I bob bo’yicha xulosalar
1. An’anaviy grammatikalarda gapning sintaktik tahlili borasida gap qurilmasida ishtirok etgan sintaktik birliklarni bosh va ikkinchi darajali bo’laklarga ajratib tahlil qilish xozirgi zamon talabiga to’liq javob bermaydi.Ma’lumki, har qanday gapning sintaktik tahlili gapning mundarijasi va strukturasi bilan bog’liq bo’lib, bir qancha semantik leksik-grammatik belgilarga asoslanadi.Har bir gap bo’lagining morfologik xususyatini, so’zning qanday formada bo’lishi hamda qanday sintaktik aloqa asosida boshqa sintaktik birlik bilan bog’lanishi nazarda tutish lozim. Ammo sintaktik qatlamda moslashuv, bitishuv, boshqaruv universal xarakterga ega emas, yani gapning sintaktik tahlil jarayonida ular umuman tilga olinmaydi.
2. Ikkinchi darajali bo’laklar muammosiga etibor qaratilganda ularni aniqlashda gapdagi so’z tarkibiga va savollar qo’yish usullari yordamida aniqlantirilib, ularning ifodalanish usullari shakily tamondan ko’rsatiladi.Gapning ikkinchi darajali bo’laklarini yuqorida ko’rsatilgan usulda, yani savol qo’yish usuli bilan tahlil etilsa, o’quvchilarni ayrim qiyinchiliklarga va chalkashliklarga ollib keladi. Shuning uchun ham gap qurilmasida ishtirok etgan sintaktik birliklar ma’lum lisoniy metodlar yordamida tahlil etishga o’tish o’quvchilarning mustahkam grammatik bilim olishini taminlaydi.
3. Bitiruv malakaviy ishining mavzusi o’rin holi bo’lganligi tufayli,ikkinchi darajali bo’laklarga atroflicha to’xtalamsdan, xol masalasiga etiborqaratilganda,uni asosan gap tarkibida kesim vazifasini bajaruvchi unsirga tobe bo’lib ish harakatni yoki holatni ifodalovchi gap bo’lagidir deb ta’kidlansa,ayrim tilshunoslar hol kesimga hamda aniqlovchiga yoki boshqa hollarga daxldor bo’lib, odatda u harakat belgisini yoki belgining belgisini ifodalaydi deyish ,hol ifodalagan semantic maydon sintaktik satxda to’liq o’z ifodasini topmaydi.
4. Ingliz tili misolida holni “ adverbial modifier “atamasi bilan nomlash ham maqsadga molik emas.Chunki “adverbial “deganda ikki xil tushuncha mavjud,lekin ikkalasi ham ko’zlangan maqsadni anglatmaydi.Birinchidan, hol har doim ravish yordamida ifodalanadi degan tushuncha noto’g’ri, chunki hol turli xil morfologik hodisalar bilan ifodalanadi.Ikkinchidan, “adverbial “har doim fe’lni aniqlaydi degan tushuncha ham noto’g’ri,bu holatda ham hol gap tarkibida sifat,ravish,ot kabilar yordamida ifodalangan gap bo’lagini ham anglatadi.
5.Jahon tilshunosligida hol tasnifiga e’tibor beriladigan bo’lsa, nemis tilida miqdor-daraja,tarz,o’rin,payt,sabab,shart,maqsad,vositava ish harakati vositasida, faoliklarga ajratsa,ingliz tilida o’rin payt, miqdor- daraja,sabab, maqsad, natija,shart,to’siqsizliklar kabilar,rus tilida esa-обстоятелстьво оброза действия степени,места,времени,o’zbek tilida-o’rin,payt,sabab, maqsad,shart,miqdor-daraja kabilar bo’ladi.Ushbu faktlar va tasniflardan ma’lum bo’lishicha hol ham bahstalab masala hamda o’z yechimini to’liq topmagan kategoriya ekanligining guvohi bo’ldik.
6. O’rin holi vazifasida kelgan sintaktik birliklarning sintaktik satxda semantik maydoni o’rganilmaganligining yana bir isboti I live in Samarkand, I go to Samarkand, I came from Samarkand, I came to Tashkent via Samarkand, I went along the street gaplarida in Samarkand, to Samarkand, from Samarkand, via Samarkand, along the street sintaktik birliklar barcha tillarda xam "o’rin holi" nomi bilan ataladi. Ammo u sintaktik birliklar sintaktik sathda differensial sintaktik va semantik belgilari va ularni bir-biridan farqlovchi tomonlari o’rganilmagan. Bunday xodisa nafakat o’rin xoliga ta’luqli bo’lib, balki gapning boshqa bo’laklariga ham tegishlidir.
Sintaktik qiyoslashning tadqiqot darajasiga e’tibor qaratilganda, qardosh va qardosh bo’lmagan tillar tizimini qiyosiy tadqiq qilish jaxon tilshunoslarining diqqat markazida turibdi. Jumladan, O’zbekistan Respublikasi tilshunoslari ham qardosh bo’lmagan tillar tizimini sinxronik jixatdan qiyosiy tipologik tadqiq qilish darajasi rivojlanmoqda. Natijada, sintaktik satxda qiyosiy tadqiqotlar, tamoyillari ishlab chiqildi.
Mazkur ishda lokativlikni (o’rin holi) ifodalovchi unsurlarning gap qurilmasida tutgan o’rni va boshqa unsurlar bilan bo’lgan sintaktik aloqalari, ularning differentsial sintaktik belgilari hamda ularning sintaktik satxdagi semantik maydonini aniqlab, fakultativ va konnotativ variantlarini topish hamda mikrokontekstda lokativlikni ifodalovchi sintaktik birliklarning deyktik holatlari semantikasining bir-biriga mutanosibligi va nomutanosibligi har ikkala tilda asosiy izomorflik va allomorflik xususiyatlarni aniqlash ko’zda tutildi. Gap tahliliga bunday yondashuv qardosh bo’lmagan tillarni qiyosiy o’rganishda yangicha bo’lib, bundan asosiy maqsad, muayyan sintaktik satxda tipologik kategoriyalar yaratishdir.
Lokativlik kategoriyasi ingliz va o’zbek tillari misolida struktural sintaksis ob’ekta sifatida gap qurilmasini komponentlarga ajratib tahlil qilish, ya’ni gap tarkibidagi elementlarning o’zaro sintaktik aloqalari hamda ularning differentsial sintaktik belgilari modellashtirish (qoliplashtirish) usuli bilan tahlil qilinadi. U tahlilning asosiy qismi funksional sintaksis doirasida davom ettirilib, lokativlik kategoriyasining hamda uning deyktik xususiyatlari paradigmatikasini aniqlab, qiyosiy tahlil qilishdan iboratdir. Bu bilan struktural sintaksis bilan funksional sintaksisning o’zaro bog’liq tomonlarini va ularning asosiy ish ob’ektlarini ravon ko’rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |