O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qo’qon davlat pedagogika instituti xamraqulov zafarjon yigitaliyevich



Download 3,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/157
Sana12.06.2022
Hajmi3,39 Mb.
#658328
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   157
Bog'liq
Ilyos diplom

Topshiriq
Bir kishi o’z tanishidan bergan qarzini so’rab bordi. Tanishi hozir pulni
berolmasligini aytgach, uyiga qaytayotib yo’lda alam bilan aroq uchdi. Mast
holatida mashinasini boshqarayotib, yo’ldagi simyog’ochga urildi hamda voqea
joyida o’ldi. Uning xotini bunda erining qarz olgan tanishini ayblab, jazolash
uchun uni sudga berdi.
- Voqeani tahlil qiling va baho bering


234 
va past niyatlarda ma’lum bir shaxslarni jinsiy aloqa qilishlariga xizmat 
ko’rsatilishida ifodalanadi.
Fohishaxona ochilib, mijozlarga xizmat ko’rsatish boshlangandan boshlab 
jinoyat tugallangan hisoblanadi. Agar ishqiy harakat uchun xona berilsa, bu 
jarayon g’arazli va past niyatlarda hamda muntazam bo’lmasa, qilmish jinoyat 
hisoblanmaydi.
Moddiy madaniy meros ob’ektlarini nobud qilish, buzish yoki ularga shikast 
yetkazish, inson a’zolari yoki to’qimalarini ajratib olish hamda qabrni tahqirlash 
ma’naviy-axloqiy qadriyatlarga qarshi qaratilgan jinoyatlar toifasiga kiradi.
Shaxsning ozodligi, sha’ni va qadr-qimmatiga hamda fuqarolarning 
huquq va erkinliklariga qarshi jinoyatlar 
Ozodlik insonning jismoniy, mulkiy, mafkuraviy, ma’naviy, huquqiy va 
boshqa jihatlar bo’yicha mustaqilligi hamda erkinligida namoyon bo’luvchi 
holatdir. Shaxsning sha’ni uning o’ziga bergan bahosi va o’zining jamiyatda tutgan 
o’rni haqidagi xulosasida ifodalanuvchi tushunchadir. Shaxsning qadr-qimmati 
jamiyatning mazkur shaxsga bergan bahosi va odamlar orasidagi tutgan o’rni bilan 
anglashiluvchi tushuncha sanaladi.
Jinoyat qonunchiligida shaxs ozodligi, sha’ni va qadr-qimmatiga qarshi 
qaratilgan jinoyatlar odam savdosi, ayolni erga tegishga majbur qilish yoki erga 
tegishiga to’sqinlik qilish, odam o’g’irlash, zo’rlik ishlatib g’ayriqonuniy ravishda 
ozodlikdan mahrum qilish, tuhmat va haqorat qilish jinoyatlaridan iboratdir.
Ayolni erga tegishga majbur qilish yoki erga tegishiga to’sqinlik qilish, 
shuningdek tuhmat va haqorat qilish jinoyatlarining I va II qismlaridagi yengilroq 
shakli uchun javobgarlik JPKning 325-moddasiga ko’ra, jabrlanuvchining arizasi 
asosida kelib chiqadi. Agar jabrlanuvchi bunday holat uchun o’z sha’ni va qadr-
qimmatiga zarar yetkazmaydi deb hisoblasa, ariza bermaydi va qilmish uchun 
jinoyat ishi qo’zg’atilmaydi.
Odam savdosi, odam o’g’irlash va zo’rlik ishlatib g’ayriqonuniy ravishda 
ozodlikdan mahrum qilish jinoyatlari ancha og’ir oqibatlar keltirib chiqarishi bilan 


235 
ahamiyatlidir. Xususan, odam savdosi shaxsni olish-sotish, shahvoniy yoki boshqa 
maqsadlarda foydalanish uchun yollash, tashish, topshirish, yashirish yoki qabul 
qilish orqali amalga oshiriladi. Bu o’z navbatida jinsiy erkinlikka qarshi qaratilgan 
jinoyatlarning kelib chiqishiga ham sababchi bo’ladi.
Odam savdosi bilan bog’liq alomatlar mavjud bo’lmagan holda uni 
o’g’irlash 137-modda bilan ta’qiqlangan jinoyatni keltirib chiqaradi. Odam savdosi 
va odam o’g’irlash jinoyatini sodir etishda 16 yoshga to’lgan har qanday shaxs 
jinoyat sub’ekti bo’ladi.
Zo’rlik ishlatib boshqa bir shaxsni g’ayriqonuniy ravishda ozodlikdan 
mahrum qilish shaxsning ozodligiga qarshi qaratilgan jinoyat bo’lib, u sud hukmi 
bilan ozodlikdan mahrum qilish jazosidan farq qiladi. Chunki birinchi holat jinoyat 
holati bo’lsa, ikkinchisi jazo holatini anglatadi. Jinoyatni sodir etish jabrlanuvchini 
o’zi istamagan joyda bandi qilish, o’zi istagan joyda bo’lish huquqidan mahrum 
etishda ifodalanadi. Agar bunday holat mansabdorlik bilan bog’liq bo’lsa, 
mansabdor shaxsning harakati JKning 205, 206 va 234-moddalaridan biri bilan 
kvalifikatsiya qilinadi.
Tuhmat jinoyati bilan shaxs bila turib boshqa shaxsni sharmanda qiluvchi 
uydirma tarqatishda ayblaniladi. Bunda tarqatilgan ma’lumot real asosga ega 
bo’lmasligi, g’arazli niyatlarda amalga oshirilishi hamda jamoa o’rtasida 
ommalashgan holda tarqalishi majburiy shart sanaladi. Haqorat qilish jinoyati 
shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini qasddan tahqirlashda namoyon bo’ladi. 
Tahqirlovchi ma’lumot axloqiy me’yorlarga mos kelmasligi, shaxsni kamsitishga 
qaratilishi qilmishni huquqbuzarlik sifatida topilishiga asos bo’ladi.
Tuhmat va haqorat qilish jinoyatlari sodir etilganligi og’ir oqibatlar keltirib 
chiqarmasa va og’irlashtiruvchi holatlarda amalga oshirilmagan bo’lsa, harakat 
uchun avval ma’muriy jazo choralari qo’llaniladi. Ushbu harakatlar nashr qilish 
yoki ko’paytirilgan matnda yoxud ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy 
tarmoqlarda tarqatilsa hamda og’irlashtiruvchi holatlarda amalga oshirilsa, jinoiy 
javobgarlik to’g’ridan-to’g’ri kelib chiqadi.


236 

Download 3,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish