O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti tarix fakulteti



Download 0,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/101
Sana13.01.2022
Hajmi0,76 Mb.
#357777
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   101
Bog'liq
arxivshunoslik(1)

Chorizm hukmronligi davrida 

Turkistondagi arxivlarning ahvoli 


 

13 


to’lg’azayotganini qayd etgan edi. 

 

 



Turkiston o’lkasi dagi boshqa yirik muassasalarning arxivlari xaroba xolda edi. 

1907 yilda Sirdaryo viloyatining arxivi joylashgan xona yaroqsiz va buzishga loyiq, 

deb  topildi.  Bu  arxivdagi  2  mingdan  ortiq  hujjatlarning  aksar  qismi  viloyat 

amaldorlari  hamda  hujjatlarni  saralash  va  yo’qotish  uchun  tuzilgan  maxsus 

“komissiya” tomonidan nobud qilinadi. 

Qolgan  viloyatlarda ham  arxiv  ishlari o’lda-jo’lda  edi.  Viloyat  boshqarmalari 

mahkamalarida, garchi materiallar soni va salmog’i ancha bo’lsa-da, arxivlar uchun 

maxsus odamlar ajratilmagan edi. Fa-qat, 1881 yilda Kaufmanning  “ojizona hisobot 

loyiha”sida viloyat boshqarmalari mahkamalarida jurnalist-arxivchi lavozimini ta’sis 

etish masalasida qo’yiladi. 

Graf  K.  Palen  1908-1909  yillarda  Turkiston  o’lkasini  taftish  etib,  o’z 

hisobotida uyezd idoralarida ham arxiv ishlari yomon ahvolda ekanligini qayd qiladi. 

Jumladan, Andijon  uyezd  boshqarmasida arxiv  hujjatlari  pastak, tomi  loysuvoq, zax 

saroyda  joylashtirilgan  ekan.  Bu  binoning  omonatligi  bois  1902  yilning  dekabrida 

sodir bo’lgan zilzila paytida tomi ag’anab tushib, hujjatlar loy va tuproqqa qorishib 

qoladiki, ularni yoqib yuborishdan boshqa chora qolmaydi. 

Taftish  bo’yicha  hisobotda  ayrim  hujjatlar,  xatto  ba’zi  uyezd  boshqarma 

mahkamalarida butun-butun ishlar yo’qolayotgani aytiladi. Taftishchilar Samarqand, 

Farg’ona va boshqa viloyatlarda ko’pgina volost mahkamalari mirzolari mahkamaviy 

tartib  haqida  hyech  qanday  tasavvurga  ega  emas,  degan  xulosaga  keldi.  Kelgan  va 

ketgan  xatlar  ro’yxat  qilib  borilmagan,  tugallangan  ishlarga  qayd-yozuvlar 

qo’yilmagan edi. 

Mahalliy tashkilotlar – qozilar, boylar, oqsoqollar hujjatlari joylarda 1917 yilga 

qadar saqlanib qoldi. Lekin bundan keyingi voqyealar, ya’ni inqilob, fuqarolar urushi 

va istiqlolchilik harakati davrida ularning ko’pi yo’q bo’lib ketdi. 

Shunday qilib chor Rossiyasi mustamlakachiligi davrida hujjatlarni saqlash ishi 

yaxshi  yo’lga  qo’yilmagan  edi.  Lekin  bundan  qat’i  nazar,  bizgacha  yetib  kelgan 

hujjatli  materiallarda  Turkiston  o’lkasi  gubernatorlik  siyosiy-iqtisodiy  va  madaniy 

hayotining  barcha  tomonlarini  qamrab  olgan  ma’lumotlar  mavjud.  Bu  haqda 

O’zbekiston  Respublikasi  Markaziy  Davlat  arxivining  inqilobdan  oldingi  fondlari 

guvohlik beradi. Ular XIX asrning ikkinchi yarmidan to 1917 yilgacha bo’lgan O’rta 

Osiyo  xalqlari  tarixini  o’rganishda  bebaho  manba  bo’lib  xizmat  qiladi.  Mazkur 

fondlar o’lkaning o’sha davrdagi ma’muriy tuzilishi, Rossiyaning Afg’oniston, Eron, 

Buxoro va Xiva bilan diplomatik va iqtisodiy munosabatlarini, o’lkada tog’-qazilma 

boyliklari  va  paxtani  qayta  ishlash  sanoatining  vujudga  kelishi  va  xalq  maorifi 

ahvolini teran o’rganishga imkoniyat beradi. Arxiv fondlarining katta qismi o’lkada 

inqilobiy  harakatning  o’sishi,  1905-1907  yilgi  voqyealar,  1912  yilgi  sapyorlar 

qo’zg’oloni,  1917  yil  fevralg’  inqilobi,  Toshkentdagi  sentyabrg’  voqyealari  haqida 




Download 0,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish