O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qo’qon davlat pedagogika instituti xamraqulov zafarjon yigitaliyevich


Oilaga, yoshlarga va axloqqa qarshi jinoyatlar



Download 3,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/157
Sana12.06.2022
Hajmi3,39 Mb.
#658328
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   157
Bog'liq
Ilyos diplom

Oilaga, yoshlarga va axloqqa qarshi jinoyatlar
Oila, yoshlar va axloqqa qarshi jinoyatlar o’zining mazmun-mohiyatiga 
ko’ra tilga olingan har uchala ob’ektga zarar yetkazadi. Ularning ayrimlari alohida 
olingan ob’ektga bevosita ta’sir o’tkazsada, oqibati qolganlarida ham o’z izini 
qoldiradi. Mazkur xususiyatlarga ega bo’lgan qilmishlarning barchasi to’g’ridan-
to’g’ri jinoyat sifatida e’tirof etilmaydi. Jumladan, JKning 122, 123, 125
1
, 127, 
127
1
, 130, 130
1
-moddalarida belgilangan qilmishlarni jinoyat deb topishda ularda 
bayon qilingan harakatlar uchun avval ma’muriy jazo qo’llanilishi lozim.
Ushbu jinoyatlarni ustun jihatlariga tayanib, shartli ravishda oilaga qarshi
yoshlarga qarshi va axloqqa qarshi jinoyatlar sifatida tasniflash u qadar to’g’ri 
emas. Jumladan ota-onani moddiy ta’minlashdan bo’yin tovlash va bolani 
almashtirib qo’yish jinoyatlari ikki ob’ektli jinoyat bo’lib, ular oilaga va axloqqa 
qarshi qaratilgan bo’ladi. Qolgan jinoyatlarda ham shunga o’xshash holatni 
ko’ramiz.
Oilaga qarshi jinoyatlarda voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz 
shaxslarni hamda ota-onani moddiy ta’minlashdan bo’yin tovlash jinoyatlari sud 
tomonidan hal qiluv qarori yoki sud buyrug’i asosda to’lanishi lozim bo’lgan 
mablag’ni ikki oy mobaynida ma’muriy jazo qo’llanilganidan keyin to’lamaslik 
natijasida kelib chiqadi. Har ikki jinoyat uchun rag’batlantiruvchi omil ham ko’zda 


232 
tutilgan bo’lib, unga ko’ra shaxs aliment to’lovlari bo’yicha qarzlarni to’liq to’lasa, 
javobgarlik bekor qilinadi.
Bolani almashtirib qo’yish jinoyatining alohida xususiyati uning tamagirlik 
va boshqa past niyatlarda amalga oshirilishida namoyon bo’lib, sub’ekti 
tug’ruqxona, chaqaloqlar uyi yoki shu sohada ishlovchi xodim bo’lishi mumkin. 
Bolani almashtirib qo’yish va farzandlikka olish sirining oshkor qilinishi oila va 
yoshlarning kelajagiga salbiy ta’sir o’tkazishi mumkin bo’lgan ijtimoiy xavfli 
qilmishlar sanaladi. Farzandlikka olish sirining oshkor qilinishi sub’ekti har 
qanday odam, xatto er-xotindan biri bo’lishi ham mumkin. 
Nikoh yoshi to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzish jinoyat qonunchiligiga 
ma’muriy jazo qo’llanilganidan keyin vujudga keluvchi jinoyat sifatida kirgan. 
Mazkur jinoyat uch qismdan tashkil topgan. Har uchala qismda ham jinoyatning 
jabrlanuvchisi sifatida qonun bilan belgilangan nikoh yoshiga yetmagan shaxs 
nazarda tutilgan. Nikoh yoshiga yetmagan shaxs bilan nikoh munosabatlariga 
kirishish holati birinchi qismdan o’rin olgan. Bunda oila huquqi bilan belgilangan 
yoshga yetmagan shaxs bilan birgalikda oila qurish ta’qiqlangan.
Ikkinchi va uchinchi qismlarida nikoh yoshiga yetmagan shaxsni erga berish 
yoki uylantirish hamda bunday yoshni nikohlash bilan bog’liq holatlar o’rin olgan 
bo’lib, aybdorlarga ma’muriy jazo qo’llanilganidan keyin jinoiy javobgarlik 
belgilanadi. Jinoyatdan anglashiladigan narsa shuki, nikoh yoshiga yetmagan 
shaxslar ham jinsiy erkinlik huquqiga ega bo’lib, unga ota-onasi yoki ularning 
o’rnini bosuvchi shaxslar ham daxl qila olmaydilar. 
Ko’p xotinli bo’lish jinoyati ko’pchilikda tushunmovchilik va buni xato 
anglash bilan namoyon bo’ladi. 126-moddada ikki yoki undan ortiq xotin bilan 
(ikki yoki undan ortiq er bilan ham) umumiy ro’zg’or asosida er-xotin bo’lib 
yashash jinoyat ekanligi o’rnatilgan. Bu yerda ajratib olishimiz zarur bo’lgan jihat 
shundaki, umumiy ro’zg’or oila mablag’lari, mol-mulk, oddiyroq aytganda qozon-
tovoq birligini anglatadi. Agar erkak yonma-yon hovli yoki ko’p qavatli uy 
kvartirasida alohida-alohida yashovchi ayollar bilan yashab, har ikki ayolning 
ro’zg’ori bir-birinikidan xoli bo’lsa, jinoyat tarkibi mavjud bo’lmaydi. Ba’zan 


233 
“falonchini qishloqda birinchi xotini, shaharning falon qismida ikkinchi xotini 
yashaydi”, qabilidagi so’zlarni eshitganmiz. Bu holat amalda bo’lganda ham ko’p 
xotinli bo’lish jinoyatining tarkibi kelib chiqmaydi. 
Voyaga yetmagan shaxsni g’ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilish va 
tilanchilik qilish jinoyatlari uchun avval ma’muriy javobgarlik va jazo qo’llanilishi 
talab etiladi. Voyaga yetmagan shaxsni g’ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilish 
bunday shaxslar spirtli ichimlik, giyovandlik yoki psixotrop hisoblanmagan vosita 
va moddalarni iste’mol qilishga kattalar tomonidan o’rgatilishida ko’rinadi. 
Tilanchilik qilish (127
1
-modda) jinoyati ham bunday ishga voyaga yetmaganlarni 
jalb qilishni ta’qiqlaydi.
16 yoshga to’lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish hamda 16 yoshga 
to’lmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish jinoyatlari 
jabrlanuvchilari ushbu yoshga to’lmaganlar bo’lib, bunday harakatlarga ularning 
xohishi bor yoki yo’qligi jinoyatni tugallangan deb hisoblash uchun ahamiyatga 
ega emas. Bunda aybdor uning 16 yoshga yetmaganligini bilishi yoki shuni 
anglashi asos bo’ladi. 16 yoshga to’lmagan shaxs jinsiy aloqa qilishga mayli 
borligi yoki uyatsiz-buzuq harakatlar qilishni so’rab murojaat qilishi aybdorni 
javobgarlikdan ozod qilmaydi.
Qo’shmachilik qilish yoki fohishaxona saqlash jinoyati bir-biridan ajralib 
turadigan ikki holatdan iborat bo’ladi. Fohishaxona mijozlarning jinsiy aloqa 
qilishi uchun va uzoq vaqt foydalanishga mo’ljallangan, buning uchun alohida 
jihozlangan joydir. Mijozlarning muntazam kelib-ketishi fohishaxonaning zaruriy 
belgisidir. Qo’shmachilik o’zining sub’ektiv tomoni bilan ajralib turadi. U g’arazli 

Download 3,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish