180
Jinoyat sodir etuvchi har qanday shaxs uchun javobgarlik kelib chiqishi
muqarrar bo’lib, faqat qonun yo’l qo’ysagina, u o’z huquqiy ahamiyatini yo’qotishi
mumkin. Jinoyat qonuni jazolovchi normativ hujjat bo’lmay, balki odil sudlov
amalga oshirilishi uchun manba hisoblanuvchi huquqiy asosdir. U javobgarlik
belgilanishi va jazo tayinlanishida davlat tomonidan o’rnatilgan normalardan iborat
bo’lib, voyaga yetmaganlar javobgarligi va jazolanishi bilan bog’liq me’yorlarni
ham belgilaydi.
Jinoyat qonunchiligi umumiy asoslarda 16 yoshdan, ayrim jinoyatlar uchun
14, xatto og’irlashtiruvchi holatlarda qasddan odam o’ldirganlik uchun 13 yoshdan
ham javobgarlik kelib chiqishini o’zida aks ettiradi. Jinoiy javobgarlikka tortish
yoshi belgilanishida shaxsning sodir etgan qilmishini ijtimoiy xavfliligi va uning
oqibatlari jiddiy ekanligini anglay olishi va o’z harakatlarini
boshqara olishi
imkoniyatlari hisobga olinadi.
Jinoiy javobgarlikning belgilanishi Maxsus qismdagi jazolarni umumiy
asoslarda to’liq qo’llanilishini anglatmaydi. Kattalar uchun qo’llaniladigan jazolar
voyaga yetmaganlar uchun og’irlik qilishi bilan birga ularni jamiyat uchun
foydalilik jihatlari kamayib ketishiga olib keladi. Hayotning past-balandini hali
yaxshi his qilmagan, mustaqil hayot yo’lini boshlamagan voyaga yetmagan
shaxsga kattalar uchun mo’ljallangan jazolarning qo’llanilishi ularning davlat va
jamiyatga nisbatan
noroziligining ortib ketishi, kelajakda retsidiv jinoyatlarning
ko’payib ketishi hamda jamiyat uchun foydasiz kimsalarga aylanishiga olib keladi.
Voyaga yetmaganlarga nisbatan umumiy asoslarda javobgarlik belgilansada,
jinoyat qonuni ko’plab yengilliklarni nazarda tutadi. Jinoyat-protsessual jarayonida
voyaga yetmaganlarni so’roq qilish uchun uning qonuniy vakili yoki katta yoshli
qarindoshi, pedagog, psixolog, himoyachi yoxud boshqa shaxslar ham ishtirok
etadi. 18 yoshga to’lmaganlarning jinoyatlari haqidagi ishlarni yuritish Jinoyat-
protsessual kodeksining 548-564-moddalarida nazarda tutilgan asoslar bo’yicha
olib boriladi.
Surishtiruv, dastlabki tergov va sud muhokamasi davrida voyaga
yetmaganlar bilan bog’liq bo’lgan quyidagi holatlar ham tekshirilishi lozim:
181
voyaga yetmagan shaxsning aniq yoshi (tug’ilgan yil, oy, kun) ;
voyaga yetmagan shaxsning o’ziga xos xususiyatlar va uning salomatligi
holati;
voyaga yetmagan shaxsning turmush va tarbiyalanish sharoitlari;
katta yoshli dalolatchilar va boshqa ishtirokchilarning bor-yo’qligi.
Voyaga yetmaganlar jinoyat ishi bo’yicha so’roq
qilinganda, qonuniy
vakildan tashqari himoyachining ishtirok etishi talab etiladi. 16 yoshga
to’lmaganlar so’roq qilinayotganda qo’shimcha ravishda pedagog hamda psixolog
ham ishtirok etishiga yo’l qo’yiladi. Pedagog yoki psixolog voyaga yetmaganning
o’zi guvoh bo’lgan yoki sodir etgan hodisa haqidagi ma’lumotlarni to’g’ri aytib
berishiga yordam beradi.
Sudda ham 16 yoshga to’lmaganlarni so’roq qilishda yolg’on gapirganlik
uchun javobgarlikka tortilishi haqida ogohlantirilmaydi. Sudga to’g’ri ko’rsatma
berish uning ma’naviy burchi ekanligi tushuntiriladi.
Voyaga yetmaganlarga Jinoyat kodeksida belgilangan barcha jazolar
qo’llanilmaydi.
Ularning
voyaga
yetmaganligi
jazo
tayinlanishida
yengillashtiruvchi holat sifatida ko’riladi. Jinoyat protsessida va jazoni ijro etish
organlarida voyaga yetmaganlarga nisbatan ayrim yengilliklar ham ko’zda tutiladi.
Voyaga yetmaganlarga nisbatan munosib xulq-atvorda bo’lish haqida tilxat;
shaxsiy
kafillik; jamoat birlashmasi yoki jamoaning kafilligi; garov; uy qamog’i;
qamoqqa olish, kuzatuv ostiga olish uchun topshirish kabi ehtiyot choralaridan biri
qo’llaniladi. Shuningdek ota-onasining, homiylar, vasiylarning qaroviga yoki
bolalar muassasasida tarbiyalanayotgan bo’lsa muassasa rahbarining qaroviga
berilishi ham mumkin.
Voyaga yetmagan shaxsga nisbatan ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olish
yoki uy qamog’ini qo’llash uchun jinoyatning xavfliligi
tufayli u surishtiruvdan,
dastlabki tergovdan va suddan qochib ketishi mumkin degan xulosaga kelinishi
zarur. Shuningdek, besh yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi
qo’llanilishi mumkin bo’lgan jinoyatni qasddan sodir etganda ham shunday yo’l
tutiladi.
182
Qamoqqa olish ehtiyot chorasi tufayli qo’llanilganda voyaga yetmaganlar
katta yoshlilardan hamda voyaga yetmagan mahkumlardan alohida saqlanishi
shart. Bunda ularning voyaga yetmaganlarga nisbatan salbiy ta’sir ko’rsatishiga
yo’l qo’ymaslik ko’zda tutiladi.
Sud
voyaga
yetmaganlarga
nisbatan
jazo
tayinlashda
jinoyat
qonunchiligining umumiy asoslarga rioya qiladi. Bunda voyaga yetmaganning
aqliy
rivojlanganlik darajasi, turmush sharoiti va tarbiyasi, salomatligi,
jinoyatining sabablari va katta yoshli tashkilotchi, dalolatchilarning uning shaxsiga
ta’siri va boshqa holatlar inobatga olinadi.
Sud tomonidan voyaga yetmaganning rivojlanganlik darajasi tekshirilganda,
uning o’z tengdoshlariga nisbatan aqliy rivojlanishda ortda qolmaganligi
aniqlanadi. Agar u o’z tengdoshlaridan ortda qolgan bo’lsa, tibbiy yo’sindagi
majburlov choralari qo’llaniladi. Tibbiy yo’sindagi majburlov chorasi jinoyat
qonunchiligining umumiy asoslari bo’yicha voyaga yetmagan shaxs sog’ayguncha
davom etib, uning tuzalishi sud ekspertizasi tomonidan tasdiqlansa, javobgarlik
tortish asoslari tiklanadi.
Voyaga yetmaganlarga nisbatan jazo tayinlashda yengilini og’iri
bilan
qoplash va jazolar muddatini qisman qo’shish yo’llaridan foydalaniladi. Har ikki
holatda jazolarning qo’llash orqali voyaga yetmagan shaxsni tuzalish yo’liga
tezroq kirishi inobatga olinadi. Bunda albatta, jinoyatning xavflilik darajasi, motiv
va maqsadlari, zararning miqdori, ayblanuvchining shaxsi, og’irlashtiruvchi va
yengillashtiruvchi holatlar hisobga olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: