14
hikoya qiladi. Arxivdagi O’rta Osiyo xalqlarining milliy-ozodlik kurashi, ilg’or rus
olimlarining Turkistondagi faoliyati haqidagi materiallar, shuningdek general-
gubernatorlik fondidagi ko’plab boshqa hujjatlar ilmiy-tarixiy jihatdan nihoyatda
qimmatlidir.
Tayanch iboralar
Tarmoq arxivlari
– ijtimoiy hayotning ayrim tarmoq (soha) lariga doir
hujjatlarni saqlaydigan arxivlar (sanoat, harbiy,
partiyaviy va h.). Ba’zan “idoraviy arxiv” degan
iboraning sinonimi sifatida qo’llanadi
Hujjatli manbalar
– (yoki hujjatli materiallar) arxivlarda saqlanadigan
hujjat va
materiallar
Arxivarius
– arxivdagi hujjatlarni saqlovchi shaxs, arxiv xodimi
Ekzekutor
– ish yurituvchi, ijrochi
Arxiv ishi
– arxiv hujjatlarini qabul qilish, hisobga olish,
saqlash va ulardan foydalanishni tashkil etishga oid
faoliyat
Do'stlaringiz bilan baham: