostrof S qo’shilishi bilan ifodalanadi.

8.Lokativ instrumental semaning ifodalanishiga e’tibor qaratilganda, gap qurilmasida kesim o’rnida kelgan fe’lning hamda nominativ leksemalarning leksik-semantik xususiyatlarini hisobga olish kerak. Fe’llar sub’ektning ob’ektga aniq ta’sirini, mavxum harakatni, makonning aniq nuqtasiga yetishga yoki harakatning bajarilishida nominativ leksema ham lokativlikni ham instrumentallikni (vosita) ifodalashi mumkin.

Ingliz tili misolida lokativ instrumentallikni ifodalagan predlogli ot birikmalariga by means of, by virtue of, with the help of, with the aid of, by dent of birikmalarni qo’shimcha qilish transformatsiyasi yordamida aniqlandi. Bunda lokativ instrumentallikni ifodalovchi otlar transport vositalari, tana qismlari, konkret, jonsiz otlardan iborat bo’ladi. O’zbek tilida ham S + yordamida, S + tufayli birikmalar orqali ifodalanadi.

9. Lokativ tarz sema ingliz tilida from + S + to + S birikmalar yordamida ham lokativlikni ham ish-harakatini qanday bajarilishini ifodalaydi. Ular asosan dinamik fe’llarga tobe bo’lib, subordinativ aloqa asosida boglanadi. Ingliz tilida bu sema from group to group, to and fro, from table to table, from seat to seat kabi sintaktik birliklar bir biridan ajralmas birikma hisoblanib, ular bir komponent xisoblanadi. Lokativ tarz semani ifodalovchi birikmalar gap qurilmasida How? In what way? kabi tranformatsiya interrogatsiyaga tushadi. O’zbek tilida ham "u xonadan bu xonaga", "u burchidan bu burchiga", "u ko’rpachadan bu ko’rpachaga", "u daraxtdan bu daraxtga" kabi birikmalar orqali ifodalanib, ular gap qurilmasida qanday qilib? qay tarzda? kabi transformatsiya interrogatsiyaga tushadi.

Umumiy xulosalar



Ma’lumki, gap qurilmasi sintaktik tahlil qilinganda sintaktik birliklarni bosh va ikkinchi darajali bo’laklarga ajratib tahlil qilish ko’pgina tilshunoslar tomonidan tanqidiy nazar bilan qaralib kelinmoqda. Chunki gapning sintaktik tahlili asosan gap bo’laklariga savol qo’yish usuli bilan olib boriladi. Undan tashqari jahon tilshunoslari tomonidan e’tirof etilgan sintaktik aloqalar moslashuv, bitishuv, boshqaruv kabilar gap qurilmasida emas balki so’z birikmalari asosida namoyon bo’ladi. Ammo biz gap qurilmasida ishtirok etgan sintaktik birliklarning o’zaro sintaktik aloqalarini hamda ularning differentsial sintaktik va differentsial sintaktik-semantik belgilarini, ularning boshqa semalar bilan ma’lum sintaktik aloqa asosida bog’lanish imkoniyatlarini aniqlashga hamda ularning konnotativ, fakultativ va adverbial variantlarini qiyoslab o’rganishga bag’ishladik. Undan tashqari substansiaya lokativ sintaksemalarning variantlarini qo’shma gaplar va mikromatnlarda ularning deyktik vositalarni tasniflab, ular ifodalagan lokativ sintaksemalarning o’zaro mutanosibligi va nomutanosibliklari aniqlandi.

BMI mavzusi o’rin holi yoki lokativlik bo’lganligi tufayli, ikkinchi darajali bo’laklarga to’liq to’xtalmasdan, hol masalasa ko’prok etibor qaratildi. Hol masalasiga e’tibor qaratilganda an’anaviy grammatikalarda hol asosan gap tarkibida kesimga tobe bo’lib, ish- harakatni yoki holatni ifodalovchi gap bo’lagidir deb ta’kidlansa, ayrim tilshunoslar hol kesimga hamda aniqlovchiga yoki boshqa hollarga dahldor bo’lib, odatda u harakat belgisini yoki belgining belgisini ifodalaydi deyish, hol ifodalagan semantik maydon sintaktik satxda to’liq o’rganilmaganligidan dalolat beradi. Xatto ingliz hamda o’zbek tillarida holning tasnifida ham tilshunoslarning fikrlarida mutanosiblik yo’q,birgina o’rin holi vazifasida kelgan sintaktik birliklarning sintaktik satxda semantik maydoni o’rganilmaganligining isboti ushbu misollarda yaqqol ko’zga tashlanadi I live in Samarkand, I go to Samarkand, I came from Samarkand, I came to Tashkent via Samarkand, I went along the street gaplarida in Samarkand, to Samarkand, from Samarkand, to Tashkent via Samarkand, along the street sintaktik birliklar barcha tillarda "o’rin holi" deyiladi. Ammo ularning differentsial sintaktik-semantik belgilari, ya’ni ularning farqli tomonlari nazardan chet qolib kelinmoqda.

O’rin holini ya’ni lokativlikni ifodalovchi unsurlarni yoki sintaktik birliklarni semalarga ajratib tahlil qilish natijasida kategorial sintaktik-semantik belgilardan protsessuallik, valifikativlik va substansiallikdir. Mazkur ishimizda biz faqat substansial lokativ sintaksema doirasida ingliz va o’zbek tillarida nokategorial differentsial sintaktik-semantik belgilardan lokativ adessiv, lokativ allativ, lokativ ablativ, lokativ translativ, lokativ ob’ekt, lokativ instrumental, lokativ tarz va lokativ possessiv semalarini va ularning antetsedentlari ifodalagan sintaksemalarni aniqladik.

Lokativ adessiv sema shaxs yoki narsa-predmetning aniq makonga joylashishini, ish-harakatining o’sha makonda ijrosini ifodalaydi. Ingliz tilida mazkur sintaksema at, in, on, across, over, under, by, in the middle of, in the centre of, in front of, opposite, near, behind, inside, on the other side of, between, round kabi elementlarning ot bilan birikib kelishi o’rtasida,S + adogida, S+ chetida,S + turida kabilar yoramida ifodalanadi.Lokativ adessiv sema subordinativ aloqa asosida ob’ekt, posessiv,temporal, kvalitativ, aksional, substansial ob’ekt, aksional ob’ekt,ekzistensial, sotsiativ, aksional deriktiv,lokativ identifikatsiyalovchi semalar bilan bog’lanishi mumkin. O’zbek tilida esa substansial lokativ adessiv sintaksema subordinativ aloka bazasida aksional, kvantitiv, negativ ekzistensial, stativ, ekzistensial, kvalitativ, substansial ob’ekt sintaksemalar bilan bog’lanadi.

Lokativ allativ sema ish-harakatini ob’ekt yoki makonga yo’naltirilishi eksplitsit yoki implitsit tarzda ifodalanib, kesim o’rnida kelgan sintaktik birliklarga, ya’ni dinamik fe’lga tobe komponent hisoblanib, subordinativ aloka asosida bog’lanadi. Ingliz tili misolida substansial lokativ allativ sema ushbu sintaktik aloqa asosida protsessual aksional, kvalifikativ, kvalitativ, protsessual aksional modal, protsessual aksional deriktiv, protsessual aksional kontinuativ, protsessual aksional negativ, stativlik yuklatilgan ob’ekt, substansial ob’ekt, protsessual modal stativ, protsessual aksional rezultativ, protsessual aksional ob’ekt, substansial posessiv sintaksemalar bilan bog’lansa, o’zbek tilida ushbu sintaksema protsessual aksional, protsessual aksional negativ, substansial ob’ekt, protsessual stativ, substansial identifikatsiyalovchi, aksional xortativ, stativ xortativ semalar bilan bog’lanadi. Substansial lokativ allativ sintaksema ingliz tilida to + S, for + S, on + S, into + S, over + S, at + S, by + S, in front of + S, against + S xdmda predlogsiz S va o’rinni ifodalovchi ravishlar downstairs, upstairs kabilar yordamida ifodalansa, o’zbek tili misolida S + ga, S + qa, S + ka, S + oldiga, S + ostiga, S + orqasiga, S + ustiga, S + tarafga, S + boshiga, S + o’ngiga, S + ichiga hamda oldiga, tarafga, ichkariga kabi ravishlar bilan ifodalanadi.Yana otlarga jo’nalish kelishigi qo’shimchasi bilan birga egalik qo’shimchasi qo’shilib, lokativ allativ possessiv sintaksemani ifodalaydi. Ingliz tilida ushbu holat o’zgarmaydi.



Lokativ ablativ sema ish-harakatini makondan uzoqlashishini ifodalaydi. Ingliz tilida substansial lokativ oblativ sintaksema from+S, out of + S, across + S, over + S, outside + S, from behind + S, round + S kabilar yordamida ifodalansa, o’zbek tilida S + dan, S + dan tashqari, S + dan ichkari, S + ortidan, S + tarafdan, S + dan buylab, S + adogidan, S + ichidan, S + ostidan, S + oldidan, S + yovdan kabi sintaktik birliklar yordamida ifodalanadi. Mazkur sema subordinativ aloqa asosida protsessual aksional, protsessual aksional deriktiv, protsessual aksional modal negativ, substansial ob’ekt, substansial identifikatsiyalovchi, ekzistensial, kvalifikativ kvalitativ, posessiv, stativ sintaksemalar bilan boglansa, o’zbek tilida - substansial ob’ekt, protsessual aksional, protsessual aksional negativ, stativ, ekzistensiad, substansial agentiv, stativ negativ, substansiya possessiv sintaksemalar bilan bog’lanadi.

Lokativ translativ sema asosan ablativ, allativ semalarga qarama-qarshi qo’yilib, ish-harakati bajariladigan ob’ektga ishora qilib, aholi yashaydigan punktlar, makonni ifodalovchi otlar hamda forest - o’rmon, sea - dengiz, lake – ko’l, ocean - okean kabi otlar yordamida beriladi. Substansial lokativ translativ sintaksema ingliz tilida along + S, via + S, through + S kabilar yordamida ifodalanadi. O’zbek tilida esa S + orqali, S + bo’ylab, S + oralab kabilar bilan ifodalanadi. Undan tashqari ingliz tilida round + S, across + S, over + S, o’zbek tilida S + dan, S + orasidan, S + dan ichkari, S + yonidan, S + ga + S + orqali birliklar orqali beriladi.

Bu sema ham subordinativ aloqa asosida ingliz tilida ob’ekt, aksional, temporal, posessiv, ekzistensil, lokativ adessiv, aksional deriktiv, lokativ ablativ sintaksemalar bog’lansa, o’zbek tilida stativ, aksional kontinuativ, aksional ekzistensil negativ, lokativ allativ semalar bilan bog’lanadi.

Lokativ ob’ekt sema asosan lokativlikni ifodalovchi sintaktik birliklar o’timli fe’llarga tobe bo’lib, ob’ekt semani ifodalaydi. Lokativ ob’ekt sema asosan to capture, to seize, to fire, to fall (into), to attract, to drive, to ride, to go, to stop, to cross, to walk, to cover va hokazo fe’llardan keyin predlogli, predlogsiz otlar yordamida ifodalanadi Lokativ ob’ekt semali gaplar boshqa lokativ semali gaplardan farqi shundaki, lokativ ob’ektli gaplar transformatsiya passivizatsiyaga tushishi bilan farqlanadi. o’zbek tilida esa tushim kelishigi qo’shimchasi ~ ni qo’shilishi yordamida ifodalanadi

Undan tashqari ingliz tilida ham o’zbek tilida ham qaratqich kelishigi yordamida ifodalangan joy nomlarini anglatuvchi otlar yordamida hamda o’zbek tiliga xos bo’lgan makonni ifodalovchi otlar tushum kelishigi va egalik qo’shimchalari asosida lokativ possessiv semani ham ifodalaydi. Ingliz tilida ham joylarni yoki geografik nomlarni ifodalovchi otlarga apostrof S qo’shilishi bilan substansial lokativ ob’ekt possessiv sintaksemani ifodalaydi.

Substansial lokativ ob’ekt sintaksema har ikkala tillarda ham subordinativ aloqa asosida aksional, aksional modal, aksional negativ, aksional modal negativ sintaksemalar bilan boglanadi.

Lokativ instrumental sema asosan gapda kesim vazifasini bajaruvchi fe’lning va nominativ leksemalarning ma’nosi e’tiborga olinadi. Kesim o’rnida kelgan dinamik fe’llar sub’ektning ob’ektga aniq ta’sirini, mavhum harakatni, makonning aniq nuqtasiga subordinativ aloqa asosida bog’langan nominativ leksema ham lokativlikni ham instrumentallikni ifodalaydi. Bunday nominativ leksemalar asosan transport vositalarini va tana qismlarini ifodalovchi konkret jonli va jonsiz otlar yordamida ifodalanadi. Ingliz tili gap qurilmasida lokativ instrumental sema on + S, to + S, in + S, by + S, through + S, with + S, out of + S modellar yoradmida ifodalansa, o’zbek tilida S + da, S + ga modellar asosida beriladi. Ushbu modellarda ifodalangan substansial lokativ instrumental sintaksemalarni aniqlashda ingliz tili misolida predloglarni by means of, by virtue of, with the help of, w^ith the aid of, by dent of, o’zbek tilida esa S + yordamida, S + tufayli, kabilar bilan almashtirish transformatsiyasi yordamida isbotlanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

Ilmiy-nazariy manbalar



    1. Karimov I.A. Barkamol avlod — O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. - Toshkent: O’zbekiston, 1998. - 64 b.

    2. Karimov I.A. O’zbekiston Fanlar Akademiyasi umumiy yig’ilishida so’zlagan nutqidan. "O’zbekiston ovozi", 1994,9 iyul.

    3. Abdurazzaqov M.A. Ocherki po sopostavitelnomu izucheniyu raznosistemnыx yazыkov. – Tashkent, Fan, 1973. – 167 s.

    4. Aga-Zade N.G. K voprosu sopostavitelnogo analiza izucheniya yazыkov IYASH. - Moskva, 1960, №6, S. 107-112.

    5. Admoni V.G. Vvedenie v sintaksis sovremennogo nemetskogo yazыka. Moskva: Izd-vo inostr. lit-rы. 1955.-391 s.

    6. Admoni V.G. Vtorostepennыe chlenы predlojeniya v russkom i nemetskom yazыkax // Uchen.zapiski, LGTTI, im.A.I. Gersena. 1960. - S.- 3-11.

    7. Akbulatova A.M. Roditelnыy padej v strukture predlojeniy angliyskogo yazыka//Avtoref. diss....kand. filol. nauk. Leningrad: 1984.-21 s.

    8. Akimova G.N. Novыe v sintaksise sovremennogo russkogo yazыka.Moskva: «Vыsshaya shkola», 1990. - 168 s.

    9. Akulova K.P. O razgranichenii obstoyatelstva i dopolneniya. V kn.: Voprosы germanskoy filologii. CHast P. Leningrad. Izd-vo LGU, 1969. - S. 3

    10. Yu. Aleksandrov.N.M. Problemы vtorostepennыx chlenov predlojeniya v russkom yazыke. - Uchen.zap. Leningrad. Gos. ped. ins-ta im.A.M.Gersena, 1963, t.236, S. 427-439.

    11. Arnold I.V. Semanticheskaya struktura slova v sovremennom angliyskom yazыke i metodika ee issledovaniya. Leningrad: LGGTI im A.I. Gersina, 1966. - 128 s.

    12. Arutyunova N.D. Predlojeniya i ego smыsl. Moskva, Nauka: 1976. -248s

    13. Ashurov SH.S. ingliz va o’zbek tillarida kesim tipologiyasi. Filol. fanlari nomzod. diss... Samarkand: 2007. - 154 b.

14.Babayseva V.V., Maksimov L.YU. Sovremennыy russkiy yazыk, chast SHMoskva: Prosveщenie. 1981.-271 s.

15. Badanina L.A. Predlojno-imennыe sochetaniya s prdelogom for priglagole v strukture angliyskix predlojeniy / Avtoref. diss. kand. filol. nauk. Leningrad: 1978. – 24

16. Badxen M.V. Ponyatie prostranstvennoy lokalizatsii i ego interpritatsiya v angliyskom yazыke. - V kn.: Lingvisticheskie issledovaniya. Analiz sintaksicheskix edinits. Moskva: Izd-vo AN SSR, 1986. - S.36-43.

17. Belinskaya G.P. Paradigmaticheskiy ryad substansialnыx lokativnыx sintaksem i ix variantov v sovremennom angliskom yazыke / Avtoref. Diss. kand. filol. nauk, Leningrad: 1981. - 24 s.

18. BuronovDj.B. Sravnitelnaya tipologiya angliyskogo i tyurkskix yazыkov. Moskva: Vыsshaya shkola, 1983. - 268 s

19. Buronov J., Xoshimov U., Ismatullaev X. English Grammar-Ingliz tili grammatikasi. Toshkent: O’qituvchi, 1974. - 351

20. Buronov J.B. Ingliz va o’zbek tillari qiyosiy grammatikasi. Toshkent: o’kituvchi, 1973. - 284 b.

21. Buslaev F.I. Istoricheskaya grammatika russkogo yazыka. Moskva:

Uchpedgiz. 1959. - 623 s.

22. Valgina N.S. Sintaksis sovremennogo russkogo yazыka. Moskva: Vыsshaya shkola, 1978. - 440 s.

23. Voronkova O.B. Yamshanova V.A. Predlojenyu sochetaniya kak sredstvo vыrajeniya lokalno-instrumentalnыx otnosheniy / V kn.: Lingvisticheskaya issledovaniya. Sintaksicheskiy analiz raznosistemnыx yazыkov. Moskva: 1979. - S.59-65.

24.Gadjieva N.Z. Aglyutinatsiya kak opredelennыy faktor razvitiya sintaksicheskoy strukturы tyurkskix yazыkov // Problemы yazыkoznaniya, Moskva: 1967.-S. 14-25.

25. Gergadze L.D. Sostavnыe imennoe skazuemoe v sovremennom angliyskom yazыke i ego ekvivalentov v gruzinskom.: Avtoref. diss. ... kand. filol. nauk. - Moskva: 1955. - 26 s.

26. Gulomov A., Askarova M., Hozirgi o’zbek adabiy tili. Sintaksis. Toshkent: "Ukituvchi", 1987. - 256 b.



27. Doroshenkov V.A. Kvalitativnыe elementы v predlojeniyax sovremennogo angliyskogo yazыka//Avtoref. diss.kand. Filol. nauk. Leningrad, 1976, - 25 s.

28. Jigadlo V.N., Ivanova I.P., Iofik L.L. Sovremennыy angliyskiy yazыk. Teoreticheskiy kurs grammatiki. Moskva: Izd-vo lit-rы na inostr. yaz. 1956.-350 s.

29.Jollibekova M.R. Tipologiya nepolnыx predlojeniy dialogicheskoy rechi v raznosistemnыx yazыkax (na materiale angliyskogo i karakalpakskogo yazыkov). Avtoref. diss.... kand. filol. nauk. Tashkent: 2008. - 22 s.

30.Zveginsev V.A. Problemы znacheniya v sovremennom yazыkoznanii //Novoe v lingvistike. Vыp.2. Moskva: 1968. - S. 9-16. g

31. Zolotova G.A. Ocherk funksionalnogo sintaksisa russkogo yazыka. ** Moskva, Nauka, 1973. — 351

32. Katsnelson S.D. Tipologiya yazыka i rechevoe mыshlenie. Leningrad: Nauka. 1972.-216 s.

33. Kononov A.N. Grammatika sovremennogo uzbekskogo literaturnogo

yazыka. - Leningrad: Nauka, 1960. - 446 s.

34. Kurilovich E. Ocherki po lingvistike. Moskva: Nauka, 1963.-168 s.

35.Qayumova. M.S. Ingliz va o’zbek tillarida negativlik kategoriyasining sintaksem tadqiqi. Filol. fan. nomzod. disser-si, Samarqand, 2010. - 155 b.

36.Qilichev E. Hozirgi o’zbek adabiy tili. Buxoro, "Buxoro universiteti" nashriyoti, 2001, - 228 b.

37. Makaev E.A. Sravnitelnaya, sopostavitelnaya i tipologicheskaya

grammatika: Voprosы yazыkoznaniya, Moskva: 1964, №1. - S. 3-13.

38. Malenkov A. A. Gruppы odnoperexodnыx glagolov i ob’ektnыe sintaksemы v yazыke angliyskoy nauchno-texnicheskoy literaturы // Avtoref. diss.... kand. filol. nauk. Leningrad: 1983.-20 s.

39. Malyarov V.G. O nekotorыx semanticheskix tipax lokalnыx

predikatov v sovremennom angliyskom yazыke // Problemы leksicheskoy i grammaticheskoy semantiki angliyskogo i fransuzskogo yazыkov. Tula: 1976. - S. - 40-47-

40. Meye A. Vvedenie v sravnitelnoe izucheniya indoevropeyskix yazыkov. Moskva: Nauka. 1938. - 216 s. Meщaninov I.I. Tipologicheskie issledovaniya tipologiya sistem / Filol. Nauki.-Moskva: 1958,№3.-S.-3-13.

41. Meщaninov I.I. CHlenы predlojeniya i chasti rechi. Moskva: Nauka, 1978.-387 s.

42. Migrin V.N. Prinsipы izucheniya chlenov predlojeniya. Filol. pauk.,

Moskva: 1961, №3. - S.45-51.

43. Milevskiy T. Predposыlki tipologicheskogo yazыkoznaniya //V kn.: Issledovaniya po strukturnoy tipologii. - Moskva: AN Rossii, 1963, - S. - 264- 280.

44. Milyoshin YU.N. Variantы instrumentalnыx i mediativnыx sintaksem v strukture predlojeniy sovremennogo angliyskogo yazыka // Lingvisticheskie issledovaniya * 1979. Sintaksicheskiy analiz raznosistemnыx yazыkov. Moskva: 1979.-S. 136-141

45.Milyoshin YU.N. Instrumentalnыe sintaksemы v strukture angliyskix predlojeniy // Lingvisticheskie issledovaniya — 1976, Grammaticheskie kategorii, Moskva: 1976. - S. 87-95.

46. Milyoshin YU.N. Sintaksicheskie elementы s instrumentlnыm znacheniem v strukture angliyskix predlojeniy // Issledovaniya po grammatike (nemetskiy, angliyskiy i fransuzskiy yazыki), Irkutsk: 1976. - S. 32-38.

47. Muxin A.M. Lingvisticheskiy analiz. Teoreticheskiemetodologicheskie problemы. Leningrad: Nauka, 1976. - 282 s.

48. Muxin A.M. Struktura predlojeniy i ix modeli. Leningrad: Nauka, 1968.-230 s.

49. Muxin AM. Funksionalnыy sintaksis. Funksionalnaya leksikologiya. Funksionalnaya morfologiya. Sankt-Peterburg, SPb. - 2007. - 198 s.

50. Muxtarov.Z.Dj. Kauzalnыe sintaksemы v sovremennom angliyskom yazыke / Avtoref. diss... kand. filol. nauk. Leningrad: 1986. -19 s.

51.Nurmonov A. O’zbektilshunosligi tarixi. Toshkent: O’zbekistan., 2002.

52.Petrash V.N. Izuchenie temporalnыx elementov v ponyatiyax chlenov predlojeniya i sintaksem // Grammatika i semantika predlojeniya, Lingvisticheskie issledovaniya. Institut yazыkoznaniya, Moskva: 1984. - S. 159- 165.

53. Petrash V.N. O sintaksiko-semanticheskom priznaki temporalnoe (na materiale sovremennogo angliyskogo yazыka) // Struktura i znacheniya predlojeniya, Lingvisticheskie issledovaniya. Institut yazыkoznaniya, Moskva: 1982. - S. - 166 -172.

54. Petrova G.S. Sochetaniya s predlogom from v sovremennom angliyskom yazыke / Avtoref. diss.... kand. filol. nauk. Leningrad: 1978. -18 s.

55. Peshkovskiy A.M. Russkiy sintaksis v nauchnom osveщenii. Moskva: Nauka, 1-956. - 467 s.

56. Popov R.N., Volkova D.P., Malovitskiy L.YA., Fedorov A.K. Sovremennыy russkiy yazыk. Moskva: Prosveщenie, 1986. - 464 s.

57. Roslovets YA.I. O vtorostepennыx chlenax predlojeniya i ix sintagmaticheskix funksiyax. - Voprosы yazыkoznaniya, 1976, № 3 - S. 74-88.

58. Rustamova T.T. Leksicheskie i sintaksicheskie konstruksii spredlogom by v sovremennom angliyskom yazыke // Avtoref. diss. ... kand. filol. nauk. Leningrad: 1983.-25

58.Seliverstova O.N. Komponentnыy analiz mnogoznachnыx slov. Moskva Nauka, 1975.-240 s.

60. Sepir E. Polojenie lingvistiki indoevropeyskix yazыkov // V kn. Zvegensev V.A., Istoriya yazыkoznaniya XIX — XX vekov v ocherkax i izvlecheniyax. CHast 2 . Moskva: 1960. - S. 134-148.

61. Skoblikova E.S. Sovremennыy russkiy yazыk. Sintaksis prostogo predlojeniya. Prosveщenie. Moskva: 1979. - 236 s.

62. Smirnitskiy A.I. Sintaksis angliyskogo yazыka. Moskva: Inostr.lit. na inostr. yaz., 1957. - 286 s.

63. Smirnova K.E. Konstruksii S iwithS2 v sovremennom angliyskom yazыke 11 Avtoref. diss kand. filol. nauk. Kiev: 1978. -26 s.

64. Suchkova JI.A. Sintaksicheskaya semantika neopredelennыx mestoimeniy v sovremennom angliyskom yazыke // Avtoref. diss.... kand. filol. nauk. Leningrad: 1983.-20 s.

65 Tikotskaya K.E. Struktura predlojeniy s kauzativnыmi glagolami v sovremennom angliyskom yazыke // Avtoref. diss.... kand. filol. nauk. Minsk: 1975.- 24 s.

66.Tojiev. YO. Uzbek tilida gap va gapbulaklarining makomi masalasiga doyr // o’zbek tili va adabiyoti. - Toshkent, 2005. - №4. B. 49-54.

67. O’zbek tili grammatikasi. Ikkitomlik. II tom. Sintaksis. Toshkent: Fan, 1976. - 560 b.

68. Usmonov U. Gap taxliliga yangicha yondashuv // Xalqaro ilmiy-anjuman

materiallari. SamDCHTIning 10 yilligiga bag’ishlanadi. - Samarkand: SamDCHTI nashri, 2004. - B. 106-107.

69.Usmonov U Komponentnыy i sintaksemnыy analiz nepolnыx predlojeniy i ix primenenie v sravnitelnoy tipologii // Obщelingvisticheskie problemы romanskix i germanskix yazыkov, Nauchnыe trudы SamGU, Samarkand, 1992 - S. -213-216.

70.Usmonov U.U. Talabalarga sintaktik taxlilni o’rgatishga doyr ayrimmuloxazalar // Chet tili o’qitish metodikasining asoslari / Respublika ilmiy- amaliy konferensiyasi materiallari, Samarkand, 2011 yil, 12-13 aprel, SamDCHTI, Samarkand-2011 – B. 35-37.

71.Fortunatov F.F. Sravnitelnoe yazыkoznanie (obщiy kurs) – Izbran/grudы, t. 1. Moskva: 1956. – 446 s.

72. Holmatova T.T. O nekotorыx gruppax perexodnыx glagolov s predlogom by v sovremennom angliyskom yazыke // Analiz sintaksicheskix edinits. Lingvisticheskie issledovaniya. - 1980. Moskva: 1980.

73. Xrakovskiy B.C. Nekotorыe problemы sintaksicheskoy tipologii. «Acte Universites Carolinoe - Philologica», 1975. - S. - 4-12.

74. Serpento E.V. K voprosu o glagolnom upravlenii v sovremenno^angliyskom yazыke // Sintaksis prostogo predlojeniya, Leningrad: 1972. - S. 127-134.

75. Shirokov A.V. Struktura slova kak osnova tipologicheskogo i kontrastivnogo analiza // Voprosы sravnitelnoy tipologii (germanskie, romanskie, russkiy i tyurkskie yazыki (tezisы dokladov), Tashkent: 1981. - S. - 269-271.

76.Yusupov U.K. Razvitie sravnitelnogo izucheniya v Uzbekistane. Kiyosiytilshunoslik: an’analar va istikbol. Prof. M.M. Nusharov xotirasiga bagishlangan Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi mageriallari. 2006 - 26-27 oktyabr, SamDCHTI, Samarkand: 2006, B. 16-19.

77. Yusupov U.K. Sopostavitelnoe izuchenie yazыkov kak odno iz vajneyshix napravleniy v lingvistike // Aktualnыe problemы russkoy filologii i metodiki obucheniya k yazыku i literature. □ Tashkent: 2003. - S.176-178.

78.Yusupov U.K. Teoreticheskie osnovы sopostavitelnoy lingvistiki. Tashkent: Fan, 2007. - 126 s.

79.Bazell C.E. Syntactic Relations and Linguistic Typology. Longman, 1956.- 148 p.

80. Clark E.M. Locations. A Study of the Relation between "existential","locativ" and "posessive" Constructions // Working Papers of Language Universals. - Stanford, 1970. - №3, - P. 24-36.

81. Fillmore Ch.J. Case for case. — Proceedings of the 1967. Texas Conference on Language Universals / Ed. by E.Bach.and RJ. Harms. Universals in Linguistic Theory 1918,-1-18

82. Ilyish B.A. The Structure of Modem English. - Leningrad: Prosveщenie. 1971. - 378 p.

83.Krusinga E.A. The Structure of American English. - New York. Wiley, 1998,-312 p.




Download 1,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish